28-modda. Maxfiy statistika maʼlumotlari
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Rasmiy statistikani tayyorlash uchun yigʻiladigan, ishlov beriladigan va saqlanadigan statistika maʼlumotlari, agar ular jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalash imkonini bersa hamda ularga taalluqli individual maʼlumotlarni oshkor qilsa, maxfiy hisoblanadi.
Quyidagilar maxfiy statistika maʼlumotlari jumlasiga kiradi:
statistik birlik toʻgʻrisidagi individual maʼlumotlar oshkor etilgan taqdirda, uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar;
statistika maʼlumotlarining maxfiyligi taʼminlanishini talab etadigan umumlashtirilgan koʻrsatkichlar;
qonunga muvofiq davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir jumlasiga kiritilgan axborot.
