“Transport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-299-IV-son)
29.05.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 3-mart kuni qabul qilingan “Transport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Transport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin va Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Rais T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 29-may,
SQ-299-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 29-maydagi SQ-299-IV-sonli Qarori bilan TASDIQLANGAN
“Transport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish boʻyicha qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Transport vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 2. Vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish. 2.1. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish. 2.2. Ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki oy muddatda Transport vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati II. Qonunni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar oʻtkazish 3. Yoʻlovchilar, bagaj va yuklarni tashish va tashish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar boʻyicha transport tashkilotlari va tashuvchilarning xoʻjalik faoliyatini taʼminlovchi erkin (kelishilgan) narxlarda va tartibga solinadigan tariflar siyosatini belgilash. 3.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 3.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 3.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan ainvays” AJ, “Uzbekistan airports” AJ Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 4. Avtomobil, temir yoʻl, havo va suv transportida yoʻlovchilar va yuklarni aralash tashish tartibini belgilash. 4.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 4.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 4.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ Hududlarni kompleks rivojlantirish, 1 kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 5. Transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalari toifalarining miqdori va ularni toifalash mezonlarini belgilash. 5.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 5.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 5.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻngbesh oy muddatda Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 6. Transport sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan yuritiladigan tranzit transport koridorlari reyestri yuritilishini amalga oshirish tartibini belgilash. 6.1. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. 6.2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 6.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng olti oy muddatda Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 7. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish. 9.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Transport vazirligi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 9.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida 8. OAV hamda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga qaratilgan turkum maqola, koʻrsatuv, eshittirishlar berib borish. 10.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Transport vazirligi, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati 10.2. Reja-grafikni amalga oshirish. Reja-grafik asosida
