57-modda. Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari:
vazifalar taqsimotiga muvofiq sud apparati ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
sud majlislarida raislik qiladi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi.
Tumanlararo maʼmuriy sud raisining oʻrinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
