“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (478-son)
02.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-apreldagi PQ-4691-son qaroriga muvofiq hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida issiqlik elektr stansiyalari aylanma mablagʻlari va operatsion likvidlik ehtiyojlarini moliyalashtirish orqali elektr energetika sohasi salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-yil 9-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qarz kelishuvi imzolanganligi;
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) tomonidan 81,6 mln yevro miqdorida 7 yil muddatga, shu jumladan 30 oylik imtiyozli davr bilan, yillik 1 foiz plyus 6 oylik Euribor stavkasida va majburiyat uchun komissiya 0,5 foiz stavkasida qarz ajratilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qaroriga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinishi va institutsional rivojlanish loyihalari uchun loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarining ishlab chiqilishi talab etilmasligi;
loyihani amalga oshirish muddati 2 yil (2021-2022-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boʻyicha masʼul;
“Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — issiqlik elektr stansiyalari) aylanma mablagʻlari va operatsion likvidlik ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun YETTB tomonidan ajratilgan qarzdan maqsadli hamda samarali foydalanish boʻyicha tashabbuskor masʼul ijrochilar — qarz oluvchilar hisoblanadi;
ETTB tomonidan ajratilgan qarzni qaytarish, shu jumladan foizlar, bir martalik komissiya va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar tegishliligi boʻyicha issiqlik elektr stansiyalarining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
issiqlik elektr stansiyalari tomonidan YETTB qarzidan foydalanish uchun “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va uning filiallarida majburiy undiruvga (taqiqqa) tegishli boʻlmagan va boʻlinmaydigan maxsus valyuta hisobvaragʻi ochiladi va yuritiladi.
3. “Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining qarzidan foydalanish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan qaytarishning prognoz jadvallari 2 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyiha doirasida YETTB qarzlarini Oʻzbekiston Respublikasi va issiqlik elektr stansiyalari oʻrtasida tuziladigan qayta kreditlash toʻgʻrisida bitimlarni imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasida imzolangan qarz kelishuvi, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalari oʻrtasida imzolangan qayta kreditlash toʻgʻrisida bitimlarga belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning belgilangan shtatlar soniga qoʻshimcha ravishda 4 ta shtat birligidan iborat loyihani oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishni taʼminlash hamda monitoring yuritish boʻyicha guruh tashkil etishni inobatga olib “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlasin.
7. Issiqlik elektr stansiyalariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatish sertifikatiga ega boʻlgan va YETTBning talablariga javob beradigan auditorlik kompaniyasi bilan oʻrnatilgan tartibda maxsus valyuta hisobvaraqlarni auditdan oʻtkazish uchun shartnomalarni imzolash tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning talabnoma (buyurtma)lariga muvofiq:
Tashqi ishlar vazirligi — loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar uchun belgilangan tartibda kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida rasmiylashtirilishini;
Ichki ishlar vazirligi — loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga oʻrnatilgan tartibda koʻp martalik vizalarning muddatini uzaytirishni, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish, yashash joyidan roʻyxatdan oʻtkazish va ularning muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
9. “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ tomonidan loyiha doirasida import tartibida olib kiriladigan ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashdan ozod etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-avgust,
478-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 478-son qaroriga 1-ILOVA
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida YETTBning qarzidan foydalanish
SXEMASI
ming yevro T/r Koʻrsatkichlar nomi Umumiy qarz Qarzning qaytarilishi “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” AJ “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ 1. Xodimlar ish haqi uchun 44 867,00 8 229,00 10 246,50 5 203,00 12 613,00 8 575,50 2. Ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar uchun 31 146,00 - 5 148,40 2 790,10 23 207,50 - 3. Konsalting xizmatlari uchun 75,00 - 25,00 25,00 25,00 - 4. Maxsus hisobvaraqlar auditori uchun 50,00 9,20 11,40 5,80 14,00 9,60 5. Taqsimlanmagan mablagʻ 4 646,00 - 1 548,70 1 548,70 1 548,60 - 6. Bir martalik komissiya 816,00 83,37 171,41 96,59 377,76 86,87 Jami: 81 600,00 8 321,57 17 151,41 9 669,19 37 785,86 8 671,97
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 478-son qaroriga 2-ILOVA
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida xodimlarga ish haqi va maxsus hisobvaraq auditori uchun ajratilgan YETTB qarzini “Toshkent IES” AJ tomonidan qaytarishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 8 321,57 ming yevro Qaytarish muddati — 7 yil Imtiyozli davr — 30 oy Foiz stavkasi — 1% + 6 oylik euribor Majburiyat komissiyasi — oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan yillik 0,5 % Bir martalik komissiya toʻlovi — 1% ming yevro Toʻlov sanasi Asosiy qarz toʻlov miqdori Majburiyat komissiyasi toʻlovi miqdori Foizlar va marja toʻlovi miqdori* Jami toʻlanadigan toʻlov miqdori** 2021-yil 5-oktabr 20,86 0,00 20,86 2022-yil 5-aprel 13,83 13,83 27,66 2022-yil 5-oktabr 6,95 27,81 34,76 2023-yil 5-aprel 832,16 0,00 41,49 873,65 2023-yil 5-oktabr 832,16 37,55 869,71 2024-yil 5-aprel 832,16 33,38 865,54 2024-yil 5-oktabr 832,16 29,21 861,37 2025-yil 5-aprel 832,16 24,90 857,06 2025-yil 5-oktabr 832,16 20,86 853,02 2026-yil 5-aprel 832,16 16,60 848,76 2026-yil 5 oktyabr 832,16 12,52 844,68 2027-yil 5-aprel 832,16 8,30 840,46 2027-yil 5-oktabr 832,13 4,17 836,30 Jami: 8 321,57 41,64 270,62 8 633,83
Izoh.
* Foizlarni hisoblashda toʻlanadigan haq stavkasi yillik 1 % miqdorida qabul qilindi.
** Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va sanasidan hamda Euribor foizidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 478-son qaroriga 3-ILOVA
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida xodimlarga ish haqi, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar, maxsus hisobvaraq auditori va konsalting xizmatlari uchun ajratilgan YETTB qarzini “Navoiy IES” AJ tomonidan qaytarishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 17 151,41 ming yevro Qaytarish muddati — 7 yil Imtiyozli davr — 30 oy Foiz stavkasi — 1% + 6 oylik euribor Majburiyat komissiyasi — oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan yillik 0,5 % Bir martalik komissiya toʻlovi — 1% ming yevro Toʻlov sanasi Asosiy qarz toʻlov miqdori Majburiyat komissiyasi toʻlovi miqdori Foizlar va marja toʻlovi miqdori* Jami toʻlanadigan toʻlov miqdori** 2021-yil 5-oktabr 43,00 0,00 43,00 2022-yil 5-aprel 28,51 28,51 57,02 2022-yil 5-oktabr 14,33 57,33 71,66 2023-yil 5-aprel 1 715,14 0,00 85,52 1 800,66 2023-yil 5-oktabr 1 715,14 77,39 1 792,53 2024-yil 5-aprel 1 715,14 68,79 1 783,93 2024-yil 5-oktabr 1 715,14 60,19 1 775,33 2025-yil 5-aprel 1 715,14 51,31 1 766,45 2025-yil 5-oktabr 1 715,14 43,00 1 758,14 2026-yil 5-aprel 1 715,14 34,21 1 749,35 2026-yil 5-oktabr 1 715,14 25,80 1 740,94 2027-yil 5-aprel 1 715,14 17,10 1 732,24 2027-yil 5-oktabr 1 715,15 8,60 1 723,75 Jami: 17 151,41 85,84 557,75 17 795,00
Izoh.
* Foizlarni hisoblashda toʻlanadigan haq stavkasi yillik 1 % miqdorida qabul qilindi.
** Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va sanasidan hamda Euribor foizidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 478-son qaroriga 4-ILOVA
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida xodimlarga ish haqi, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar, maxsus hisobvaraq auditori va konsalting xizmatlari uchun ajratilgan YETTB qarzini “Taxiatosh IES” AJ tomonidan qaytarishning
PROGNOZ JADVALI
Izoh.
* Foizlarni hisoblashda toʻlanadigan haq stavkasi yillik 1 % miqdorida qabul qilindi.
** Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va sanasidan hamda Euribor foizidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 478-son qaroriga 5-ILOVA
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energetika sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida xodimlarga ish haqi, ehtiyot qismlar va asbob-uskunalar, maxsus hisobvaraq auditori va konsalting xizmatlari uchun ajratilgan YETTB qarzini “Sirdaryo IES” AJ tomonidan qaytarishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 37 785,86 ming yevro Qaytarish muddati — 7 yil Imtiyozli davr — 30 oy Foiz stavkasi — 1% + 6 oylik euribor Majburiyat komissiyasi — oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan yillik 0,5 % Bir martalik komissiya toʻlovi — 1% ming yevro Toʻlov sanasi Asosiy qarz toʻlov miqdori Majburiyat komissiyasi toʻlovi miqdori Foizlar va marja toʻlovi miqdori* Jami toʻlanadigan toʻlov miqdori** 2021-yil 5-oktabr 94,72 0,00 94,72 2022-yil 5-aprel 62,80 62,80 125,60 2022-yil 5-oktabr 31,57 126,30 157,87 2023-yil 5-aprel 3 778,59 0,00 188,41 3 967,00 2023-yil 5-oktabr 3 778,59 170,50 3 949,09 2024-yil 5-aprel 3 778,59 151,56 3 930,15 2024-yil 5-oktabr 3 778,59 132,61 3 911,20 2025-yil 5-aprel 3 778,59 113,05 3 891,64 2025-yil 5-oktabr 3 778,59 94,72 3 873,31 2026-yil 5-aprel 3 778,59 75,36 3 853,95 2026-yil 5-oktabr 3 778,59 56,83 3 835,42 2027-yil 5-aprel 3 778,59 37,68 3 816,27 2027-yil 5-oktabr 3 778,55 18,94 3 797,49 Jami: 37 785,86 189,09 1 228,76 39 203,71
Izoh.
* Foizlarni hisoblashda toʻlanadigan haq stavkasi yillik 1 % miqdorida qabul qilindi.
** Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va sanasidan hamda Euribor foizidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 478-son qaroriga 6-ILOVA
“Hayotiy muhim infratuzilmani qoʻllab-quvvatlash dasturi: elektr energiyasi sohasini qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida xodimlarga ish haqi va maxsus hisobvaraq auditori uchun ajratilgan YETTB qarzini “Talimarjon IES” AJ tomonidan qaytarishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 8 671,97 ming yevro Qaytarish muddati — 7 yil Imtiyozli davr — 30 oy Foiz stavkasi — 1% + 6 oylik euribor Majburiyat komissiyasi — oʻzlashtirilmagan qarz miqdoridan yillik 0,5 % Bir martalik komissiya toʻlovi — 1% ming yevro Toʻlov sanasi Asosiy qarz toʻlov miqdori Majburiyat komissiyasi toʻlovi miqdori Foizlar va marja toʻlovi miqdori* Jami toʻlanadigan toʻlov miqdori** 2021-yil 5-oktabr 21,74 0,00 21,74 2022-yil 5-aprel 14,41 14,41 28,82 2022-yil 5-oktabr 7,25 28,99 36,24 2023-yil 5-aprel 867,20 0,00 43,24 910,44 2023-yil 5-oktabr 867,20 39,13 906,33 2024-yil 5-aprel 867,20 34,78 901,98 2024-yil 5-oktabr 867,20 30,44 897,64 2025-yil 5-aprel 867,20 25,94 893,14 2025-yil 5-oktabr 867,20 21,74 888,94 2026-yil 5-aprel 867,20 17,30 884,50 2026-yil 5-oktabr 867,20 13,04 880,24 2027-yil 5-aprel 867,20 8,65 875,85 2027-yil 5-oktabr 867,17 4,35 871,52 Jami: 8 671,97 43,40 282,01 8 997,38
Izoh.
* Foizlarni hisoblashda toʻlanadigan haq stavkasi yillik 1 % miqdorida qabul qilindi.
** Toʻlovlarning summasi qarzning haqiqatda ishlatilish summasi va sanasidan hamda Euribor foizidan kelib chiqib aniqlashtiriladi.
