“13-modda. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish”;
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-711-son) · Sana: 25.08.2021 · Amalda
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi identifikatsiyalovchi ID-kartasi (biometrik pasporti), Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi (yashash uchun ruxsatnomasi), Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxsning xorijga chiqish uchun biometrik harakatlanish hujjati oʻrniga tegishincha shunday ID-karta, biometrik pasport berilganligi uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha boʻlib turgan chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga pasportning yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning hamda Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisidagi hujjatning yoʻqolganligi haqida maʼlumotnoma berilganligi uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi”;
7) 14-modda quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91) Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning yongʻini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar ularning yoʻqolgan hujjatlarini yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan, yaroqsiz holga kelgan, muayyan faktni tasdiqlaydigan hujjatlarini tiklash chogʻida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan ushbu hujjatlarning koʻchirma nusxalari, dublikatlari hamda ularning mavjudligi haqidagi maʼlumotnomalar talab qilib olinganda”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
