Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son) · Sana: 23.08.2021 · Amalda
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qimmatbaho metallning har bir turi uchun belgilangan shaklda boʻlib, asillik darajasini koʻrsatuvchi raqamlardan iboratdir.
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi mustaqil ahamiyatga ega emas hamda qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarni tamgʻalashda faqat zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi bilan birga qoʻllaniladi.
Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilari ixtisoslashtirilgan korxonada, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning buyurtmasi boʻyicha tayyorlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5595448
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 39-modda. Belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida (O‘RQ-710-son). neolex.uz/uz/laws/law-5595534/39 (lex.uz/docs/-5595448)