Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (PF-6273-son)
30.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etgan holda davlat aktivlarini xususiylashtirish amaliyotini kengaytirish hamda iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-iyul,
PF-6273-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi PF-6273-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat aksiya paketlari (ulushlari) toʻliqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar roʻyxatida:
a) 198-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 198. 44 202453220 “Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” DUK* DUK Toshkent shahri 100,0 ”;
b) izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“* Korxona masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirilgandan soʻng, davlat ulushining 70 foizi sotuvga chiqariladi va 30 foizi Davlat ekologiya qoʻmitasi tasarrufida qoldiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6167-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat aktivlarining roʻyxati”;
1-pozitsiyadan oldin quyidagi mazmundagi satr bilan toʻldirilsin:
“ I. 2021-yil martdan savdoga chiqariladigan davlat aktivlari ”;
11-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
“ II. 2021-yil sentyabrdan savdoga chiqariladigan davlat aktivlari 12. “Toshkent” mehmonxonasi Toshkent shahar, Yunusobod tumani “Oʻzmilliybank” AJ 1,1 24 206 13. “Nyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi Toshkent shahar, Yunusobod tumani Toshkent shahar hokimligi “Poytaxt qurilish va xizmat” DUK 3,1 60 113 14. Kino zal (Premier hall) Toshkent shahar, Mirobod tumani “O'ZBEKKINO” DUK 0,1 2 873 15. Maʼmuriy bino (matbuot uyi) Toshkent shahar, Mirobod tumani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 0,82 18 142 16. “Chotqol oromgohi” bino inshootlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani “Toshneftgazqurilish” AJ 18,0 7 202 17. Ishlab chiqarish binosi (sobiq “Algoritm” zavodi bino-inshootlari) Toshkent shahar, Chilonzor tumani Toshkent shahar hokimligi 16,13 86 004 18. Sobiq “Markaz ulgurji savdo invest” MChJning maʼmuriy va omborxona bino-inshootlari Toshkent shahar, Mirobod tumani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 4,6 32 638 19. “Sergeli” kichik sanoat zonasi bino-inshootlari Toshkent shahar, Sirgʻali tumani Toshkent shahar hokimligi 11,83 89 192 20. “Bektemir” kichik sanoat zonasi bino-inshootlari Toshkent shahar, Bektemir tumani Toshkent shahar hokimligi 5 33 733 21. “Oʻzmetkombinat” AJning Temir saqlash va yuklash ombori Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani “Oʻzmetkombinat AJ 5,8 4 351 22. Noturar bino-inshoot kompleksi (Parranda fabrikasi) Toshkent viloyati, Zangiota tumani Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 31,56 25 455,4 23. Boʻsh turgan bino va inshootlar (Sobiq Kinologiya markazi) Toshkent shahar, Yashnobod tumani Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 8,6 16 531 ”;
izoh qismi quyidagi mazmundagi 4 va 5-bandlar bilan toʻldirilsin:
“4. Obyektlarning maydoniga kadastr hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.
5. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar boshqaruv organlari qarorlari asosida ushbu ilovada koʻrsatilgan obyektlar yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik jamiyati ulushini obyektning balans qiymatiga kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish orqali savdoga chiqariladi.”;
b) 2-ilovada:
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2021-yilda savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari roʻyxati”;
1-pozitsiyadan oldin quyidagi mazmundagi satr bilan toʻldirilsin:
“ I. 2021-yil apreldan savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari ”;
18-pozitsiyadan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
“ II. 2021-yil oktyabrdan savdoga chiqariladigan davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari va davlat korxonalari** 19. “Qoʻqon biokimyo” AJ Fargʻona viloyati 97,0*** 20. “Andijon biokimyo zavodi” AJ**** Andijon viloyati 70,0 21. “Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJ**** Toshkent shahri 25,0 22. “Biokimyo” AJ**** Toshkent viloyati 25,0 23. “Suvmash” AJ Toshkent shahri 47,0 24. “Sharq NMAK” AJ Toshkent shahri 94,5 25. “Oʻrta osiyo trans” AJ Toshkent shahri 51,0 26. “93-maxsus trest” AJ Toshkent shahri 83,31*** 27. “Oʻzgazloyiha” MChJ Toshkent shahri 63,4 28. “OʻzGAShKLITI” DUK Toshkent shahri 100,0 29. Issiqlik elektr stansiyalari**** Respublika boʻyicha *** 30. Don korxonalari**** Respublika boʻyicha *** ”;
izoh qismida:
1-bandida “roʻyxatdagi” soʻzi “roʻyxatning birinchi boʻlimidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Davlat ulushi miqdori va korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“** Ushbu korxonalardagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi jalb etadigan professional tashkilotlar orqali sotiladi.
*** Ushbu ilovada koʻrsatilgan korxonalarning ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarning ulushi mavjud boʻlganda, ularning ulushlari belgilangan tartibda boshqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazilib, yaxlit paketda savdoga chiqariladi.
**** Mazkur korxonalardagi sotuvga chiqariladigan davlat ulushi miqdori va sotiladigan korxonalarning nomma-nom roʻyxati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi taklifiga asosan Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan tasdiqlanadi.”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Jizzax akkumulyator zavodi” AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3773-son qarorining 1 va 2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
