“Chuqurquduq koni zaxiralarini qazib olish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida (481-son)
02.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda, maʼdan qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobidan qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmlarini barqaror saqlab qolishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Chuqurquduq koni zaxiralarini qazib olish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) doirasida:
a) umumiy qiymati 188 638,7 ming AQSh dollariga teng investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganligi;
b) yiliga 5,5 mln tonna hajmdagi oltin maʼdanlarini qazib olish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etilishi;
v) investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining ishlab chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2 950,2 ming AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
xorijiy banklarning 185 688,5 ming AQSh dollariga teng miqdoridagi kreditlariga boʻlgan ehtiyoj aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Chuqurquduq koni zaxiralarini qazib olish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Chuqurquduq koni zaxiralarini qazib olish” investitsiya loyihasi doirasida xorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati qarz oluvchi va investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, xorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
jalb etiladigan kreditni qoplash va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi ushbu qarorga muvofiq yer qaʼri uchastkasidan foydalanish shartlariga rioya etilishini tizimli asosda nazorat qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-avgust,
481-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 481-son qaroriga 1-ILOVA
“Chuqurquduq koni zaxiralarini qazib olish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKIChLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: NKMK mablagʻlari xorijiy banklar kreditlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari (ekv) 188 638,7 2 950,2 185 688,5 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati ming AQSh dollari (ekv) 188 638,7 2 950,2 185 688,5 shu jumladan: 2.1 mashina va uskunalar ming AQSh dollari (ekv) 181 204,6 - 181 204,6 EKVda ming AQSh dollari (ekv) 176 202,6 - 176 202,6 milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 5 002,0 - 5 002,0 2.2 qurilish-montaj ishlari ming AQSh dollari (ekv) 4 248,4 - 4 248,4 milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 4 248,4 - 4 248,4 2.3 investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming AQSh dollari (ekv) 1 485,5 1 485,5 - EKVda ming AQSh dollari (ekv) 1 485,5 1 485,5 - 2.4 boshqa xarajatlar ming AQSh dollari (ekv) 235,5 - 235,5 milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 235,5 - 235,5 2.5 dastlabki aylanma mablagʻlar ming AQSh dollari (ekv) 1 464,7 1 464,7 - milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 1 464,7 1 464,7 - 3. Korxonaning quvvati 5,5 mln. tonna maʼdan 4. Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni 1 179 nafar 5. Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati 8,7 yil 6. Investitsiya davrining davomiyligi 30 oy 7. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 185 688,5 ming AQSh dollari (ekv.) 8. Xorijiy kreditni soʻndirish muddati 5 yil, shundan 3 yil — imtiyozli davr
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 481-son qaroriga 2-ILOVA
“Chuqurquduq koni zaxiralarini qazib olish” investitsiya loyihasi doirasida xorijiy banklar kreditlarini qaytarish
REJA-JADVALI
Kredit miqdori — 185 688,5 ming AQSh dollar Kredit muddati — 5 yil Jumladan, imtiyozli davr — 3,0 yil Yillik foiz stavkasi — 4,55 % Zaxiraga olish uchun toʻlov — 0,8 % ming AQSh dollari Toʻlov davri Tanlov summasi Toʻlovlar summasi Jami toʻlanadigan summa asosiy qarz boʻyicha kredit boʻyicha foiz zaxiraga olish uchun toʻlov 2021-y. I-chorak 12 824,95 - - 1 485,5 1 485,51 II-chorak 17 099,94 - 145,88 - 145,88 III-chorak 25 649,91 - 340,40 - 340,40 IV-chorak 29 924,89 - 632,16 - 632,16 2022-y. I-chorak 11 115,28 - 972,56 - 972,56 II-chorak 14 820,37 - 1 099,00 - 1 099,00 III-chorak 22 230,56 - 1 267,58 - 1 267,58 IV-chorak 25 935,66 - 1 520,45 - 1 520,45 2023-y. I-chorak 15 652,14 - 1 815,47 - 1 815,47 II-chorak 10 434,76 - 1 993,51 - 1 993,51 III-chorak - - 2 112,21 - 2 112,21 IV-chorak - - 2 112,21 - 2 112,21 2024-y. I-chorak - 23 211,06 2 112,21 - 25 323,26 II-chorak - 23 211,06 1 848,18 - 25 059,24 III-chorak - 23 211,06 1 584,15 - 24 795,21 IV-chorak - 23 211,06 1 320,13 - 24 531,19 2025-y. I-chorak - 23 211,06 1 056,10 - 24 267,16 II-chorak - 23 211,06 792,08 - 24 003,13 III-chorak - 23 211,06 528,05 - 23 739,11 IV-chorak - 23 211,06 264,03 - 23 475,08 Jami 185 688,5 185 688,5 23 516,3 1 485,5 210 690,3
