“Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (140-son)
16.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining
Buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 34]
Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.10.03-21 “Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 1997-yil 22-maydagi 38-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.10.03-97 “Bosh suv oʻtkazgichlar va chiqindi toʻplagich zovurlar uchun yer ajratish meʼyorlari” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Adliya vazirligida hisobga olingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2021-yil 16-avgust,
140-son
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2021-yil 16-avgustdagi 140-son buyrugʻiga ILOVA
“Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish meʼyorlari (ShNQ 2.10.03-21) Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga muvofiq ishlab chiqildi.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu meʼyorlar magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yerning eni hamda ularni boshqaruv xonalari va quduqlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yer maydonlarining oʻlchamlarini belgilaydi.
2. Ushbu ShNQda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
magistral suv quvurlari — toza suv yigʻish inshootlaridan isteʼmolchigacha suv yetib keluvchi quvurlar;
kanalizatsiya kollektorlari — foydalanishdan chiqqan oqova suvni isteʼmolchidan chiqarib tashlash joyigacha olib ketuvchi quvurlar.
3. Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini qurish davrida vaqtincha foydalanish, shuningdek ekspluatatsiya davrida doimiy foydalanish uchun ajratiladigan yer maydonlarining oʻlchamlari ilovaga muvofiq belgilanadi.
4. Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini boshqarish xonalari uchun ajratiladigan yer maydonining oʻlchami 10x10 m dan hamda magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektor quduqlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yer maydonining oʻlchami 3x3 m dan oshmasligi lozim.
“Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari uchun yer ajratish meʼyorlari” shaharsozlik normalari va qoidalariga ILOVA
Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini qurish davrida vaqtincha foydalanish, shuningdek ekspluatatsiya davrida doimiy foydalanish uchun ajratiladigan yer maydonlarining oʻlchamlari
MEʼYORLARI
T/r Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari diametri, mm Yotqizilgan quvurning tubigacha boʻlgan chuqurlik, m . . . .. Yer yoʻlining eni Doimiy foydalanishga Vaqtincha foydalanishga bitta suv quvuri yoki kollektor uchun ikkita suv quvuri yoki kollektorlar uchun (bir xandaqda) yoki parallel yoʻl boʻyicha bitta suv quvuri yoki kollektorlar uchun xandaq�ar ikkita suv quvuri yoki kollektorlar uchun (bir xandaqda) yoki parallel yoʻl boʻyicha I. Yer ostidan oʻtgan magistral suv quvurlari va kollektorlar 1. Poʻlat quvurlar 1. 426 gacha 3 - - 28 31 2. 426 dan 720 gacha 3 - - 33 36 3. 720 dan 1020 gacha 3 - - 39 42 4. 1020 dan 1220 gacha 3 - - 42 45 5. 1220 dan 1420 gacha 3 - - 45 48 2. Choʻyan, temir beton, asbest sement, sopol, polietilen va kompozit materiallardan quvurlar 6. 600 gacha boʻlgan 2 - - 37 41 3 - - 40 42 4 - - 47 50 5 - - 53 56 6 - - 61 64 7 - - 67 71 7. 600 dan 800 gacha 2 - - 37 41 3 - - 41 45 4 - - 49 52 5 - - 54 58 6 - - 62 67 7 - - 68 73 8. 800 dan 1000 gacha 2 - - 37 41 3 - - 41 45 4 - - 49 52 5 - - 54 58 6 - - 62 67 7 - - 70 74 9. 1000 dan 1200 gacha 2 - - 39 43 3 - - 43 47 4 - - 50 54 5 - - 55 61 6 - - 62 67 7 - - 70 75 10. 1200 dan 1500 gacha 3 - - 44 49 4 - - 51 58 5 - - 55 61 6 - - 64 69 7 - - 70 76 11. 1500 dan 2000 gacha 3 - - 46 51 4 - - 52 58 5 - - 57 63 6 - - 66 71 7 - - 74 80 12. 2000 dan 2500 gacha 3 - - 49 55 4 - - 53 60 5 - - 56 65 6 - - 67 72 7 - - 76 82 II. Yer ustidagi hamda yuqoridan oʻtgan suv magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlari 1. Poʻlat quvurlar 1. 426 gacha 3 5 8 23 23 2. 426 dan 720 gacha 3 6 8 28 28 3. 720 dan 1020 gacha 3 6 9 33 33 4. 1020 dan 1220 gacha 3 7 9 33 36 5. 1220 dan 1420 gacha 3 8 10 37 38 2. Choʻyan, temir beton, asbestsement, sopol, polietilen va kompozit materiallardan quvurlar 6. 600 gacha 2 5 8 32 33 3 6 9 34 34 4 6 9 41 41 5 7 9 46 47 6 7 9 54 55 7 8 10 59 61 7. 600 dan 800 gacha 2 6 9 31 32 3 6 9 35 36 4 7 9 42 43 5 7 9 47 49 6 8 10 54 57 7 8 10 60 63 8. 800 dan 1000 gacha 2 6 9 31 32 3 b 9 35 36 4 7 9 42 45 5 7 9 47 49 6 8 10 54 57 7 8 10 62 66 9. 1000 dan 1200 gacha 2 6 9 33 34 3 6 9 37 38 4 7 9 43 45 5 7 9 44 52 b 8 10 54 57 7 8 10 62 67 10. 1200 dan 1500 gacha 3 8 10 36 39 4 8 10 43 46 5 8 10 47 51 6 8 10 56 59 7 8 10 62 68 11. 1500 dan 2000 gacha 3 9 12 37 39 4 9 12 43 46 5 9 12 48 51 6 9 12 57 59 7 9 12 65 68 12. 2000 dan 2500 gacha 3 10 13 39 42 4 10 13 43 47 5 10 13 48 52 6 10 13 57 59 7 10 13 66 69
Izohlar:
1. Yer ustidagi magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini joylashtirish uchun ajratiladigan yerning oʻlchami loyiha hujjatlari bilan aniqlanadi, bunda koʻrsatkichlar mazkur Meʼyorlarda belgilangan oʻlchamlardan oshib ketmasligi lozim.
2. Yer ustida yoki bir xandaqda yonma-yon parallel yotqiziladigan uchta yoki undan koʻp magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarining, shuningdek diametri mazkur Meʼyorlarda koʻrsatilgandan katta boʻlgan yoki aholi yashash joylari, korxona va qiyin oʻtiladigan (choʻl togʻ sharoiti, oʻrmonzorlar, suv havzalari) joylarda quriladigan suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini joylashtirish uchun hamda tabiiy toʻsiqlardan ularning oʻtish joylarini qurish uchun ajratiladigan yer maydonlarining oʻlchami tasdiqlanadigan loyiha hujjatlarida belgilanadi.
3. Magistral suv quvurlari va kanalizatsiya kollektorlarini mukammal taʼmirlash uchun ajratiladigan yerning oʻlchami tasdiqlangan loyiha hujjatlari bilan aniqlanadi.
