30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi
Sudlar toʻgʻrisida (O‘RQ-703-son) · Sana: 28.07.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
ishni taftish tartibida koʻrish zarurligi haqidagi masalani hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda sud ishlarini talab qilib oladi;
ishni taftish tartibida koʻrish toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan tartibda protest kiritadi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;
ishni bir suddan boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati koʻrib chiqishi uchun ularning vakolatlariga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish toʻgʻrisida, shuningdek sudlar tashabbusi bilan kiritilgan muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻgʻrisida, sudlov hayʼatlari tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hayʼatining (bundan buyon matnda Sudyalar oliy malaka hayʼati deb yuritiladi) qarorlari, xulosalari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga taqdimnomalar kiritadi;
rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparatining xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
