Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash toʻgʻrisida (266-son)
27.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, Qamchiq dovonida va Namangan viloyatining dovon yaqinidagi aholi yashaydigan punktlarda jamoat tartibini saqlash va xalq xoʻjaligi obyektlarini qoʻriqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Namangan viloyatining Pop tumanidagi Qamchiq shaharchasida Pop tuman ichki ishlar boʻlimi tarkibida shtatdagi xodimlar soni ilovaga muvofiq 50 nafardan iborat boʻlgan Qamchiq militsiya boʻlinmasi tashkil etilsin.
2. Shu yilning birinchi yarim yilligida yangidan tashkil etilgan boʻlinma xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga 1997-yil uchun nazarda tutilgan umumiy mablagʻlar hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1997-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab, shtatdagi xodimlar soni 50 nafardan iborat boʻlgan yangi militsiya boʻlinmasi tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini mablagʻ bilan taʼminlasin.
4. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi Qamchiq militsiya boʻlinmasi tashkil etilishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligini zarur moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ajratilgan shtatlar sonini butlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-may,
266-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 27-maydagi 266-son qaroriga ILOVA
Namangan viloyati Pop tumani ichki ishlar boʻlimining Qamchiq shaharcha militsiya boʻlinmasini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratilayotgan xodimlarning
QOʻShIMChA SONI
