Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (536-son)
23.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarning hal etilishi, aholi bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlarning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash yuzasidan faoliyatiga baho berish hamda oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna koʻrsatgan sektorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) faoliyati samaradorligini baholash, namunali va tashabbuskor sektorlarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholashga oid asosiy indikatorlar, ularni hisoblash va baholash hamda baholash natijalari yuzasidan sektorlarni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan baholash bir yilda bir marotaba — hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar amalga oshirilib, natijasi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va xalq deputatlari Kengashlariga kiritiladi;
baholash natijalariga koʻra tuman, shahar sektorlari oʻrtasida respublika darajasida — “eng namunali sektor” hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi va ragʻbatlantiriladi;
“eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor”ni ragʻbatlantirish — sektor rahbarining idoraviy boʻysunuviga qarab tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hamda Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
sektorlar faoliyatiga baho berish boʻyicha maʼlumotlarning oʻz vaqtida taqdim etilishi va haqqoniyligi uchun manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari shaxsan javobgar boʻladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda baholash koʻrsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sektorlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha “sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda “Eng namunali sektor” va “Eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini boshqa hududlar oʻrtasida ommalashtirish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-avgust,
536-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 536-son qaroriga ILOVA
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — sektorlar) faoliyati samaradorligini baholash, “eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor”ni aniqlash (keyingi oʻrinlarda — baholash) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
indikator — sektorlar faoliyati samaradorligini aniqlashda baholanishi lozim boʻlgan asosiy koʻrsatkich;
rasmiy statistik maʼlumotlar — baholashga va aniqlashga maʼlumotlarni taqdim etish uchun masʼul boʻlgan vakolatli tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgan va ushbu tashkilotlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan statistik va tahliliy maʼlumotlar;
“sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda “sektor.reyting.uz” AAT) — hududlarda sektorlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminot.
3. Sektorlar faoliyatini baholash yil yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida oʻtkaziladi.
4. Baholash natijasiga koʻra tuman, shahar sektorlarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy sektorlar) reytingi tuzilib, baholash ikki darajada amalga oshiradi:
a) respublika darajasida — barcha tuman, shahar sektorlari oʻrtasida reytingda yuqoridan pastga tamoyili asosida 3 ta sektor aniqlanadi va moddiy ragʻbatlantiriladi. Bunda eng yuqori koʻrsatkichga ega sektor — “eng namunali sektor” deb eʼtirof etiladi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 3 tadan sektorlar aniqlanadi va moddiy ragʻbatlantiriladi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida eng yuqori koʻrsatkichga ega sektor — “eng tashabbuskor sektor” deb eʼtirof etiladi.
2-bob. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholashga oid asosiy indikatorlar hamda ularni hisoblash va baholash
5. Baholash quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi;
“mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi holati;
iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi;
tadbirkorlikni rivojlantirish;
jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish;
murojaatlar bilan ishlash samaradorligi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi indikatorlarni baholashda tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur maʼlumotlarni bepul oladi.
6. Sektorlar faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichlari mazkur Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan rasmiy statistik maʼlumotlarga asosan hisoblanadi va ularga muvofiq sektor uchun eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
7. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan har bir ustuvor yoʻnalish uchun maksimal ball ularning tarkibiy reyting koʻrsatkichlari boʻyicha teng taqsimlanadi.
8. Rasmiy statistik maʼlumotlar masʼul tashkilotlar tomonidan yil yakuni boʻyicha kelgusi yil 15-yanvarga qadar “sektor.reyting.uz” AATga kiritilishi shart.
9. Baholashda foydalaniladigan rasmiy statistik koʻrsatkichlar ham ijobiy, ham salbiy toifada boʻlishi mumkin.
10. Ijobiy toifadagi koʻrsatkichlar boʻyicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda: Xball — sektorning muayyan koʻrsatkich boʻyicha balli; X — sektor koʻrsatkichi; Xmax — sektorlar orasida ushbu koʻrsatkichning maksimal qiymati; Y max ball — ushbu Nizomning 2-ilovasida berilgan koʻrsatkichning eng yuqori balli.
11. Salbiy toifadagi koʻrsatkichlar boʻyicha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
bunda: Xball — sektorning muayyan koʻrsatkich boʻyicha balli; X — sektor koʻrsatkichi; Xmax — sektorlar orasida ushbu koʻrsatkichning maksimal qiymati; Y max ball — ushbu Nizomning 2-ilovasida berilgan koʻrsatkichning maksimal balli.
12. Sektor uchun jami ball — statistik koʻrsatkichlar ballarini jamlash yoʻli bilan hisoblanadi.
3-bob. Baholash natijalari boʻyicha sektorlarni ragʻbatlantirish
13. Baholash natijalari boʻyicha respublika darajasida — “eng namunali sektor” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan sektorlar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin uchun — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 500 baravari miqdorida;
2-oʻrin uchun — BHMning 400 baravari miqdorida;
3-oʻrin uchun — BHMning 300 baravari miqdorida pul mablagʻi.
14. Baholash natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida — “eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan sektorlar quyidagi tartibda ragʻbatlantiriladi:
1-oʻrin uchun — BHMning 200 baravari miqdorida;
2-oʻrin uchun — BHMning 150 baravari miqdorida;
3-oʻrin uchun — BHMning 100 baravari miqdorida pul mablagʻi.
15. “Eng namunali sektor” va “eng tashabbuskor sektor” deb topilgan hududiy sektorlarning faoliyat samaradorligiga taʼsir etuvchi tashkilotlar xodimlari (sektor aʼzolari) faqat oʻzlari masʼul boʻlgan koʻrsatkichlardan kelib chiqib taqdirlanadi.
16. Baholash yakunlari boʻyicha “eng namunali sektor” deb topilgan sektorning ijobiy ish tajribasini respublika hamda “eng tashabbuskor sektor”ning ijobiy ish tajribasini tegishli hudud miqyosida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi baholash natijalari boʻyicha har yil yakuni boʻyicha keyingi yilning 1-fevraliga qadar tahliliy maʼlumotnoma tayyorlaydi hamda Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiyaga kiritadi.
18. Sektorlar faoliyati samaradorligini baholash natijalari har yili xalq deputatlari Kengashlari majlislarida muhokama qilib borilishi mumkin.
19. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi
SXEMASI
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Rasmiy statistik koʻrsatkichlarga asosan sektorlar faoliyati samaradorligini baholash
TIZIMI
T/rKoʻrsatkichlar nomiOʻlchov birligiKoʻrsatkichlarni hisoblash metodikasiMasʼul organ*Indikator toifasi va ballariJami maksimal ball100,01. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi koʻrsatkichlari60,0a) “Temir daftar” bilan ishlash natijadorligi16,01.“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalarfoiz“Temir daftar”dan chiqarilgan oilalarning “Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi ulushiIqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiIjobiy2.“Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga oʻqitilgan aʼzolarifoiz“Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga oʻqitilgan aʼzolarining jami oʻqish istagi mavjud aʼzolar sonidagi ulushiIqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiIjobiy3.Rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan “Temir daftar”dagi oila aʼzolarifoizRasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Temir daftar”dagi oila aʼzolarining jami bandligi taʼminlangan aʼzolar sonidagi ulushiIqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiIjobiy4.“Temir daftar”dagi oilalarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasifoizTibbiy xizmat koʻrsatilgan “Temir daftar”dagi oilalarning jami tibbiy xizmatga muhtoj oilalar sonidagi ulushiIqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiIjobiyb) “Ayollar daftari” bilan ishlash natijadorligi24,05.“Ayollar daftari”dan chiqarilgan ayollarfoiz“Ayollar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan ayollarning “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar sonidagi ulushi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiIjobiy6.“Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan ayollarfoiz“Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan ayollarning jami oʻqish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushiOila va xotin-qizlar qoʻmitasiIjobiy7.“Ayollar daftari”dagi rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan ayollarfoizRasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami bandligi taʼminlangan ayollar sonidagi ulushiOila va xotin-qizlar qoʻmitasiIjobiy8.“Ayollar daftari”dagi ayollarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasifoizTibbiy xizmat koʻrsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tibbiy xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushiOila va xotin-qizlar qoʻmitasiIjobiy9.“Ayollar daftari”dagi ayollarga psixologik xizmat koʻrsatish darajasifoizPsixologik xizmat koʻrsatilgan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami psixologiki xizmatga muhtoj ayollar sonidagi ulushiOila va xotin-qizlar qoʻmitasiIjobiy10.“Ayollar daftari”dagi ayollar tomonidan tadbirkorlikning yoʻlga qoʻyilishifoizTadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan “Ayollar daftari”dagi ayollarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar sonidagi ulushiOila va xotin-qizlar qoʻmitasiIjobiyv) “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi20,011.“Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarfoiz“Yoshlar daftari” roʻyxatidan chiqarilgan yoshlarning “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar sonidagi ulushiYoshlar ishlari agentligiIjobiy12.“Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan yoshlarfoiz“Yoshlar daftari”dagi kasb-hunarga oʻqitilgan yoshlarning jami kasb-hunarga oʻqish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushiYoshlar ishlari agentligiIjobiy13.“Yoshlar daftari”dagi rasmiy oʻzini oʻzi band qilishga jalb qilingan yoshlarfoizRasmiy oʻzini oʻzi band qilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami bandligi taʼm?nlangan yoshlar sonidagi ulushiYoshlar ishlari agentligiIjobiy14.“Yoshlar daftari”dagi yoshlarga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasifoizTibbiy xizmat koʻrsatilgan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tibbiy xizmatga muhtoj yoshlar sonidagi ulushiYoshlar ishlari agentligiIjobiy15.“Yoshlar daftari”dagi yoshlar tomonidan tadbirkorlikning yoʻlga qoʻyilishifoizTadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan “Yoshlar daftari”dagi yoshlarning jami tadbirkorlik qilish istagi mavjud yoshlar sonidagi ulushiYoshlar ishlari agentligiIjobiy2. “Mahallabay” ishlash tizimining yuritilishi8,016.Mahallalardagi muammolarning hal etilishi foizDoimiy vakillar tomonidan aniqlangan jami muammolardagi hal etilgan muammolarning ulushiIqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiIjobiy17.Mahallaning “oʻsish nuqtasi” (drayveri)ning amalga oshirilishifoizAmalga oshirilgan “oʻsish nuqtalari” (drayveri)ning jami aniqlangan “oʻsish nuqtalari” (drayveri)dagi ulushiIqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiIjobiy3. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi8,018.Investitsiya loyihalarining (sanoat, xizmatlar va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi) amalga oshirilishifoizHududiy investitsiya dasturlaridagi ishga tushirilgan loyihalarning jami loyihalardagi ulushiInvestitsiyalar va tashqi savdo vazirligiIjobiy19.Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olish darajasifoizMaktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning 3 — 6 yoshdagi bolalar umumiy sonidagi ulushiMaktabgacha taʼlim vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasiIjobiy4. Tadbirkorlikni rivojlantirish koʻrsatkichlari12,020.Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari sonining oʻsishifoizKichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining oʻtgan yilgi mos davriga nisbatan oʻsishiMilliy statistika qoʻmitasi, Adliya vazirligiIjobiy21.Tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratilishi holatisoʻmTadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kredit miqdorining sektordagi har mingta faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektiga toʻgʻri keladigan kredit miqdoriMarkaziy bank, Milliy statistika qoʻmitasiIjobiy22.Tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv-seminarlar tashkil qilinganligibirlikSavdo-sanoat palatasi, Adliya boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun tashkil etilgan soliq, moliya, buxgalteriya, bank, huquqiy va boshqa sohalar boʻyicha oʻquv-seminarlar umumiy sonining har mingta tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻri keladigan miqdoriSavdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligiIjobiy5. Jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish8,023.Sodir etilgan jinoyatlarning kamayishibirlikHar ming kishiga toʻgʻri keladigan jinoyatlarning oʻtgan yilning mos davriga nisbatan farqiBosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligiIjobiy24.Oilaviy ajrimlarni qisqartirishfoizNikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnomalar sonining (sud tomonidan bedarak yoʻqolgan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi sababli qayd etilgan ajralganlik holatlari bundan mustasno) oʻtgan yilning mos davriga nisbatiAdliya vazirligi Ijobiy6. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi4,025.Qanoatlantirilgan murojaatlar ulushifoizOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual, Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari orqali kelib tushgan jami murojaatlardagi qanoatlantirilgan murojaatlar ulushiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari, Bosh vazir qabulxonasiIjobiy
* Axborot tizimiga maʼlumotlarni joylashtirish (kiritish) uchun birinchi koʻrsatilgan ijrochi masʼul hisoblanadi. Koʻrsatkichlarni shakllantirish uchun javobgarlik har bir koʻrsatilgan davlat boshqaruvi organi va muassasasiga yuklatiladi.
