Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish toʻgʻrisida (SQ-361-IV-son)
31.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi boʻyicha reyting tizimi joriy etilsin va bunda quyidagilar reyting baholashning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
yoshlar sogʻligʻini saqlash;
nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish;
yoshlar uchun zamonaviy va sifatli taʼlimni taʼminlash;
yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni ragʻbatlantirish;
yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish;
yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish;
Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
3. Quyidagilar:
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga;
Yoshlarga oid davlat siyosatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishini reyting baholash boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Respublika komissiyasiga hududlarni reyting baholash va monitoring qilish jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
5. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati majlislarida muhokama etib borilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda faol va tashabbuskor yoshlar orasidan yangi avlod zaxira kadrlarini muntazam shakllantirib borish hamda ularning rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod sifatida tavsiya etilishini nazorat qilish;
bir oy muddatda:
Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida tashkil etiladigan Yoshlar parlamenti vakillari maktabining namunaviy Nizomi va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish hamda Oliy Majlis Senati Kengashi muhokamasiga kiritish;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyasi asosida yosh, gʻayratli, fidoyi oʻgʻil-qizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolariga biriktirish hamda ularning oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borishiga doir tavsiyalar ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo hamda masalalar yechimi yuzasidan har yili Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni arafasida Hukumat dasturini qabul qilish;
ikki oy muddatda reyting baholashga koʻra eng yuqori natija koʻrsatgan 3 ta (1, 2 va 3-oʻrin) hudud rahbarlari hamda ularning yoshlar masalalariga masʼul boʻlgan oʻrinbosarlarini moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirish tartibi va manbalari yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududlarni reyting baholash boʻyicha ishchi organ etib belgilansin va uning zimmasiga:
Hukumat dasturi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining alohida hududiy dasturlari ijrosi boʻyicha har chorakda Senatga axborot kiritish;
reyting baholash uchun zarur boʻlgan umumlashtirilgan maʼlumotlarni Senatga muntazam taqdim etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan reyting baholashga doir maʼlumotlarni markazlashgan yagona elektron tizim orqali qabul qilish boʻyicha tashkiliy masalalarni hal etish;
reyting baholash natijalariga asosan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan hududda har yili 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan respublika yoshlar va talabalar forumini tashkil qilish hamda ushbu hududning yoshlar bilan samarali ishlash tajribasini respublika boʻyicha tatbiq etish choralarini koʻrish vazifalari yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi:
bir oy muddatda hududlarni indikatorlar asosida reyting baholash metodikasini ishlab chiqib, Oliy Majlis Senatiga taqdim etsin;
vakolati doirasidagi reyting baholashga oid rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlarni markazlashgan yagona elektron tizimga muntazam ravishda kiritsin.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
har yili yoshlarga oid hududiy dasturlarni qabul qilish;
reyting baholashga doir maʼlumotlarni markazlashgan yagona elektron tizimga kiritib borish boʻyicha masʼul xodim biriktirilishini hamda mazkur xodimning Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga:
yoshlarga oid davlat siyosatini tuman va shaharlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida baholab borish;
reyting baholash natijalarini mahalliy Kengashlar majlislarida muntazam ravishda muhokama qilib borish tavsiya etilsin.
12. Hududlarni reyting baholash tizimi 2021-yilning sentyabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etilsin va Respublika komissiyasi har yili 1-iyun sanasiga qadar reyting baholash natijalarini eʼlon qilib borsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Axborot xizmati hududlarni reyting baholash jarayonlarining ommaviy axborot vositalari va Senatning rasmiy veb-saytida muntazam yoritilishini hamda reyting baholashning mazmun-mohiyatini tushuntirishga hamda bu borada bajarilayotgan ishlarni keng yoritishga qaratilgan media-reja ishlab chiqilishini taʼminlasin.
14. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 31-iyul,
SQ-361-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-361-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash (bundan buyon matnda — hududlarni reyting baholash) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
reyting baholash — reyting koʻrsatkichlari va indikatorlari yordamida yoshlar bilan ishlash holatini baholash orqali hududlarni eng yuqori natijadan eng past natijagacha boʻlgan oʻrnini aniqlash;
indikator — hududlarning yoshlar bilan ishlash holatini reyting baholash uchun zarur boʻlgan asosiy ustuvor koʻrsatkich;
subindikator — indikatorlar boʻyicha baholarni shakllantirishda foydalaniladigan aniq soha boʻyicha koʻrsatkich;
hududlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda ularning tarkibiga kiruvchi tuman va shaharlar;
gʻolib hudud — yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash natijalariga koʻra eng yuqori oʻrinni egallagan hudud.
3. Hududlarni reyting baholash ushbu Nizom 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Reyting baholashga oid asosiy indikatorlar
4. Reyting baholash quyidagi indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
4.1. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish:
4.1.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida yosh deputatlarning ulushi;
4.1.2. Hududlarda faoliyat olib borayotgan yosh rahbarlar soni;
4.1.3. Yoshlarga oid hududiy dasturlarning ijro holati;
4.1.4. Profilaktik roʻyxatda turuvchi yoshlar koʻrsatkichi;
4.1.5. Yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar koʻrsatkichi;
4.1.6. Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan profilaktik ishlarning olib borilganligi va bandligi taʼminlanganligi.
4.2. Yoshlar sogʻligʻini saqlash:
4.2.1. Yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qamrovi;
4.2.2 Yoshlarda ortiqcha vazn toʻplanishining oldini olish choralari koʻrilganligi;
4.2.3. Yoshlarni yuqumli kasalliklar va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklardan himoya qilish holati.
4.3. Nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish:
4.3.1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilalarga joylashtirilganligi;
4.3.2. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining uy-joy bilan taʼminlanganligi;
4.3.3. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi;
4.3.4. Inklyuziv taʼlimning yoʻlga qoʻyilganligi;
4.3.5. Viloyat, tuman va shaharlar kutubxonalarida nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kutubxona xizmatlarining joriy etilganligi;
4.3.6. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining toʻgaraklarga imtiyoz asosida jalb qilinganligi;
4.3.7. Imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinganligi.
4.4. Yoshlar uchun zamonaviy va sifatli taʼlimni taʼminlash:
4.4.1. Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi;
4.4.2. Maktablarda axborot texnologiyalari darslarining zamonaviy dasturlar (“Kembrij” dasturlari) asosida yoʻlga qoʻyilganligi;
4.4.3. Yoshlarning xalqaro va respublika fan olimpiadalarida erishgan natijalari;
4.4.4. Yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi;
4.4.5. IT-markazlarining tashkil etilganligi holati.
4.5. Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish:
4.5.1. Yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarining tashkil etilganligi;
4.5.2. Tuman, shahar va viloyat darajasida bitiruvchilar bandligini taʼminlashga oid dasturlarning ijro holati;
4.5.3. Yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʻoyalari tanlovida ishtiroki va gʻoliblarga grantlar ajratilganligi;
4.5.4. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holati;
4.5.5. “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi loyihalar soni va yaratilgan yangi ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar;
4.5.6. Yoshlarning hududlarda tadbirkorlikka oʻrgatish boʻyicha tashkil etilgan yangi biznes maktablariga jalb etilganligi.
4.6. Yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli va isteʼdodlilarini ragʻbatlantirish:
4.6.1. Ilm-fan, madaniyat, sport sohasida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari natijalari;
4.6.2. Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovlar va gʻolib boʻlganlarning taqdirlanganlik holati;
4.6.3. Viloyat, tuman va shahar kutubxonalarining oʻz binosiga egaligi;
4.6.4. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish va isteʼdodini yuzaga chiqarish borasida tashkil etilgan toʻgaraklar soni va undagi yoshlar qamrovi;
4.6.5. Yoshlar ishtirokida festivallar, koʻrik-tanlovlar va forumlarning tashkil etilganligi va ularda yoshlar ishtiroki;
4.6.6. Yoshlarni sport bilan qamrab olinganlik darajasi;
4.6.7. Davlat-xususiy sheriklik asosida sport inshootlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi;
4.6.8. Hududlarda mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” maydonchalari hamda velosport, yurish va yugurish yoʻlakchalarining toʻliq tashkil etilganligi;
4.6.9. Yoshlar turizmining yoʻlga qoʻyilganligi, xususan, Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum qoʻriqxonalariga sayohatlar uyushtirilganligi.
4.7. Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish:
4.7.1. Yosh oilalarga uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratilganligi;
4.7.2. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratilganligi.
4.8. Yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish:
4.8.1. Yoshlardan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilganligi;
4.8.2. Yoshlarning “Yoshlar daftari”dan chiqarilganligi holati;
4.8.3. Viloyat, tuman va shahar hokimlari va yoshlar uchrashuvlarida koʻtarilgan yoshlar muammolarining ijobiy hal qilinganligi darajasi.
4.9. Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish:
4.9.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tavsiyasi asosida yoshlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga biriktirilganligi;
4.9.2. Faol yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatiga jalb etilganligi;
4.9.3. Mahalliy Kengashlarda Yoshlar parlamenti vakillari maktablari tashkil etilganligi va ularning faoliyat samaradorligi.
3-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida hisoblash va reyting baholash
5. Indikatorlar oʻn toʻrtta maʼmuriy hudud boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishini reyting baholash boʻyicha Respublika komissiyasi (bundan buyon matnda — Respublika komissiyasi) tomonidan baholanadi.
6. Respublika komissiyasi hududlarni reyting baholash va monitoring qilish jarayonlarini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi.
7. Indikatorlarni hisoblashda hududlar tomonidan taqdim etilgan rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlardan foydalaniladi.
8. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida baholash ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilish holati indikatorlarning miqdoriga qarab, noldan yuz ballgacha reytingda baholanadi va shu tartibda eng yuqori ball toʻplagan hudud aniqlanadi.
10. Hududlarni indikatorlar asosida reyting baholash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan baholash metodikasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, hududlarda bajarilgan ishlar natijadorligi oʻsha hududdagi yoshlar umumiy soniga nisbatan hisoblanadi.
4-bob. Reyting baholashga doir hujjatlarni taqdim etish tartibi
11. Hududlar tomonidan reyting baholashga doir rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlar har chorakda Ishchi organga taqdim etib boriladi. Bunda hududlar maʼlumotlarni Yoshlar ishlari agentligi tomonidan joriy etilgan markazlashgan yagona tizim orqali masofadan elektron shaklda kiritadi. Har bir hudud masʼul vakiliga tizimga kirish uchun ruxsat taqdim etiladi.
Yakuniy maʼlumotlar har yili 1-maygacha tizimga kiritiladi.
Hisobot davri joriy yilning 1-mayidan keyingi yilning 1-mayigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
12. Har bir hududning birinchi rahbari tizimga kiritgan maʼlumotning toʻgʻriligi va aniqligi uchun javobgar hisoblanadi. Hududlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar Senat ishchi guruhi tomonidan joylarga chiqib oʻrganiladi.
5-bob. Reyting baholash natijalari boʻyicha hudud rahbarlarini ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini oshirish
13. Reyting natijalariga asosan eng yuqori ball toʻplagan 3 ta (1, 2 va 3-oʻrinni egallagan) hudud rahbarlari va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari keyingi hisobot davri uchun reyting baholash natijalari eʼlon qilinguniga qadar moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi.
14. Reyting natijalariga asosan eng yuqori ball toʻplagan hududga gʻoliblik bayrogʻi berilib, ushbu hudud navbatdagi reyting baholash natijalari eʼlon qilingunga qadar gʻolib hudud hisoblanadi.
15. Gʻolib hududda har yili 30-iyun Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan respublika yoshlar forumini tashkil etish hamda ushbu hududning yoshlar bilan samarali ishlash tajribasini respublika boʻyicha tatbiq etish choralari koʻriladi.
16. Reyting natijalariga koʻra eng past ball toʻplagan hudud rahbarlari va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish masalasi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
17. Senat tomonidan eng past natija koʻrsatgan hududga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda eng samarali usullar va ish tajribalari tavsiya etib boriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ushbu Nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi hamda reyting baholash tartibi takomillashtirilib borilishi mumkin.
19. Hududlar tomonidan ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning berilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, tegishli rahbarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrishga sabab boʻladi.
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ILOVA
Hududlarni reyting baholashni amalga oshirish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Amalga oshiriladigan tadbirlar Ijro muddati 1-bosqich Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimlari Davlat organlari va tashkilotlarning hududiy boʻlimlari tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2-ilovasini tegishliligi boʻyicha toʻldirilishini taʼminlaydi va umumiy maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul doimiy komissiyasiga hamda Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi. Har oyda 2-bosqich xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul doimiy komissiyasi Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari muhokamasiga kiritadi. Har chorakda 3-bosqich xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari Yoshlar masalalariga masʼul doimiy komissiya kiritgan maʼlumotlarni muhokama qilib, tegishli qaror qabul qiladi hamda umumlashtirilgan maʼlumotlarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul qoʻmita va doimiy Komissiyasiga taqdim etadi. Har chorakda 4-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yoshlar masalalariga masʼul qoʻmita va doimiy komissiyasi, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari 1. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan yuborilgan maʼlumotlarni umumlashtiradi. 2. Umumlashgan maʼlumotlarni biriktirilgan masʼul xodim tomonidan markazlashgan elektron tizimga kiritilishini nazorat qiladi. Har chorakda 3. Yoshlarga oid davlat siyosatining tuman (shahar)larda amalga oshirilishini reyting baholash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashi muhokamasiga kiritadi. Har chorak yakunida 5-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari 1. Yoshlar masalalariga masʼul qoʻmita va doimiy komissiya kiritgan maʼlumotlarni muhokama qiladi hamda Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan baholash metodikasiga asosan yoshlarga oid davlat siyosatining tuman (shahar)larda amalga oshirilishini reyting baholaydi va tegishli qaror qabul qiladi. Hisobot davri yakunida 2. Reyting baholash natijalariga koʻra eng yuqori natijaga erishgan 3 ta (1, 2 va 3-oʻrin) tuman (shahar) hokimlari va ularning yoshlar masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosarlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi. Navbatdagi yil gʻolibi aniqlangunga qadar 6-bosqich Respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi 1. Reyting baholash uchun zarur maʼlumotlarni kiritib borish uchun tashkil etilgan markazlashgan elektron tizimning doimiy ishlashini hamda unga oʻz vaqtida doimiy maʼlumotlar kiritilib borilishini taʼminlaydi. Doimiy 2. Yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini bevosita hududlarga chiqib oʻrgandi. Reja asosida 3. Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan baholash metodikasiga muvofiq markazlashgan elektron tizimga kiritilgan rasmiy statistik va tahliliy maʼlumotlar asosida Yoshlarga oid davlat siyosatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishi reyting baholaydi hamda gʻoliblarni eʼlon qilib boradi. Har yili 1-iyunga qadar
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini indikatorlar asosida reyting baholash
TARTIBI
T/r Indikatorlar T/r* Subindikatorlar Baholash mezonlari Statistik maʼlumotlar (raqam va foizlarda) Ball** Maʼlumotlarni taqdim etishga masʼul vazirlik va idoralar Hudud nomi ________________________________ 18 yoshdan 30 yoshgacha yoshlar soni: ___ Ish bilan band yoshlar soni: ___ Ishsiz yoshlar soni ___ Xorijda ishlayotgan yoshlar soni: ___ 1. Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish 4.1.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida yosh deputatlarning ulushi Xalq deputatlari Kengashlaridagi yoshlar soni Mahalliy hokimlik, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi 4.1.2. Hududlarda faoliyat olib borayotgan yosh rahbarlar soni Yosh rahbarlar soni 4.1.3. Yoshlarga oid hududiy dasturlarning ijro holati Samaradorlik foiz hisobida 4.1.4. Profilaktik roʻyxatda turuvchi yoshlar koʻrsatkichi Profilaktik roʻyxatda turuvchi yosh�ar soni 4.1.5 Yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar koʻrsatkichi Yoshlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar soni 4.1.6. Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan yoshlar bilan profilaktik ishlarning olib borilganligi va bandligi taʼminlanganligi Yoshlar bilan olib borilgan profilaktik ishlar va bandligi taʼminlanganlar soni 2. Yoshlar sogʻligʻini saqlash 4.2.1. Yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish qamrovi Tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan yoshlar soni Mahalliy hokimlik, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi 4.2.2. Yoshlarda ortiqcha vazn toʻplanishining oldini olish choralari koʻrilganligi Ortiqcha vazndan xolos etilgan yoshlar soni 4.2.3. Yoshlarni yuqumli kasalliklar va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklardan himoya qilish holati Yuqumli kasalliklar va boshqa ijtimoiy xavfli kasalliklar aniqlangan va davolangan yoshlar soni 3. Nogironligi boʻlgan, ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish 4.3.1. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni oilalarga joylashtirilganligi Oilalarga joylashtirilgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar soni Mahalliy hokimlik, Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sport va turizm vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi 4.3.2. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining uy-joy bilan taʼminlanganligi Mehribonlik uylari bitiruvchilariga berilgan uy-joy soni 4.3.3. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining ishga joylashtirilganligi Ishga joylashtirilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari soni 4.3.4. Inklyuziv taʼlimning yoʻlga qoʻyilganligi Inklyuziv taʼlimga jalb etilgan yoshlar soni 4.3.5. Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun kutubxona xizmatlarining joriy etilganligi Nogironligi boʻlgan yoshlar uchun sharoit yaratilgan kutubxonalar soni 4.3.6. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining sport toʻgaraklariga imtiyoz asosida jalb qilinganligi Imtiyoz asosida sport toʻgaraklariga jalb etilgan yoshlar soni 4.3.7. Imkoniyati cheklangan yoshlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinganligi Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilingan imkoniyati cheklangan yoshlar soni 4. Yoshlar uchun zamonaviy va sifatli taʼlimni taʼminlash 4.4.1. Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb va hunarlarga oʻqitilgan 10-11-sinf oʻquvchilari soni Mahalliy hokimlik, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi 4.4.2. Maktablarda axborot texnologiyalari darslarining zamonaviy dasturlar (“Kembrij” dasturlari) asosida yoʻlga qoʻyilganligi Axborot texnologiyalari darslarining “Kembrij” dasturlari asosida yoʻlga qoʻyilgan maktablar soni 4.4.3. Yoshlarning xalqaro va respublika fan olimpiadalarida erishgan natijalari Olimpiadalarda gʻolib boʻlgan yoshlar soni 4.4.4. Yoshlarning oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish darajasi Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan yoshlar soni 4.4.5. IT-markazlarining tashkil etilganlik holati Tashkil etilgan IT-markazlarining soni 5. Yoshlarni ishga joylashtirish va ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish 4.5.1. Yoshlar uchun yangi ish oʻrinlarining tashkil etilganligi Yoshlar uchun tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari soni Oliy Majlis Senati, Mahalliy hokimlik, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi 4.5.2. Tuman, shahar va viloyat darajasida bitiruvchilar bandligini taʼminlashga oid dasturlarning ijro holati Dasturlarning bajarilish koʻrsatkichi (%) 4.5.3. Yoshlarning “Biznesga birinchi qadam” startap gʻoyalari tanlovida ishtiroki va gʻoliblarga grantlar ajratilganligi Tanlovda ishtirok etgan yoshlar soni va ajratilgan grantlar miqdori 4.5.4. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish holati Tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan yoshlar soni 4.5.5. “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari”dagi loyihalar soni va yaratilgan yangi ish oʻrinlari Ushbu zonalardagi loyihalar va yaratilgan ish oʻrinlari soni 4.5.6. Yoshlarning hududlarda tadbirkorlikka oʻrgatish boʻyicha tashkil etilgan yangi biznes maktablariga jalb etilganligi Yangi biznes maktablariga jalb etilgan yoshlar soni 6. Yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli va isteʼdodlilarini ragʻbatlantirish 4.6.1. Ilm-fan, madaniyat, sport sohasida xalqaro va respublika miqyosida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalar natijalari Ushbu yoʻnalishlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yoshlar soni Mahalliy hokimlik, Madaniyat vazirligi Turizm va sport vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Badiiy akademiya, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi, Hunarmand uyushmasi 4.6.2. Yoshlar oʻrtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovlar va gʻolib boʻlganlarning taqdirlanganligi holati Ushbu yoʻnalishda oʻtkazilgan tanlovlar va taqdirlangan yoshlar soni 4.6.3. Viloyat, tuman va shahar kutubxonalarining oʻz binosiga egaligi Oʻz binosiga ega kutubxonalar soni 4.6.4. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlarig? qiziqishlarini oshirish va isteʼdodini yuzaga chiqarish borasida tashkil etilgan toʻgaraklar soni va undagi yoshlar qamrovi Ushbu yoʻnalishlarda tashkil etilgan toʻgaraklar va ularga jalb qilingan yoshlar soni 4.6.5. Yoshlar ishtirokida festivallar, koʻrik-tanlovlar va forumlarning tashkil etilganligi va ularda yoshlar ishtiroki Yoshlar ishtirokida tashkil qilingan festivallar, koʻrik-tanlovlar va forumlar va unda ishtirok etgan yoshlar soni 4.6.6. Yoshlarning sport bilan qamrab olinganligi darajasi Sport bilan qamrab olingan yoshlar soni 4.6.7. Davlat xususiy sheriklik asosida sport inshootlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan sport inshootlari soni 4.6.8. Hududlarda mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” maydonchalari hamda velosport, yurish va yugurish yoʻlakchalarining toʻliq tashkil etilganligi Tashkil etilgan mini-futbol, badminton, stritbol, “Workout” maydonchalari hamda velosport, yurish va yugurish yoʻlakchalari soni (har bir sport turi boʻyicha) 4.6.9. Yoshlar turizmining yoʻlga qoʻyilganligi, xususan, Chotqol, Zomin, Surxon, Nurota, Qizilqum qoʻriqxonalariga sayohatlar uyushtirilganligi Taʼtil paytida sayohatga yuborilgan yoshlar soni 7. Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish 4.7.1. Yosh oilalarning uy-joy qurish, olish va uni rekonstruksiya qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratilganligi Imtiyozli kredit asosida uy-joylar bilan taʼminlangan yosh oilalar soni Mahalliy hokimlik, Iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Markaziy bank, Yoshlar ishlari agentligi 4.7.2. “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun garovsiz kredit ajratilganligi Yoshlarga oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun ajratilgan garovsiz kreditlar miqdori 8. Yoshlar muammolarini hal etish va ularning murojaatlari yuzasidan choralar koʻrish 4.8.1. Yoshlardan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilganligi Ijobiy hal etilgan yoshlar murojaatlari soni 4.8.2. Yoshlarning “Yoshlar daftari”dan chiqarilganligi holati Hisobot davrida “Yoshlar daftari”dan chiqarilganlar soni 4.8.3. Viloyat, tuman va shahar hokimlari va yoshlar uchrashuvlarida koʻtarilgan yoshlar muammolarining ijobiy hal qilinganligi darajasi Uchrashuvlar natijasida muammolari hal etilgan yoshlar soni 9. Parlament va mahalliy Kengashlarning yoshlar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish 4.9.1. Xalq deputatlari Kengashlari tavsiyasi asosida yosh, gʻayratli, fidoyi oʻgʻil-qizlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va senatorlarga biriktirilganligi Oliy Majlis deputati va senatorlariga biriktirilgan yoshlar soni Oliy Majlis Senati, xalq deputatlari Kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi 4.9.2. Faol yoshlarning mahalliy Kengashlar faoliyatiga jalb etilganligi Mahalliy Kengashlar faoliyatiga jalb etilgan yoshlar soni 4.9.3. Mahalliy Kengashlarda Yoshlar parlamenti vakillari maktablari tashkil etilganligi va ularning faoliyat samaradorligi Yoshlar parlamenti vakillari maktablariga jalb etilgan yoshlar soni
* Subindikatorlarning Nizomdagi tartib raqami.
** Ushbu ball Yoshlarga oid davlat siyosatini hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 31-iyuldagi SQ-361-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Yoshlarga oid davlat siyosatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshirilishini reyting baholash Respublika komissiyasi
TARKIBI
T/r Ism-sharifi Lavozimi 1. Narbayeva Tanzila Kamolovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Komissiya raisi 2. Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich — Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari 3. Sadullayev Alisher Zafar oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari 4. Gadoyev Erkin Fayziyevich — Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi 5. Umarov Narimon Madjidovich — Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi 6. Burxonov Qudbiddin Nukriddinovich — Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi 7. Iminov Odiljon Karimovich — Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi 8. Kadirxanova Malika Akbarovna — Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi 9. Tajiyev Baxadir Sadullayevich — Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi 10. Alixanov Boriy Batirovich — Senatning Orol boʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi 11. Boqiyev Farhod Esonovich — Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 12. Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori 13. Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri 14. — Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri 15. Bobobojonov Poʻlat Razzaqovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri 16. Nazarbekov Ozodbek Axmadovich — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri 17. Sodiqov Shuhrat Muhammadjanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri 18. Mamatov Rahmat Toshnazarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani koʻllab quvvatlash vaziri 19. Xusanov Nozim Baxtiyorovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri 20. Xadjayev Asadjon Azatbekovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori 21. Xodjimatov Minxojiddin Mirzajonovich — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori 22. Yunusov Alisher Bobomurodovich — Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori oʻrinbosari 23. Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilhom qizi — Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi 24. Sharipov Sherzod Shavkatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi boʻlim boshligʻi, Komissiya kotibi
