8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy statistika sohasidagi vakolatlari
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
rasmiy statistika sohasidagi davlat dasturlarining (bundan buyon matnda statistika dasturlari deb yuritiladi) ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
rasmiy statistika sohasining maqsadli davlat dasturlari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
