Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qoʻmitalarining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan ish rejalari toʻgʻrisida (KQ-243-IV-son)
06.07.2021
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qoʻmitalarining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan ish rejalari 1 — 11-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va qoʻmitalarining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan ish rejalari ijro etilishini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 6-iyul,
KQ-243-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
T/r Tadbir nomi Ijro muddati I. Qonunchilik faoliyati 1. Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. qonun kelib tushishi bilan 2. Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. qonun kelib tushishi bilan 3. Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita xulosalarini tayyorlash. qonun kelib tushishi bilan II. Nazorat-tahlil faoliyati 4. Qoʻmitaning 2020-yil va 2021-yilning birinchi yarmidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini Qoʻmita majlisida dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. 2021-yil iyul 5. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. 2021-yil avgust 6. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish.* 2021-yil oktyabr 7. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi direktorining Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilishi holati haqida axborotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. 2021-yil oktyabr 8. Hududiy investitsiya dasturlari ijrosining holati, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va hududning tashqi iqtisodiy salohiyatini oshirish boʻyicha Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining axborotini eshitish.* 2021-yil noyabr 9. “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda 2021-yil — “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturining ijrosi boʻyicha Turizm va sport vazirining hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirining axborotini eshitish (jamoatchilik eshituvi shaklida). 2021-yil dekabr III. Qonunlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlarni qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishini holatini monitoring qilish 10. “Turizm toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish. 2021-yil dekabr 11. “Lizing toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish. 2021-yil dekabr IV. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish 12. “Turizm sohasidagi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashning dolzarb masalalari: milliy amaliyot va xorijiy tajriba” mavzusida davra suhbati oʻtkazish. 2021-yil noyabr 13. “Yil diplomati” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish. 2021-yil dekabr 14. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi Qoʻmita faoliyatiga doir tegishli doimiy komissiyalar bilan hududdagi aholini qiynab kelayotgan sohaga oid muammolarni muhokama qilishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazish. har oyda V. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash 15. Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. doimiy 16. Fuqarolarni qabul qilish, jumladan, hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek, hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrish. doimiy 17. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirish, zarur hollarda Qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimi�a bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik hamda idora rahbarlarining axborotini eshitish. har chorakda 18. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. har chorakda VI. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik 19. Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirib borish. doimiy 20. Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. har hafta
* Mazkur tadbirlar Senat devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
T/r Tadbir nomi Ijro muddati I. Qonunchilik faoliyati 1. Senatga kelib tushgan qonunlarni mutasaddi vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari vakillari hamda Qoʻmita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari ishtirokida ishchi guruhlar tuzgan holda dastlabki tarzda koʻrib chiqish va mazkur jarayonni OAV, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. qonun kelib tushishi bilan 2. Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokamalar tashkil etish. qonun kelib tushishi bilan 3. Senatga kelib tushgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita xulosalarini tayyorlash. qonun kelib tushishi bilan II. Nazorat-tahlil faoliyati 4. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining ijrosi doirasida Samarqand viloyatida ichimlik suvi taʼminoti obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirilishi holatlarini oʻrganish va muhokama qilish.* 2021-yil iyul 5. Boyovut, Boʻston, Olot, Toʻraqoʻrgʻon, Qarshi tumanlarida va Kattaqoʻrgʻon shahrida 2020 — 2022-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari dasturlari hamda tegishli qarorlar ijrosini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish.* 2021-yil avgust 6. Qoʻmitaning 2020-yil va 2021-yilning yetti oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini Qoʻmita majlisida dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. 2021-yil avgust 7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktorining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish. 2021-yil avgust 8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yil yarim yillik ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish.* 2021-yil sentyabr 9. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining koʻp kvartirali uy-joylarga xizmat koʻrsatilishi va boshqaruv kompaniyalarning samaradorligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitish. 2021-yil sentyabr 10. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda Namangan viloyatida raqobat muhiti holati va tadbirkorl�kni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni oʻrganish (oʻrganish natijalari qoʻmitaning xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi bilan birgalikda oʻtkaziladigan sayyor majlisida muhokama qilinadi). 2021-yil oktyabr 11. 2021-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha davlat dasturining ijrosini Jizzax viloyatida oʻrganish (xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi bilan birgalikda). 2021-yil noyabr 12. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining hisobotini dastlabki tarzda qoʻmita majlisida eshitish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish. 2021-yil noyabr 13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021-yilning toʻqqiz oydagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqish va Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritish.* 2021-yil dekabr III. Qonunlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish 14. “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish. 2021-yil dekabr 15. “Ijara toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishi hamda amalda qoʻllanilishi holatini monitoring qilish. 2021-yil dekabr IV. Konferensiyalar, forumlar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish 16. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga mintaqaviy yoʻllarni rivojlantirishga maxsus yigʻim joriy etish boʻyicha berilgan vakolat ijrosi yuzasidan seminar oʻtkazish. 2021-yil noyabr 17. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasining Nazorat-budjet komissiyasining yigʻilishida ishtirok etish. 2021-yil noyabr 18. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari uchun budjet mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi yuzasidan seminar oʻtkazish. 2021-yil dekabr 19. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari bilan hududdagi aholini qiynab kelayotgan sohaga oid muammolarni muhokama qilishga qaratilgan uchrashuv oʻtkazish. har oyda V. Xalq bilan muloqot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash 20. Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlarini bevosita hamda mutasaddi vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koʻrib chiqish va qonuniy hal etish choralarini koʻrish. doimiy 21. Fuqarolarni qabul qilish, jumladan hududlarda sayyor qabullar tashkil etish, aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni mahalliy ijro organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, shuningdek hududlardagi mahalliy Kengashlar deputatlarini jalb qilgan holda oʻrganish va joyida hal qilish choralarini koʻrib borish. doimiy 22. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilgan muammolarga munosabat bildirib borish, zarur hollarda Qoʻmita, Senat Kengashi yoki Senat yalpi majlisida muammo yechimiga bevosita masʼul boʻlgan mutasaddi vazirlik va idora rahbarlarining axborotini eshiti�. har chorakda 23. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tizimli tahlil qilish orqali tegishli sohalardagi dolzarb muammolarni bartaraf etish, jumladan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, parlament va senator soʻrovlari tayyorlash. har chorakda VI. Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik 24. Qoʻmita faoliyati yoʻnalishlariga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyatini televideniye, matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga keng tushuntirish. doimiy 25. Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari (qonunchilik, nazorat-tahlil, tadbirlar va h.k.), shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi dolzarb masalalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarni televideniye, matbuot hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish. har hafta
* Mazkur tadbirlar Senat devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
* Mazkur tadbirlar Senat devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
* Mazkur tadbirlar Senat devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
* Mazkur tadbirlar Senat devonining Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 6-iyuldagi KQ-243-IV-sonli qaroriga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining 2021-yil ikkinchi yarmiga moʻljallangan
ISh REJASI
Izoh: zaruratga koʻra, ushbu ish rejaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
