Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1989-2-son)
23.07.2021
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 23-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1989-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-son “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 16-iyundagi 07-125-son, 64-son qarori (roʻyxat raqami 1989, 2009-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y, 30-31-son, 354-modda) bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh.S. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
179-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
41-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Moliya vazirligining 2021-yil 19-iyuldagi 179-son va 41-son qaroriga ILOVA
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 15-bandda:
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi va oʻninchi xatboshilar toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik punktlarga yigʻish;”.
3. 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 2-ilovaning 1-jadvali mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
5. 4-ilovaning jadvali mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 5-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Hududlarni supurish uchun xodimlarning
MEʼYORLANGAN
1-jadval Qoplama turi xar 1000 kv.m maydonga nisbatan vaqt meʼyorlari (daqiqada) Oʻrtacha yillik davriylik (marta hisobida har 1000 kv.m maydonga yil davomida sarflanadigan vaqt (soatida) xar 1000 kv.m maydonga yiliga belgilangan xodimning meʼyorlangan soni Hududda qoplamali maydon 100,1 110 183,5 0,09 Hududda qoplamasiz (tuproqli, toshli va qoplamasi boʻlmagan) maydon 134,4 221 495,0 0,24
Mazkur jadvalda hududlarni supurishda xodimlarning meʼyorlangan soni axlatni belgilangan joygacha transportirovka qilishni hisobga olgan holda bir yilda 1000 m2 maydonni supurishga sarflanadigan vaqtdan kelib chiqib hisoblangan.
Hududni supurishda band boʻlgan xodimlarning, talab etiladigan shtat birligini aniqlashda, haqiqatda supuriladigan maydon m2 da qoplamali va qoplamasiz maydon turlariga koʻra alohida aniqlanadi.
Supuriladigan hududning haqiqiy maydoni 1000 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan son supuriladigan 1000 m2 maydonni supurish uchun zarur boʻlgan xodimlarning meʼyorlangan soniga koʻpaytiriladi.”.
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Koʻkalamzorlashtirish ishlarida band boʻlgan 2, 3 va 4-razryadli koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchi)lari tomonidan oʻsimliklar (koʻchatlar)ni ekish va ularni parvarish qilish uchun xodimlarning meʼyorlangan soni
Ish turlari Oʻlchov birligi Har 100 kv.m maydonga (100 metr) nisbatan yillik vaqt meʼyorlari, soat* Ishlab chiqarish meʼyori (kishi/soat) (1 bir/3 gr) Har 1 ga (10 000 kv.m) maydonga xodimlar soni (100 kv.m * 4gr) Bitta xodim bir yilda xizmat koʻrsatadigan meʼyor (10000 kv.m / 5gr) Koʻkalamzorlashtiriladigan maydon Jumladan: bir yillik oʻsimliklar va koʻp yillik oʻsimliklar ekilgan maydonlar 100 kv.m 31,25 0,032 3,2 3125 m2 Archa va bargli daraxtlar ekilgan maydon 100 kv.m 20,8 0,048 4,81 2080 m2 ”.
Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
“Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining meʼyorlangan sonini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining alohida lavozimlarini joriy etish shartlari
№ Lavozim nomlari, razryadlar diapazoni Lavozimni joriy etish shartlari Boshqarmalar uchun birliklarning meʼyorlangan soni 1. Uchastka ustasi 30 — 40 ta ishchiga 1 ta birlik Ishchilar sonidan kelib chiqib 2. Brigadir 10 — 15 ta ishchiga 1 ta birlik Ishchilar sonidan kelib chiqib 3. Elektr-gaz payvandlovchi (1 — 6 razryadli gazpayvandlovchi, elektr payvandlovchi) Ish smenasi davomida ish bilan taʼminlash darajasini hisobga olgan holda, payvand ishlarini bajarish zarurati 2,0 4. 2 — 6 razryadli elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori 2 darajadan past boʻlmagan kamida 100 komplekt elektr jihozlarining mavjudligi 1,0 5. 2 — 5 razryadli elektrchi 500 birlik yoritish uskunalari uchun 1 ta birlik Yoritish birliklarining sonidan kelib chiqib 6. 2 — 4 razryadli elektr motorlar motorchisi 100 ta birlik elektr motorlari uchun 1 ta birlik Elektr motorlari birliklarining sonidan kelib chiqib 7. 4 — 6 razryadli sozlovchi-mexanik Ish smenasi davomida ish bilan taʼminlanishini hisobga olgan holda metall va yogʻochga ishlov berish stanoklarining mavjudligi hollarida 1,0 8. 2 — 6 razryadli taʼmirlovchi chilangar Muntazam ravishda taʼmirlash va sozlash talab etiladigan mexanizmlar mavjudligi hollarida 2,0 9. 2 — 5 razryadli barcha nomdagi chilangarlar Taʼmirlanishi talab etiladigan mexanizmlar, mashinalar va agregatlarning mavjudligi hollarida 3,0 10. 2 — 5 razryadli avtochilangarlar Har 10 ta birlik avtotransport vositalari uchun 1 ta birlik Avtotransport vositalarining sonidan kelib chiqib 11. 2 — 4 razryadli stropachilar 1 ta birlik yuk koʻtarish jihozi (avtokran) uchun 1 ta birlik Yuk koʻtarish jihozlarining sonidan kelib chiqib 12. 2 — 5 razryadli nasos qurilmasi mashinisti 1 ta birlik koʻchma yoki turgʻun nasos qurilmasi yoki 20 ta vertikal va kuzatuv quduqlari uchun 1 ta birlik Nasos qurilmalari sonidan kelib chiqqan holda 13. Duradgor, yogʻochga ishlov beruvchi Smena davomida ish bilan taʼminlanganlikni hisobga olgan holda, duradgorlik va yogʻochga ishlov berish boʻyicha ish hajmlarining mavjudligi 2,0 14. Mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi) 10 km ariq tizimi uchun 1 ta birlik Ariq tizimining uzunligidan kelib chiqqan holda 15. 2 — razryadli akkumulyatorchi 100 ta akkumulyator batareyasi (avtomobillar, yuklash mashinalari va boshqalar uchun) uchun 1 ta birlik Akkumulyatorlar sonidan kelib chiqqan holda 16. Hududlarni tashqi bezatish ishchisi Har 1000 m2 tashqi xizmat koʻrsatish boʻyicha ish hajmlariga 1 ta birlik Tashqi xizmat koʻrsatish ish hajmlaridan kelib chiqqan holda 17. Qabriston nazoratchisi Qabristonda 1 ta birlik 1,0 18. Qabriston qorovuli Qabristonda (ishning smenaliligidan kelib chiqqan qolda) shahar va tuman markazlarida 3 — smena, qishloq aholi punktlarida 1 — smena. 3 smenada — 3 ta birlik. 1 smenada — 1 ta birlik. 19. Dafn marosimi xizmatlari ishchisi Bir kunda 3 ta koʻmish marosimi oʻtkazishda 1 ta birlik Bir kunda oʻtkaziladigan koʻmish marosi?laridan kelib chiqqan holda 20. Istirohat bogʻlari va bogʻlarda hojatxonalarni tozalovchi 1 — 3 ta pulsiz xizmat koʻrsatiladigan hojatxonalar uchun 1 ta birlik Hojatxonalar sonidan kelib chiqqan holda ”.
