“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (3238-1-son)
27.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3238-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 27-maydagi 18-2020/B-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-sentabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3238, 2020-yil 4-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/3238/0712-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 25-avgust,
40-202/B-son
