50-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudi rayosatining vakolatlari
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va obzorlari, sud statistikasi tahlili materiallarini koʻrib chiqadi;
sudlov hayʼati faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalarni eshitadi;
tumanlararo maʼmuriy sudlar raislarining qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼruzalarini eshitadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyat, Toshkent shahar maʼmuriy sudining rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
