Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (509-son)
11.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi “n” kichik band qoʻshilsin:
“n) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlovlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi “g” kichik band qoʻshilsin:
“g) davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarni qoplash”.
