2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilashga doir tezkor chora-tadbirlar toʻgʻrisida (479-son)
02.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar 2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
a) ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va doimiy ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha:
hududiy investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 11,3 trillion soʻmlik 1,1 mingta loyihani ishga tushirish, 418,3 mln dollar miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish va 19 mingta yangi ish oʻrnini yaratish;
umumiy qiymati 1,2 trillion soʻmlik 26 ta loyihani amalga oshirib, 10 ta paxta-toʻqimachilik klasterida tolani qayta ishlash darajasini 45,8 foizdan 77 foizga yetkazish va 7,7 mingta yangi ish oʻrnini yaratish;
Kitob, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlaridagi meva-sabzavotchilik klastyerlarida yiliga 12,5 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish va viloyatda mahsulotni qayta ishlash darajasini 5,7 foizdan 12,5 foizga yetkazish;
hududdagi mavjud 261,3 mln tonna sement xomashyosi, 18,7 mln tonna gips, 33,3 mln tonna oyna xomashyosi, 15,6 mln metr kub tabiiy qoplamabop toshlar, 12 mln metr kub qum-shagʻal, 19,8 mln metr kub qurilish toshlari, 18,7 mln metr kub keramzit xomashyosi zaxiralaridan foydalangan holda, Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Chiroqchi, Yakkabogʻ va boshqa tumanlarda qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish;
hududdagi 18 ta kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish va 11 ta yangi kichik sanoat zonasini tashkil etish;
hududda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash orqali 2021-yilda 10 mingta yangi tadbirkorlik subyektini tashkil etish;
b) qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha:
foydalanishdan chiqqan 81 ming gektar yer maydonini oʻzlashtirish;
Kitob, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlarini meva, uzum, sabzavot mahsulotlari va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish, shuningdek, ushbu tumanlarda jami 20 ming gektar yer maydonida intensiv bogʻlar va uzumzorlar barpo etish;
Dehqonobod tumanining “Oqtosh-Beliboyli”, Shahrisabz tumanining “Toʻdamaydon” va “Uloch” mahallalari hududida jami 2 ming gektar lalmi yer maydonida zamonaviy tokzorlar yaratish;
hudud boʻyicha jami 41,7 ming gektar yer maydonida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish;
hududni 125 donadan yuqori unumli haydov traktori va zamonaviy aylanma plug, 200 dona lazerli yer tekislagich, 500 donadan chopiq traktori va kultivator, 100 dona yuqori unumli pnevmatik chigit ekish va 50 dona gʻalla ekish seyalkalari bilan taʼminlash;
hududga xorijdan qoʻshimcha 21,7 ming bosh naslli qoramol va 18 ming bosh mayda shoxli qoramol olib kelinishini taʼminlash;
baliq yetishtirish yillik hajmini 30,4 ming tonnaga yetkazish;
v) 2021-yilda kamida 90 ming nafar aholi bandligini taʼminlash va ishsiz fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, jumladan:
25 ming nafar aholini jamoat ishlariga jalb qilish va bunga Jamoat ishlari jamgʻarmasidan 20 mlrd soʻm ajratish;
25 ta qishloq xoʻjaligi kooperativida kam taʼminlangan va kambagʻal oilalarning 1,8 ming nafar ishsiz aʼzosi bandligini taʼminlash, shuningdek, ushbu fuqarolarga kooperativlar ustav fondiga aʼzolik ulushi sifatida jami 4 mlrd soʻm miqdorida subsidiyalar ajratish;
6,2 mingta kam taʼminlangan, shu jumladan “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarni yengil konstruksiyali issiqxonalar, sugʻorish vositalari, tomorqalarda ekish uchun urugʻlar va koʻchatlar bilan taʼminlash, ushbu maqsadlarga 27,4 mlrd soʻm miqdorida subsidiyalar ajratish;
6 ming nafar ishsiz fuqaroning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan 17,4 mlrd soʻm miqdorida subsidiyalar ajratish;
mehnat organlarining yoʻllanmalariga asosan 12 mingdan ziyod ishsiz fuqaroni kasb-hunarga oʻqitish, ularning stipendiya va oʻquv xarajatlarini moliyalashtirish uchun Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan 10 mlrd soʻm ajratish;
ishsiz fuqarolarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash doirasida 7 ming nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasini tayinlash va 6 mlrd soʻm miqdorida ishsizlik nafaqasi toʻlanishini taʼminlash;
g) 2021-yilda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha:
respublika budjetidan ajratiladigan 250 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar hisobiga 410 mingdan ziyod aholini markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻiga ulash;
Qarshi shahar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish doirasida xorijiy kreditlar hisobidan umumiy qiymati 53 mln dollarlik qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
1,5 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va 400 ta transformator kichik stansiyasini qurish hamda rekonstruksiya qilish;
umumiy foydalanishdagi 58 km avtomobil yoʻllari, 39 ta taʼmirtalab koʻprik va yoʻl oʻtkazgichni yangidan qurish va rekonstruksiya qilish;
d) 2021-yilda ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish va yangi uy-joylar barpo etish boʻyicha:
2 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish, 14 tasini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek, 10 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini davlat-xususiy sheriklik asosida hamda 40 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish, shu asosda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini 41,2 foizdan 58 foizgacha oshirish;
2 ta umumtaʼlim maktabi qurish, 91 tasini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash;
11 ta tibbiyot muassasasini qurish va rekonstruksiya qilish doirasida umumiy qiymati 71,2 mlrd soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
15 ta massivda jami 3,7 mingta xonadonga moʻljallangan zamonaviy turar joy majmualarini barpo etish.
Belgilansinki, ushbu banddan kelib chiqadigan chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida, Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov (“g” va “d” kichik bandlar), J.A. Qoʻchqorov (“a” kichik bandning beshinchi — yettinchi xatboshilari va “v” kichik band), S.U. Umurzakov (“a” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari), Sh.M. Gʻaniyev (“a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshi va “b” kichik band) Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
belgilangan koʻrsatkichlarga oʻz vaqtida va toʻliq erishilishini taʼminlash yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlarining birinchi navbatdagi vazifalarini bir hafta muddatda belgilab, ularning bajarilishini nazorat qilib borsin;
har oyda masʼul rahbarlarning hisobotlarini eshitib, oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan, zarur hollarda, intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritib borsin;
zarur mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishi, maqsadli sarflanishi va toʻliq oʻzlashtirilishini, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini taʼminlasin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) maʼqullansin:
1-ilovaga muvofiq Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining oʻsish nuqtalari (“drayver” sohalari);
2-ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilash dasturini moliyalashtirish manbalari;
3-ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining yigʻma koʻrsatkichlari;
4-ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
5-ilovaga muvofiq 2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
6-ilovaga muvofiq 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, shuningdek, koʻp kvartirali turar joy fondini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
7-ilovaga muvofiq 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.
Masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga Dastur doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
a) quyidagilar:
respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Shahrisabz tumani togʻ oldi hududlariga “Tamshush” daryosidan suv quvurlarini tortish va boshqa irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish orqali ushbu hududlarda jami 3,2 ming gektar lalmi yerlar hamda yaylovlarni oʻzlashtirish;
yangi oʻzlashtiriladigan yer maydonlari hisobidan Shahrisabz tumanining “Gʻelon”, “Koʻl”, “Hisorak”, “Sayyod”, “Suvtushar”, “Boshqop”, “Sarchashma”, “Beshbek” va “Ammogʻon” qishloqlarida kooperatsiya asosida kartoshka va sabzavot ekinlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish;
“Tamshush” daryosidan suv quvurlarini tortish va boshqa irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirishda Qashqadaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini buyurtmachi etib, “Oʻzsuvqurilish” aksiyadorlik jamiyatining “UZGIDROTEXNIK” masʼuliyati cheklangan jamiyatini bosh pudratchi etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
b) belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan yerlar tegishli hududda oilaviy korxona tashkil etgan fuqarolarga, ayniqsa, “temir daftar”ga kiritilgan kambagʻal oilalarga 2 gektargacha maydondan ajratiladi.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2021-2022-yillarda:
Kitob, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Yakkabogʻ tumanlarini bogʻdorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikka ixtisoslashtirish, shu asosda viloyatda kamida 20 ming gektar maydonda intensiv bogʻ va uzumzorlar barpo etish;
Koson, Qamashi va Qarshi tumanlarida kooperatsiya mexanizmlari asosida 1,2 ming gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Bosh vazir oʻrinbosarlari (S.U. Umurzakov, J.A. Qoʻchqorov) bir oy muddatda intensiv bogʻ va uzumzorlar barpo etish loyihalarini hamda zamonaviy issiqxonalar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun xorijiy kreditlar va boshqa mablagʻlar jalb qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
5. Qashqadaryo viloyatidagi 39 ta taʼmirtalab koʻprik va yoʻl oʻtkazgichni yangidan qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida ushbu soha uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtirilsin.
Bosh vazir oʻrinbosarlari (A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov) uch kun muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning manzilli roʻyxatini shakllantirsin va ular boʻyicha taʼmirlash-tiklash ishlarini 2021 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi parametrlari doirasida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda oʻn kun muddatda koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini tashkil etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bir oy muddatda xalqaro ahamiyatdagi M-39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining Qashqadaryo viloyati hududidan oʻtuvchi 1 255 — 315 km (60 km) qismini qayta qurish ishlarini 2022 — 2025-yillarda xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
7. Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi:
a) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Qashqadaryo viloyatida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha mavjud zaxira va imkoniyatlarni har tomonlama oʻrganib, hududda farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zona tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
b) Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan birgalikda:
ikki oy muddatda Qashqadaryo viloyatida farmatsevtika, toʻqimachilik, charm-poyabzal va qurilish materiallari sanoatini kengaytirish boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini shakllantirsin, jumladan, ularni amalga oshirish uchun salohiyatli tadbirkorlarni va moliyalashtirish manbalarini aniqlasin;
istiqbolli investitsiya loyihalarini Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasida koʻrib chiqib, ularni 2021-yildan amalga oshirish choralarini koʻrsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-avgust,
479-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyati tuman va shaharlarining oʻsish nuqtalari (“drayver” sohalari)
T/r Tuman va shahar nomi Oʻsish nuqtalari 1. Gʻuzor tumani Neft-gaz va kimyo sanoati, soya yetishtirish, oziq-ovqat sanoati 2. Dehqonobod tumani Qurilish materiallari sanoati, chorvachilik, bogʻdorchilik (togʻ oldi hududlarda) 3. Kasbi tumani Chorvachilik, toʻqimachilik 4. Kitob tumani Baliqchilik (forel), bogʻdorchilik, uzumchilik, turizm, qurilish materiallari sanoati 5. Koson tumani Chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, tibbiy-sogʻlomlashtirish xizmatlari 6. Qamashi tumani Bogʻdorchilik, uzumchilik, qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat sanoati, issiqxona xoʻjaligi 7. Qarshi tumani Issiqxona xoʻjaligi, sabzavotchilik, toʻqimachilik 8. Mirishkor tumani Chorvachilik, paxta-gʻallachilik, baliqchilik, toʻqimachilik 9. Muborak tumani Kimyo sanoati, issiqxona xoʻjaligi, tibbiy turizm, chorvachilik 10. Nishon tumani Chorvachilik, toʻqimachilik, baliqchilik 11. Chiroqchi tumani Bogʻdorchilik, uzumchilik, qurilish materiallari sanoati 12. Shahrisabz tumani Bogʻdorchilik, uzumchilik, turizm, toʻqimachilik, asalarichilik, baliqchilik (forel) 13. Yakkabogʻ tumani Bogʻdorchilik, uzumchilik, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati 14. Shahrisabz shahri Turizm, hunarmandchilik, toʻqimachilik 15. Qarshi shahri Charm-poyabzal, xizmat koʻrsatish, turizm
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 2-ILOVA
2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va infratuzilmani yanada yaxshilash dasturini
MOLIYALAShTIRISh MANBALARI
T/r Tadbirlar nomi Loyiha soni (birlik) Oʻzlashtiriladigan mablagʻlar Moliyalashtirish manbalari Ish oʻrni (birlik) jami (mln soʻm) shundan: respublika budjeti (mln soʻm) mahalliy budjet (mln soʻm) maqsadli jamgʻarmalar (mln soʻm) tarmoq tashkilotlari mablagʻlari (mln soʻm) tashabbuskor mablagʻlari (mln soʻm) tijorat banklari kreditlari (mln soʻm) xorijiy kreditlar (ming doll.) xorijiy investitsiyalar (ming doll.) mln soʻm ming doll. Jami 2 327 16 936 440 7 319 980 882 244 729 807 19 160 84 800 136 262 4 838 118 1 511 833 210 414 671 830 19 015 I. Investitsiya loyihalari 1 125 11 346 282 5 212 176 562 762 3 753 607 1 458 569 144 462 418 300 19 015 1. sanoat tarmoqlarida 296 7 722 161 2 319 140 495 690 1 900 500 418 640 109 151 386 539 10 137 2. xizmat koʻrsatish sohasida 449 2 209 037 2 076 820 12 130 1 382 904 693 916 9 369 2 761 5 531 3. qishloq xoʻjaligi sohasida 380 1 415 084 816 216 54 942 470 203 346 013 25 942 29 000 3 347 II. Tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish 52 4 096 648 1 191 994 266 482 84 800 1 076 711 30 483 12 952 253 530 1. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash 46 1 337 648 1 027 194 28 482 996 711 30 483 952 27 530 2. qurilish materiallari xomashyolarini oʻzlashtirish va qayta ishlash 6 2 674 200 80 000 238 000 80 000 12 000 226 000 3. tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va ishsiz fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash - 84 800 84 800 84 800 III. Muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini hamda koʻp kvartirali turar joy fondini yaxshilash 957 1 071 622 493 922 53 000 338 500 19 160 136 262 53 000 1. yoʻl-transport infratuzilmasi 43 87 400 87 400 84 400 3 000 2. elektr energiyasi taʼminoti 395 135 502 135 502 135 502 3. gaz taʼminoti 9 760 760 760 4. ichimlik suvi taʼminoti 11 250 000 250 000 250 000 5. oqova suv tizimi (Qarshi shahrida) 1 577 700 53 000 53 000 6. koʻp kvartirali uy-joylar qurish, ularni taʼmirlash va tutash hududlarini obodonlashtirish 498 20 260 20 260 4 100 16 160 IV. Ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish 193 421 888 421 888 391 307 7 800 22 781 1. maktabgacha taʼlim tashkilotlari 66 78 261 78 261 57 780 4 100 16 381 2. umumtaʼlim maktablari 94 247 948 247 948 244 448 1 500 2 000 3. sogʻliqni saqlash obyektlari 13 77 200 77 200 71 200 2 000 4 000 4. madaniyat obyektlari 1 8 000 8 000 8 000 5. jismoniy tarbiya va sport obyektlari 19 10 479 10 479 9 879 200 400
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 3-ILOVA
2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining
YIGʻMA KOʻRSATKIChLARI
T/r Hududlar nomi Yoʻnalishlar nomi Loyiha soni (birlik) Loyiha qiymati (mln soʻm) shundan: Ish oʻrni (birlik) tashabbuskor mablagʻlari (mln soʻm) tijorat banklari kreditlari (mln soʻm) xorijiy kreditlar (ming doll.) xorijiy investitsiyalar (ming doll.) Viloyat boʻyicha jami Sanoat 296 7 722 161 1 900 500 418 640 109 151 386 539 10 137 Qishloq xoʻjaligi 380 1 415 084 470 203 346 013 25 942 29 000 3 347 Xizmat koʻrsatish 449 2 209 037 1 382 904 693 916 9 369 2 761 5 531 Jami 1 125 11 346 282 3 753 607 1 458 569 144 462 418 300 19 015 1. Gʻuzor tumani Sanoat 33 163 868 46 137 18 541 3 600 5 500 736 Qishloq xoʻjaligi 43 80 689 26 950 45 564 250 500 347 Xizmat koʻrsatish 44 53 064 28 876 24 188 360 Jami 120 297 621 101 963 88 293 3 850 6 000 1 443 2. Dehqonobod tumani Sanoat 7 274 242 121 350 17 950 12 380 281 Qishloq xoʻjaligi 19 43 523 22 578 6 720 305 1 000 290 Xizmat koʻrsatish 17 55 398 33 395 16 226 530 211 Jami 43 373 163 177 323 40 896 13 215 1 000 782 3. Kasbi tumani Sanoat 9 21 851 17 964 3 887 293 Qishloq xoʻjaligi 26 70 856 8 396 4 308 335 5 000 135 Xizmat koʻrsatish 13 11 506 5 807 5 699 162 Jami 48 104 213 32 167 13 894 335 5 000 590 4. Kitob tumani Sanoat 27 1 444 149 46 912 5 972 1 700 125 939 802 Qishloq xoʻjaligi 33 55 336 30 112 23 589 150 295 Xizmat koʻrsatish 17 81 515 52 960 13 513 1 380 332 Jami 77 1 581 000 129 984 43 074 3 230 125 939 1 429 5. Koson tumani Sanoat 15 445 008 167 945 44 348 20 000 1 350 1 169 Qishloq xoʻjaligi 34 59 824 22 561 31 050 570 148 Xizmat koʻrsatish 40 71 558 40 529 31 029 396 Jami 89 576 390 231 035 106 427 20 570 1 350 1 713 6. Qamashi tumani Sanoat 13 21 421 12 329 5 822 300 101 Qishloq xoʻjaligi 22 43 760 13 452 28 782 140 530 Xizmat koʻrsatish 21 59 051 33 246 11 526 1 310 251 Jami 56 124 232 59 027 46 130 1 750 882 7. Qarshi tumani Sanoat 12 1 116 990 10 115 8 820 489 100 250 566 Qishloq xoʻjaligi 29 373 476 43 066 8 740 7 011 22 500 449 Xizmat koʻrsatish 14 70 292 41 160 16 183 1 188 217 Jami 55 1 560 758 94 341 33 743 8 688 122 750 1 232 8. Mirishkor tumani Sanoat 9 446 862 23 100 4 112 5 500 33 000 919 Qishloq xoʻjaligi 58 147 613 72 378 10 456 5 943 214 Xizmat koʻrsatish 9 8 848 3 490 4 649 65 70 Jami 76 603 322 98 968 19 217 11 508 33 000 1 203 9. Muborak tumani Sanoat 7 799 801 18 819 1 632 300 71 200 352 Qishloq xoʻjaligi 7 16 321 6 650 9 671 51 Xizmat koʻrsatish 17 107 108 99 375 6 850 81 277 Jami 31 923 230 124 844 18 153 300 71 281 680 10. Nishon tumani Sanoat 11 152 806 43 315 8 165 296 9 000 160 Qishloq xoʻjaligi 18 140 011 71 371 13 497 5 059 236 Xizmat koʻrsatish 13 40 491 26 654 13 837 75 Jami 42 333 309 141 340 35 499 5 355 9 000 471 11. Chiroqchi tumani Sanoat 21 521 668 127 301 112 362 1 872 24 000 597 Qishloq xoʻjaligi 29 151 003 62 719 56 674 2 900 325 Xizmat koʻrsatish 29 230 953 150 324 71 037 880 338 Jami 79 903 624 340 344 240 073 5 652 24 000 1 260 12. Shahrisabz tumani Sanoat 14 91 001 29 018 7 483 5 000 258 Qishloq xoʻjaligi 23 71 259 29 240 9 918 2 945 79 Xizmat koʻrsatish 5 6 064 4 244 1 820 14 Jami 42 168 324 62 502 19 221 2 945 5 000 351 13. Yakkabogʻ tumani Sanoat 21 417 635 271 928 5 108 6 899 6 000 840 Qishloq xoʻjaligi 21 45 285 20 486 23 000 165 88 Xizmat koʻrsatish 21 112 108 77 153 27 270 705 244 Jami 63 575 027 369 567 55 378 7 769 6 000 1 172 14. Shahrisabz shahri Sanoat 12 459 855 352 343 24 672 7 600 939 Qishloq xoʻjaligi 5 5 003 2 470 2 533 18 Xizmat koʻrsatish 25 92 365 50 133 20 432 2 000 499 Jami 42 557 223 404 946 47 637 7 600 2 000 1 456 15. Qarshi shahri Sanoat 85 1 345 004 611 924 149 766 48 215 5 300 2 124 Qishloq xoʻjaligi 13 111 127 37 774 71 511 169 142 Xizmat koʻrsatish 164 1 208 717 735 558 429 657 3 311 680 2 085 Jami 262 2 664 848 1 385 256 650 934 51 695 5 980 4 351
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 4-ILOVA
2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Bajarish muddati Mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash 1. Paxta yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlardagi 10 ta paxta-toʻqimachilik klasterida 26 ta loyihani amalga oshirib, yiliga 132 ming tonna tolani qayta ishlash va 30,1 mln dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish. 2021-yil 1-dekabr 1 162,5 mlrd soʻm, shundan: tashabbuskor mablagʻlari — 920,1 mlrd soʻm; bank krediti — 2,3 mlrd soʻm; xorijiy investitsiyalar — 22 mln AQSh doll. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi 2. Gʻuzor tumanida 36 ming tonna soyani qayta ishlash quvvatlarini yaratib, yiliga 12 ming tonna oʻsimlik yogʻi va 22 ming tonna kunjara mahsuloti ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish (200 ta doimiy va 850 ta mavsumiy ish oʻrni). 2021-2022-yillar shu jumladan: 1-bosqich — 2021-yil 1-dekabr; 2-bosqich — 2022 yil 1-dekabr 60,0 mlrd soʻm, xorijiy investitsiyalar (5,5 mln AQSh doll.) Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi 3. Yakkabogʻ tumanida yiliga 3 ming tonna masxar hamda 14 ming tonna chigitni qayta ishlash va isteʼmol yogʻi ishlab chiqarishni tashkil etish (100 ta yangi ish oʻrni). 2021-yil 1-dekabr 62,1 mlrd soʻm, shundan: tashabbuskor mablagʻlari — 57,2 mlrd soʻm; bank krediti — 4,9 mlrd soʻm Qashqada�yo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi 4. Qamashi, Yakkabogʻ, Chiroqchi, Kitob va Shahrisabz tumanlaridagi meva-sabzavotchilik klastyerlarida yiliga 12,5 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish. 2021-yil 1-dekabr 17,0 mlrd soʻm, shundan: tashabbuskor mablagʻlari — 4,1 mlrd soʻm; bank krediti — 12,9 mlrd soʻm Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 5. Hududda sutni qayta ishlash boʻyicha 13 ta loyihani ishga tushirish va sutni qayta ishlash darajasini 12,7 foizdan 16 foizga yetkazish. 2021-yil 1-dekabr 35,8 mlrd soʻm, shundan: tashabbuskor mablagʻlari — 15,4 mlrd soʻm; bank krediti — 10,1 mlrd soʻm; xorijiy investitsiyalar — 952 ming AQSh doll. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi II. Qurilish materiallari xomashyolarini oʻzlashtirish va qayta ishlash 6. Hududdagi 261,3 mln tonna sement xomashyosi, 18,7 mln tonna gips, 33,3 mln tonna oyna xomashyosi, 15,6 mln metr kub tabiiy qoplamabop toshlar, 12 mln metr kub qum-shagʻal, 19,8 mln metr kub qurilish toshlari va 18,7 mln metr kub keramzit xomashyosi mavjud konlarni sanoat usulida oʻzlashtirish hamda ularni qayta ishlash quvvatlarini yaratish. 2021-2022-yillar Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 7. Kitob tumanida sement (200 ta ish oʻrni) va ohak (100 ta ish oʻrni) ishlab chiqarish hama toshni qayta ishlab, mikrokalsit (100 ta ish oʻrni) ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish. 2021-2022-yillar 2 161,5 mlrd soʻm, xorijiy investitsiyalar (198,3 mln AQSh doll.) Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 8. Qamashi tumanida gips xomashyosini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish (10 ta ish oʻrni). 2021-2022-yillar 83,9 mlrd soʻm, xorijiy investitsiyalar (7,7 mln AQSh doll.) Qashqadaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqar�irish vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 9. Dehqonobod tumanida yiliga 9 mln tonna dolomit toshi, 8,5 mln metr kub gipsokarton, 150 ming tonna gips, 5,5 ming metr kub bezak toshlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish (200 ta ish oʻrni). 2021-2022-yillar 210,8 mlrd soʻm, shundan: tashabbuskor mablagʻlari — 80,0 mlrd soʻm; bank krediti — 12 mln AQSh doll. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 10. Chiroqchi tumanida bitum mahsuloti ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish (150 ta yangi ish oʻrni). 2021-yil 1-dekabr 218,0 mlrd soʻm, xorijiy investitsiyalar (20,0 mln doll.) Qashqadaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 11. 2021-yilning birinchi yarim yilligida 13 ta va yil yakuni bilan jami 50 ta faoliyat koʻrsatmayotgan sanoat korxonasining faoliyatini tiklash. 2021-yil 20-dekabr - Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi 12. Mahsulot qayta ishlovchi 57 ta sanoat korxonasini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish. 2021-yil 20-dekabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qashqadaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi III. Tuman va shaharlarning oʻsish nuqtalari (“drayver” sohalari)ni rivojlantirish hamda joylarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash 13. Har bir tuman va shahardagi mavjud imkoniyatlar, resurslar va oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olib, sanoat, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohalarida “drayver” loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni boshlash. 2021-yil 1-oktabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 14. Yakkabogʻ, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlarini bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirish, shu jumladan: foydalanishdan chiqqan 38 ming gektar yerni hamda yer osti suv zaxirasi mavjud 43 ming gektar lalmi yerlarni oʻzlashtirish; 20 ming gektar intensiv bogʻ va uzumzorlar barpo etish, shundan 2021-yilda 7,8 ming gektarni oʻzlashtirib, 3,8 ming gektariga intensiv bogʻ va 4 ming gektariga zamonaviy tokzor barpo qilish; foydalanishdan chiqqan 10 ming gektar yerlarda klaster usulida soya yetishtirish va uni qayta ishlashni tashkil qilish; Shahrisabz tumani togʻoldi hududlarida 3,2 ming gektar lalmi yerlarda kartoshka yetishtirish boʻyicha kooperatsiya tashkil etish; Dehqonobod tumanida 2,7 ming gektar maydonda pista va kavrak plantatsiyalari tashkil qilish; har bir tumanda meva-sabzavotchilik klastyerlari tashkil qilish. 2021-2022-yillar hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi 15. Xizmat koʻrsatish sohasida 449 ta yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish va ishga tushirish, shu jumladan: 2 142 oʻrinli 35 ta mehmonxona, shuningdek, 326 ta uy mehmonxonasini tashkil qilish; M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining viloyat hududidan oʻtgan qismida (49 gektar) loyiha asosida 119 ta xizmat koʻrsatish obyektini tashkil etish; Shahrisabz tumanida 2,7 ming gektar, Kitob tumanida 3,4 ming gektar yermaydonida erkin turistik zonalar, jumladan kamida 1 mingta uy mehmonxonasini tashkil qilish; Koson va Muborak tumanlaridagi maʼdanli issiq suv havzalari atrofida 700 oʻrinli zamonaviy sanatoriylar barpo etish. 2021-yil 1-dekabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qashqadaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 16. 2021-yilning birinchi yarim yilligida 5,5 mingta, yil yakuni bilan jami 10 mingta kichik biznes subyekti tashkil etilishiga koʻmaklashish. 2021-yil 20-dekabr - Qashqadaryo viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes-ombudsman 17. 2021-yilning birinchi yarim yilligida 1,2 mingta, yil yakuni bilan jami 2,2 mingta faoliyat koʻrsatmayotgan kichik biznes subyekti faoliyatini tiklashga koʻmaklashish. 2021-yil 20-dekabr - Qashqadaryo viloyati hokimligi, Savdo-�anoat palatasi, Biznes-ombudsman 18. Viloyatdagi mavjud 18 ta kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish hamda 11 ta yangi kichik sanoat zonasini tashkil etish. 2021-yil 1-oktabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, tarmoq korxonalari 19. Xatlov natijasida boʻsh turganligi aniqlangan 72 ta obyektdan samarali foydalanish choralarini koʻrish. 2021-yil 1-sentabr - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi IV. Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish 20. Barcha dasturlarni samarali amalga oshirib, ular doirasida kamida 90 mingta yangi ish oʻrnini yaratish. 2021-yil 20-dekabr - Qashqadaryo viloyati hokimligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 21. Viloyatdagi band boʻlmagan aholi bilan manzilli ishlab, ularga oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalar ajratish. 2021-yil 20-dekabr 27,4 mlrd soʻm, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 22. 2021-2022-yillarda har yili kamida 6 ming nafardan fuqaroni kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash orqali ularning bandligini taʼminlash. 2021-2022-yillar 10,0 mlrd soʻm, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 23. Band boʻlmagan 25 ming nafar ishsiz fuqaroni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish. 2021-yil 1-dekabr 20,0 mlrd soʻm, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 24. “Temir daftar”idagi oilalar, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar va “Yoshlar daftari”dagi yoshlar bilan tizimli ishlab, ularni ushbu daftarlardan chiqarish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2021-2022-yillar 27,4 mlrd soʻm, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qashqadaryo viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 5-ILOVA
2021-2022-yillarda Qashqadaryo viloyatida qishloq hoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Bajarish muddati Mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Foydalanishdan chiqqan, lalmi va boshqa yerlarni oʻzlashtirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish 1. Viloyatda foydalanishdan chiqqan 81 ming gektar yerlarni oʻzlashtirish va qayta foydalanishga kiritish. 2021-2022-yillar Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 2. Viloyatda foydalanishdan chiqqan 10 ming gektar yerlarni oʻzlashtirish hisobiga klaster usulida soya yetishtirish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish. 2021-yil 1-dekabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi 3. Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarini chorvachilikka ixtisoslashtirib, ushbu tumanlarda foydalanishdan chiqqan 10 ming gektar maydonni oʻzlashtirish hisobiga chorva ozuqa bazasini mustahkamlash. 2021-yil 1-dekabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 4. Gʻuzor tumani “Navroʻz” hududida foydalanishdan chiqqan 115 gektar yer maydonida 10 ta tik quduq qazish va intensiv bogʻ tashkil etish. 2021-yil 1-dekabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 5. Dehqonobod tumani “Oqtosh-Beliboyli” mahallasi hududida 1 ming gektar lalmi yer maydonida zamonaviy intensiv tokzor barpo etish. 2021-yil 1-dekabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 6. 41,7 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni, jumladan, 27,6 ming gektarda tomchilatib va 14,1 ming gektarda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish. 2021-yil 1-noyabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi II. Bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish 7. Yakkabogʻ, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlarini bogʻdorchilik hamda uzumchilikka ixtisoslashtirish va ushbu tumanlarda jami 20 ming gektar intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish. 2021-2022-yillar Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi 8. Shahrisabz tumanidagi “Toʻdamaydon” va “Uloch” mahallalarida 1 ming gektar lalmi yerga suv chiqarib, kooperatsiya asosida tokzorlar barpo etish. 2021-2022-yillar Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi III. Chorvachilik va pillachilikni rivojlantirish 9. 16 ta chorvachilik kompleksini tashkil etish va chetdan 21,7 mingta naslli yirik hamda 18 mingta mayda shoxli mollar keltirish. 2021-2022-yillar Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 10. Shahrisabz va Kitob tumanlarida aholining xohish-istagidan kelib chiqib, ularning xonadonlarida sunʼiy havzalarda kooperatsiya usulida forel baligʻi yetishtirishni tashkil qilish. 2021-yil 1-oktabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi 11. Kitob va Shahrisabz tumanlarida aholining koʻnikmalaridan kelib chiqib, jami 10 ming asalari oilasini (bitta xonadonda 10 tadan) klaster usulida boqishni tashkil etish. 2021-yil 1-oktabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 12. Viloyatning har bir tumanida 1 mln tupdan jami 13 mln tup tut koʻchatlari ekilishini tashkil etish. 2021-yil 20-dekabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi IV. Qishloq xoʻjaligining texnika taʼminotini yaxshilash 13. Yil yakuniga qadar 125 donadan yuqori unumli haydov traktori va zamonaviy aylanma plug, 200 dona lazerli yer tekislagich, 500 donadan chopiq traktori va kultivator, 100 dona yuqori unumli pnevmatik chigit ekish hamda 50 dona gʻalla ekish seyalkalari sotib olinishiga koʻmaklashish. 2021-yil 20-dekabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 6-ILOVA
2021-yilda Qashqadaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, shuningdek, koʻp kvartirali turar joy fondini yaxshilash boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Bajarish muddati Mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Yoʻl-transport infratuzilmasi qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash 1. 58 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish. 2021-yil 20-dekabr 30,0 mlrd soʻm, respublika budjeti Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi 2. 39 ta taʼmirtalab koʻprikni qayta qurish va rekonstruksiya qilish. 2021-yil 20-dekabr 57,4 mlrd soʻm, shundan: respublika budjeti — 54,4 mlrd soʻm; mahalliy budjet –3,0 mlrd soʻm Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi II. Elektr energiyasi va gaz taʼminotini yaxshilash 3. 1 500 km past kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda 400 ta transformator punktini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish. 2021-yil 20-dekabr 135,5 mlrd soʻm, tarmoq korxonasi mablagʻlari Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 4. 3,7 km gaz quvurini mukammal va 2,6 km gaz quvurini joriy taʼmirlash. 2021-yil 20-dekabr 0,76 mlrd soʻm, tarmoq korxonasi mablagʻlari Energetika vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ III. Ichimlik suvi taʼminotini va oqova suv tizimini yaxshilash 5. 77 km “Oqsuv-Dehqonobod” suv quvurini tortish ishlarini yakuniga yetkazish. 2021-yil 20-dekabr 49,0 mlrd soʻm, respublika budjeti Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 6. 411 km ichimlik suvi tarmogʻini rekonstruksiya qilish. 2021-yil 20-dekabr 201,0 mlrd soʻm, respublika budjeti Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ 7. Qarshi shahar oqova suv tarmogʻini rekonstruksiya qilish. 2021-2023-yillar 578,0 mlrd soʻm, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablagʻlari (53,0 mln AQSh doll.) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ VI. Koʻp kvartirali uylar qurish, ularni taʼmirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish 8. Viloyatda jami 3 710 ta uy-joy, shu jumladan ogʻir turmush sharoitidagi xotin-qizlar uchun 90 ta ijara uyini qurish. 2021-yil 20-dekabr Hisob-kitob asosida, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 9. Koʻp qavatli uylarni taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, shu jumladan: 2021-yil 1-dekabr 13,1 mlrd soʻm, mahalliy budjet, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi shundan: 65 ta koʻp qavatli uylarning jami 52 695 metr kv. tom qismini mukammal taʼmirlash; 9,8 mlrd soʻm 80 ta koʻp qavatli uyning 23 348 metr kv. tom qismini joriy taʼmirlash; 1,8 mlrd soʻm 83 ta koʻp qavatli uyning fasad qismini taʼmirlash. 1,5 mlrd soʻm 10. Koʻp qavatli uylarda: 2021-yil noyabr 2,41 mlrd soʻm, mahalliy budjet, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, shundan: 529 ta kirish yoʻlaklariga temir eshik va kodli qulflar oʻrnatish; 0,69 mlrd soʻm Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi 384 ta kirish yoʻlagini taʼmirlash; 1,0 mlrd soʻm 57 ta yertoʻlaning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini taʼmirlash. 0,72 mlrd soʻm 11. 99 ta koʻp qavatli uy oldi qismidagi 26 075 metr kv. yoʻlaklarni taʼmirlash hamda koʻp qavatli uylar hududiga 230 ta tungi yoritish uskunasini oʻrnatish. 2021-yil 1-dekabr 1,8 mlrd soʻm, respublika budjeti Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 12. Joylarda 54 ta bolalar oʻyingohini yangidan qurish. 2021-yil 1-dekabr 2,3 mlrd soʻm, respublika budjeti Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 13. Umumiy foydalaniladigan 15 ta hojatxona qurish. 2021-yil noyabr 0,65 mlrd soʻm, mahalliy budjet Qashqadaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-avgustdagi 479-son qaroriga 7-ILOVA
2021-yilda Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy soha infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Amalga oshiriladigan tadbirlar Bajarish muddati Mablagʻlar va moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash 1. 2 ta 240 oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish va 14 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti binolarini rekonstruksiya qilish. 2021-yil 20-dekabr 57,8 mlrd soʻm, respublika budjeti Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 2. Gʻuzor tumanidagi “Boʻston” va “Navroʻz” mahallarida davlat-xususiy sheriklik asosida 150 ta oʻrinli 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish. 2021-yil 1-noyabr 1,5 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 3. Dehqonobod tumanida aholi zich joylashgan mahallalarda 500 oʻringa moʻljallangan 20 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilish. 2021-yil 20-dekabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 4. Kitob tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida 250 oʻrinli 2 ta, jumladan “Qaynar” mahallasida 150 oʻrinli va “Guliston” mahallasida 100 oʻrinli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish. 2021-yil 20-dekabr 4,3 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 5. Kitob tumanida aholi zich joylashgan mahallalarda 500 oʻringa moʻljallangan 20 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish. 2021-yil 20-dekabr 1,1 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 6. Koson tumanidagi “Mugʻjagul” mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida 120 oʻrinli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish. 2021-yil 20-dekabr 2,1 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 7. Koson tumanidagi “Arabxona” mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida 75 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish. 2021-yil 20-dekabr 1,6 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kr�ditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 8. Qarshi shahridagi “Kunchiqar” mahallasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashabbuskorlar topish va loyihalarni boshlash. 2021-yil 1-iyul 1,2 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi 9. Shahrisabz tumanidagi “Chuqur” va “Shamaton” mahallalarida davlat-xususiy sheriklik asosida 200 oʻrinli 2 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish. 2021-yil 1-oktabr 4,4 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi 10. Qamashi tumanida “Toʻqboy” mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilish. 2021-yil 1-oktabr 4,2 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi II. Umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash 11. 1 320 oʻquv oʻrinli 2 ta yangi umumtaʼlim maktabini qurish, 18 379 oʻquv oʻrinli 76 ta maktab binosini rekonstruksiya qilish va 15 ta maktabni mukammal taʼmirlash. 2021-yil 20-dekabr 244,4 mlrd soʻm, respublika budjeti Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 12. Gʻuzor tumanidagi “Xalqobod” mahallasi “Qorqin” qishlogʻida davlat-xususiy sheriklik asosida 180 oʻrinli yangi umumtaʼlim maktabini tashkil etish. 2021-yil 1-oktabr 3,5 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Xalq taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi III. Sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash 13. 490 oʻrinli va 100 qatnovli 3 ta sogʻliqni saqlash muassasasini qurish hamda 8 ta muassasani rekonstruksiya qilish. 2021-yil 20-dekabr 71,2 mlrd soʻm, respublika budjeti Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 14. Koson tumani “Arabxona” mahallasida xususiy diagnostika markazini tashkil etish. 2021-yil 20-dekabr 5,0 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi 15. Qarshi shahrida xususiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish. 2021-yil 1-oktabr 1,0 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi IV. Madaniyat, jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash 16. Viloyat qoʻgʻirchoq teatri binosini yangidan qurish. 2021-yil 1-dekabr 8,0 mlrd soʻm, respublika budjeti Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 17. Chiroqchi tumanida 18 x 30 metr oʻlchamli sport zalini qurish. 2021-yil 1-dekabr 4,5 mlrd soʻm, respublika budjeti Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi 18. Yakkabogʻ tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi uchun: 2021-yil 1-dekabr 5,4 mlrd soʻm, respublika budjeti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi shundan: 25 x 11 metr oʻlchamdagi yopiq suzish havzasini; 2,9 mlrd soʻm kurash zalini qurish. 2,5 mlrd soʻm 19. Gʻuzor tumanidagi mahallalar hududida “workout”, stritbol va badminton maydonlarini qurish. 2021-yil 20-dekabr Hisob-kitob asosida, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi 20. Qamashi tumanidagi boks bilan shugʻullanish binosini davlat-xususiy sheriklik asosida taʼmirlash va ishga tushirish. 2021-yil 1-oktabr 0,4 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi 21. Koson tumani “Nihol” mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida 20 x 40 metr oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali mini futbol maydonini qurish. 2021-yil 1-oktabr 0,2 mlrd soʻm, tashabbuskor mablagʻlari, bank kreditlari Qashqadaryo viloyati hokimligi, Turizm va sport vazirligi
