Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida (1098-2-son)
29.06.2004
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-iyunda 1098-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeks va Oʻzbekston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 14-yanvardagi 6 va 2002-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (2002-yil 15-fevral, roʻyxat raqami 1098 — Meʼyoriy hujjatlari axborotnomas, 2002-y., 3-4-son; Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 5-son 62-bet) 11-bandining “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xat boshi qoʻshilsin:
“Oylik toʻlovlari boʻyicha yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqning kelib tushgan summasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni “Hisoblab yozish” va “Toʻlash” ustunlarida aks ettiriladi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-iyun,
89-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 23-iyun,
2004-42-son
