63-modda. Kema hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari boʻlmogʻi lozim; bu hujjatlarning roʻyxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasi uchun esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar:
a) havo kemasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;
v) kema daftarlari;
g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma;
d) Aviatsiya maʼmuriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar boʻlishi lozim.
