2-modda. Ushbu Qonunning qoʻllanilish sohasi
Transport toʻgʻrisida (O‘RQ-706-son) · Sana: 09.08.2021 · Amalda
Ushbu Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Ushbu Qonunning amal qilishi:
quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib oʻtilishi;
transportga oid boʻlmagan ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari faoliyati;
idoraviy yoʻlovchi tashish transportining, shuningdek begʻaraz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati;
harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qoʻriqlaydigan kemalarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati;
eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati;
xususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga koʻra, tashishlarni oʻzlariga tegishli boʻlgan transport vositalaridan foydalangan holda begʻaraz asosda va shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaxslarning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
