32-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining tarkibi
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi rais, rais oʻrinbosarlari — fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlari raislari, sudyalar, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi quyidagi tarkibda ish yuritadi:
rayosat;
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati.
