41-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi 441-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 219-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 442-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 220-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlariga soliq solish va ularning hisobot berish tizimi tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-16-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 415-modda) 3-moddasi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-253-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 333-modda);
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-315-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 1, 1-modda);
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-396-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) 26-moddasi;
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 145-moddasi.
