“84-modda. Yer uchastkalarini ajratish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazorati”;
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-708-son) · Sana: 16.08.2021 · Amalda
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari yer uchastkalarini ajratish, ulardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishga haqli”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin”;
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanish, ulardan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan normalardan ortiqcha tarzda gʻayriqonuniy tarzda foydalanish, qonunga xilof obyektlarni va inshootlarni qurish hollari, yer munosabatlari sohasidagi suiisteʼmolliklar toʻgʻrisida foto- va videoyozuv texnikasidan foydalanilgan holda tasdiqlangan xabarlar uchun jamoatchilik nazorati subyektlari ragʻbatlantirilishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati subyektlarini ragʻbatlantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
38) quyidagi mazmundagi 911-modda bilan toʻldirilsin:
