21-modda. Bir yillik statistika dasturi
Rasmiy statistika toʻgʻrisida (O‘RQ-707-son) · Sana: 11.08.2021 · Amalda
Bir yillik statistika dasturi koʻp yillik statistika dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqiladi.
Bir yillik statistika dasturida quyidagi vazifalar nazarda tutiladi:
rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
rasmiy statistikani tayyorlovchilar tomonidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
maʼmuriy maʼlumotlarni tayyorlash va rasmiy statistikani tayyorlovchilarga taqdim etish;
statistika registrlarini ishlab chiqish va yuritish;
rasmiy statistikani tarqatish.
Bir yillik statistika dasturi har bir rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va tarqatiladigan statistika maʼlumotlarining ularni bajarish davriyligi hamda muddatlari koʻrsatilgan holdagi roʻyxatini oʻz ichiga oladi.
