Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning asillik darajasini aniqlash va ularni tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni bajarganlik uchun Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasi toʻlovi undiriladi.
Asillik darajasi toʻlovining miqdori va uni undirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Asillik darajasini aniqlash hamda tamgʻalash bilan bogʻliq xarajatlar qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash uchun Asillik darajasini belgilash palatasiga taqdim etgan shaxslar zimmasida boʻladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5595448
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 46-modda. Asillik darajasi toʻlovi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son). neolex.uz/uz/laws/law-5595534/46 (lex.uz/docs/-5595448)