Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (505-son)
09.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qaroriga muvofiq Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tegishlicha Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etilsin.
2. Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan shartlarga asosan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklariga yer maydonlari ajratishga doir hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi hamda yer-kadastr hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N.J. Bakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-avgust,
505-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 505-son qaroriga ILOVA
Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tegishlicha Gʻallaorol, Kogon va Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining yer maydonlari
gektarda T/r Ixtiso�lashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari nomi Umumiy yer maydoni shundan Ekin yerlar shundan Koʻp yillik dov-daraxtlar Yaylovlar Meliorativ holati yomonlashgan yerlar Oʻrmonzorlar Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlar sugʻoriladigan lalmikor 1. Gʻallaorol 37870 99 35 64 3 36193 11 1174 390 2. Urgut 10577 18 4227 2093 4239 3. Kogon 1000 970 30
