3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining amal qilish doirasi
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi davlat manfaatlarini himoya qilish, havo kemalari parvozi xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi va fuqarolari ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida aviatsiya faoliyatini hamda samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi; faqat fuqaro aviatsiyasigagina taalluqli 24, 25, 33, 38, 43-46, 50, 53, 54, 56, 94-135-moddalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining barcha aviatsiyasi uchun taalluqlidir.
