“Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi QL-747-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi toʻgʻrisida”) (1171-IV-son)
23.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-martda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyasi toʻgʻrisida”gi QL-747-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-iyul,
1171-IV-son
