44-modda. Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalash usullari
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamgʻasi yoki belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi bilan tamgʻalash mexanik (zarb) usulda yoki lazer usulida amalga oshiriladi.
Davlat asillik darajasi tamgʻasini tushirish usulini tanlash Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan ularni asillik darajasini aniqlash va tamgʻalash uchun taqdim etgan shaxs bilan kelishuv boʻyicha belgilanadi.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini va belgilangan namunadagi asillik darajasining belgisini tushirish usulini mustaqil ravishda belgilaydi.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi bilan lazer usulida tamgʻalashni amalga oshiruvchi zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining zimmasiga uning haqiqiyligini tasdiqlash majburiyati yuklatiladi.
