Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Tijorat, jamoat va davlat tasarrufida boʻlmagan boshqa tashkilotlar hamda fuqarolar samoviy hududdan va aviatsiya faoliyatidan oqilona, samarali hamda xavfsiz foydalanish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Davlat organlari yuqorida zikr etilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish chogʻida tijorat, jamoat va davlat tasarrufida boʻlmagan boshqa tashkilotlarning hamda fuqarolarning takliflarini hisobga oladilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-55594
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 5-modda. Davlat tasarrufida boʻlmagan tashkilotlar va fuqarolarning samoviy hududdan foydalanish hamda aviatsiya faoliyatini tartibga solish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-55599/5 (lex.uz/docs/-55594)