72-modda. Sud raisi, rais oʻrinbosarining vakolatlari muddati
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Sud raisi, rais oʻrinbosarining vakolatlari muddati besh yil.
Shaxs ayni bir sudda ketma-ket ikki muddatdan ortiq rais, rais oʻrinbosari lavozimini egallab turishi mumkin emas.
Sud raisi, rais oʻrinbosari vakolatlari u saylangan yoki tayinlangan muddat oʻtgach tugaydi.
Sud raisi, rais oʻrinbosarining vakolatlari muddati oʻtganligi yoki u tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida ariza berganligi munosabati bilan tugagan taqdirda, uning sudyalik vakolatlari saqlanib qoladi va u shu kundan boshlab sudyalik lavozimida ishni davom ettiradi, mazkur sudda boʻsh turgan sudyalik lavozimi boʻlmagan taqdirda, oʻzining roziligi bilan sudyalik vakolatlarining qolgan muddatiga boshqa sudga sudyalik lavozimiga oʻtkaziladi.
