Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-6269-son)
24.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.
Xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni koʻrsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni oʻrtacha ikki barobarga qisqartirildi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmatlarning qamrab olish darajasi pastligi, davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlarining uzunligi, ular boʻyicha toʻlovlarning yuqoriligi, aksariyat davlat organlarining zarur maʼlumotlari toʻliq raqamlashtirilmaganligi ushbu yoʻnalishda oldimizda turgan vazifalarning dolzarbligidan dalolat beradi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli koʻrsatilishini taʼminlash, turli toifadagi davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uygʻunlashtirish maqsadida:
1. 2021-yil 1-noyabrdan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma:
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga “davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan chiqarilganligi munosabati bilan kiritilgan oilalarga ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda, ular Ijtimoiy reyestrda turgan davrda, biroq ushbu reyestrga kiritilgan sanadan boshlab 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatda qoʻllaniladi;
b) Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi. Bunda:
ariza beruvchiga toʻlovlar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qaytariladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablagʻlari hisobidan soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undirib olinadi;
ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati toʻliq hajmda koʻrsatiladi.
2. 2022-yil 1-yanvardan ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq kamaytirilsin.
3. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
a) 2021-yil 1-dekabrdan boshlab:
chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish;
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirish;
litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan toʻlovlarni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizigacha miqdorda belgilash (qonunchilik hujjatlarida toʻlovlar belgilanmagan yoki bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno). Bunda, QR-kod qoʻyilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun toʻlov undirilmaydi;
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
4. Quyidagilar:
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2022-yil 1-yanvardan koʻrsatish muddatlari qisqartiriladigan davlat xizmatlarining ayrim turlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish, muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarini qisqartirish hamda raqamlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:
a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi maʼlumotlarni:
tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlarini;
litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligini;
davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligini;
qimmatli qogʻozlarga egaligini, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;
kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligini;
jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar toʻlanganligini va olinganligini;
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlarini;
jismoniy shaxs tomonidan oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) taʼlim muassasasi tugatilganligini;
jismoniy shaxs tomonidan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;
fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligini;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni;
b) quyidagi hujjatlarni:
moliyaviy hisobotlar nusxalarini;
jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni;
ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni ushbu Farmonga 4-ilovada belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda oʻzlarining idoraviy axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan axborot va maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron maʼlumot bazalarini oʻz vaqtida va sifatli shakllantirish, maʼlumotlarni raqamlashtirish, maʼlumotlar hamda elektron koʻrinishdagi hujjatlarni muddatida berish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Mazkur bandda koʻrsatilgan hujjat va maʼlumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi.
6. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning davlat xizmatini koʻrsatish uchun masʼul davlat organlari va tashkilotlari hisobiga yoʻnaltiriladigan qismining kamida 20 foizi ushbu tashkilotda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qogʻoz koʻrinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlarida mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlarning axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, qogʻoz koʻrinishdagi hujjatlarni raqamlashtirish uchun yoʻnaltirilishini doimiy ravishda monitoring qilib borsin.
7. 2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqini beruvchi malaka sertifikatlarini berish hamda ularni ushbu maqsadda attestatsiyadan oʻtkazishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
malaka sertifikatlarini berish va attestatsiyadan oʻtkazish uchun murojaatlar elektron shaklda qabul qilinadi;
malaka sertifikatlarini berish uchun oʻtkaziladigan imtihon jarayonlari uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi va videotasvir kamida bir yil saqlanadi;
malaka sertifikatlarini berish va attestatsiyadan oʻtkazish uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan toʻlovlar davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi;
talabgorlardan imtihon olishda savollar test koʻrinishida kompyuter vositasi orqali olinadi va natijasi shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi (alohida iqtidor hamda amaliy sinovlar talab etiladigan yoʻnalishlar bundan mustasno);
malaka sertifikatlari va attestatsiya guvohnomalari QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtiriladi.
8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-noyabrga qadar elektron (onlayn) koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini oshirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimining (OneID) yangi talqini hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Bunda, masofaviy identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish, davlat xizmatidan foydalanishda shaxsni mobil aloqa telefoni orqali tasdiqlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish holati toʻgʻrisida abonentlarga SMS-xabar yuborish imkoniyatini yaratsin.
9. 2022-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida oʻlimni qayd qilish boʻyicha quyidagilardan iborat kompozit xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyilsin:
tibbiyot birlashmasi xodimi vafot etganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirib, “Tugʻilish va oʻlimni, shu jumladan perinatal oʻlimni elektron roʻyxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda — FHDY) organiga yuboradi. Bunda, vafot etganlik toʻgʻrisidagi tibbiyot maʼlumotnomasi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga qogʻoz shaklida berilishi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri FHDY organiga murojaat qilishi ham mumkin;
FHDY organi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida shaxsning oʻlimini “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimida qayd qilib, QR-kod orqali tasdiqlaydi;
FHDY organi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari arizasiga asosan ularga vafot etganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini gerbli guvohnomada eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada koʻrsatilgan manzilga yuboradi.
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
a) 2021-yil 1-oktabrga qadar:
budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “TMEK” axborot tizimlari YIDXP bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishida toʻlovlar boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va toʻlov miqdorini avtomatik tarzda belgilash tizimini joriy etsin;
Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratsin;
Markaziy bank hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijdan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarni chet el valyutasida xalqaro toʻlov tizimlari va boshqa vositalar orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etsin;
b) “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda 2021-yil 1-sentabrdan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va tezkorligini oshirish maqsadida respublika hududidagi barcha davlat xizmatlari markazlari (ularning filiallari) hamda FHDY organlarining Internet tarmogʻi hamda himoyalangan VPN tarmogʻiga Toshkent shahri uchun moʻljallangan eng arzon tariflar boʻyicha ulanishini va xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
11. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi komissiyasi (A.N. Aripov) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish va taʼminlash;
davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida qoʻllaniladigan maʼlumotlarning raqamlashtirilganlik holatini monitoring qilish, tahlil qilish va xizmat koʻrsatuvchi organlarning hisobotlarini tinglash;
mazkur Farmonda nazarda tutilgan hamda davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan vazifa va topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish;
davlat xizmatlarini taqdim etishni optimallashtirish, tartib, muddat va zarur hujjatlarni qisqartirish boʻyicha choralar koʻrish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini samarali koʻrsatishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy boʻlgan topshiriq va koʻrsatmalar berish;
davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritish.
14. Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar “avtomobil tarixi” maʼlumotlarini (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yoʻl transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) avtomototransport vositalariga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi orqali shartnomaviy asosda davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali aniqlash davlat xizmatini yoʻlga qoʻysin.
15. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Davlat personallashtirish markazi, Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, “OʻZSUVTAʼMINOT” AJ hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suvi, kanalizatsiya, chiqindi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga bogʻlanishini taʼminlasin hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatilishini yoʻlga qoʻysin.
Kadastr agentligi kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda uch oy muddatda barcha koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bogʻlanishini hamda koʻchmas mulk obyektlarining yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
16. Adliya vazirligi:
2021-yil 1-dekabrga qadar 2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqsin;
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlari binolarida Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan zarur texnik jihozlar bilan taʼminlangan “Salomatlik burchaklari”ni tashkil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2021-yil 20-avgustga qadar davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari binolarida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan ekspozitsiyalar tashkil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
18. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
19. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir maslahatchisi O.M. Umarov, adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvar va 2022-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-iyul,
PF-6269-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 1-ILOVA
2022-yil 1-yanvardan koʻrsatilishi uchun undiriladigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar miqdori kamaytiriladigan davlat xizmatlari
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 2-ILOVA
Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari
ROʻYXATI
T/r Davlat xizmati nomi Joriy etish muddati Davlat xizmatini koʻrsatish uchun masʼul vakolatli organ 1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet et fuqarolariga ID-karta hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish 2022-yil 1-yanvar Ichki ishlar vazirligi 2. Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish Turizm va sport vazirligi 4. Sport hakamlariga malaka toifasini berish 5. Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 6. Baholovchilarga toifalar berish 7. Sud boshqaruvchisi attestatini olish uchun talabgorlarni oʻqitish va sud boshqaruvchilari malakasini oshirish Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 8. Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 9. Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 10. Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ekspertlarni akkreditatsiya qilish 11. Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 12. Oʻzbekiston Respublikasi budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalarning buxgalteriya hisobi xodimlarining malaka imtihonini oʻtkazish va budjet hisobi hisobchisi sertifikatini berish Moliya vazirligi 15. Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish 16. Ichki auditor sertifikatini berish Auditorlarning respublika professional jamoat birlashmalari 17. Aktuariy malaka sertifikatini berish Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi 18. Sifat boʻyicha ekspert-auditorlarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi 19. Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish 20. Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka sertifikatini berish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 21. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 22. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish Sogʻliqni saqlash vazirligi 23. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tizimining rahbar kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish 24. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Ichki ishlar vazirligi 25. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazish Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi 26. Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi 27. Maktabgacha, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional hamda maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 28. Davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan rahbarlari va boʻlinmalari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 29. Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikatini berish Madaniyat vazirligi 30. Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi, tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar 31. Oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun hujjatlarni qabul qilish (magistratura) 32. Yoʻqolgan attestatlar boʻyicha dublikat berish uchun ariza qabul qilish 2022-yil 1-aprel Xalq taʼlim vazirligi 33. Alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xususiylashtirishga bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 34. Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha ariza (buyurtmanoma) berish 35. Sud organlarida rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish Oliy sud 36. Kontraktlarni mustaqil ekspertizadan oʻtkazish va import qilinadigan tovarlarni yuk ortishdan oldin inspeksiyadan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi firmalarni (inspeksiya organi) akkreditatsiya qilish Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 37. Kapital qurilish tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish 38. Imtiyozlar qoʻllagan holda import qilinadigan tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish 39. Investitsiyaviy loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazish 40. Infratuzilmaviy loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini kompleks ekspertizadan oʻtkazish 41. Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish 42. Erkin iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishning sharti sifatida tadbirkorlik subyektlarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarini koʻrib chiqish 43. Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash 44. Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish 45. Tovarlar (ish va xizmatlar) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish 46. Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish 47. Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish 49. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash 2022-yil 1-avgust Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK 50. Urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash 51. Donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash 52. Urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlarni va boshqa don ekinlarini qayta ishlashga sertifikat berish 53. Universal oʻnlik klassifikatsiya (UOʻK) indeksini berish Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi 54. Kutubxona-bibliografik klassifikatsiya (KBK) indeksini berish 55. Kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) berish 56. Davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) berish 57. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) Oliy attestatsiya komissiyasi 58. Oʻzbekiston hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 59. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish Davlat statistika qoʻmitasi 60. Binolar va inshootlarning mansubligi va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi 61. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Moliya vazirligi 62. Avval davlat roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishiga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish 63. Avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishini bekor qilish 64. Statistik maʼlumotlarni taqdim etish (taqdim etilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar bundan mustasno) 2022-yil 1-noyabr Davlat statistika qoʻmitasi 65. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasi boʻyicha davlat namunasidagi diplomni elektron shaklda taqdim etish Oliy attestatsiya komissiyasi 66. Fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasi boʻyicha davlat namunasidagi diplomni elektron shaklda taqdim etish 67. Professor ilmiy unvoni boʻyicha davlat namunasidagi attestatni elektron shaklda taqdim etish 68. Dotsent ilmiy unvoni boʻyicha davlat namunasidagi attestatni elektron shaklda taqdim etish 69. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni boʻyicha davlat namunasidagi attestatni elektron shaklda taqdim etish 72. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bolalarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish Xalq taʼlimi vazirligi 73. Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish 74. Shtrixli kodlar original-maketlarini tayyorlash Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi 75. Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish “Oʻzarxiv” agentligi 76. Tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish Tashqi ishlar vazirligi 77. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish Sogʻliqni saqlash vazirligi 78. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning davlat tilini bilish darajasini aniqlash 2023-yil 1-mart Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi 80. Texnikani va qishloq xoʻjaligi mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK 81. Texnika va qishloq xoʻjaligi mashinasini hisobga qoʻyish 82. Traktorchi-mashinistlarga guvohnoma va ogohlantirish talonini berish 83. Xostellarni yagona reyestriga kiritish Turizm va sport vazirligi 84. Oilaviy mehmon uylarini yagona reyestriga kiritish 85. Sportchining sport pasportini berish 86. Bolalarni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida Respublika bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasiga qabul qilish 87. Bolalarni sport-taʼlim muassasalariga qabul qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 3-ILOVA
Ayrim turdagi maʼlumotlar va elektron koʻrinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda berish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari
ROʻYXATI
T/rMaʼlumot va hujjatlar nomiMaʼlumotlar bazasini raqamlashtirish hamda ularni berishga masʼul organlar1.Tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma maʼlumotlariAdliya vazirligi2.Litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumotlarAdliya vazirligi, vakolatli organlar3.Davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarIqtisodiyot va moliya vazirligi,Pensiya jamgʻarmasi4.Qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar5.Pensiyalar toʻlanganligi boʻyicha maʼlumotnoma6.Jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumotlar*Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ7.Oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi8.Jismoniy shaxs oʻrta maxsus, professional (kasb-hunar) taʼlim muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlar9.Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlar*10.Shaxsning maktabgacha, boshlangʻich va oʻrta taʼlim (maktab va boshqa) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlarMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 11.Fuqaro “Yoshlar daftari”da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarYoshlar ishlari agentligi12.Fuqaro “Ayollar daftari”da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarOila va xotin-qizlar qoʻmitasi13.Moliyaviy hisobotlar nusxalari*Soliq qoʻmitasi14.Oʻzini-oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot15.Jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma16.Ijtimoiy nafaqalar toʻlanganligi boʻyicha maʼlumotnomaIjtimoiy himoya milliy agentligi18.Oilaning Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
* Ushbu hujjatlar jismoniy va yuridik shaxslardan birlamchi olingandan soʻng “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli organlarga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 4-ILOVA
2022-yil 1-yanvardan koʻrsatish muddatlari qisqartiriladigan davlat xizmatlarining ayrim turlari
ROʻYXATI
T/r Davlat xizmati nomi Vakolatli organ Amaldagi muddat Oʻrnatilayotgan muddat 1. Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish Oliy sud 5 ish kuni 3 ish kuni 2. Falsafa doktori (Doctor of Philosophy, PhD) ilmiy darajasi boʻyicha davlat namunasidagi diplomni berish Oliy attestatsiya komissiyasi 20 kun 1 ish kuni 3. Fan doktori (Doctor of Science, DSc) ilmiy darajasi boʻyicha davlat namunasidagi diplomni berish 20 kun 1 ish kuni 4. Professor ilmiy unvoni boʻyicha davlat namunasidagi attestatni berish 1 oy 1 ish kuni 5. Dotsent ilmiy unvoni boʻyicha davlat namunasidagi attestatni berish 1 oy 1 ish kuni 6. Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni boʻyicha davlat namunasidagi attestatni berish 1 oy 1 ish kuni 7. Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) PhD diplomi uchun 2 oy; DSc diplomi uchun 3 oy PhD diplomi uchun 1 oy; DSc diplomi uchun 1 oy 8. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha test sinovini oʻtkazish va davlat namunasidagi malaka sertifikatini berish Bilim va malakalarni baholash agentligi 3 hafta 1 hafta 10. Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish “Oʻzarxiv” agentligi 3 ish kuni 1 ish kuni 11. Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) 5 ish kuni (20 ish kuni) 3 ish kuni (15 ish kuni) 12. Arab alifbosida yaratilgan turk, fors, arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish 5 ish kuni (15 ish kuni) 3 ish kuni (10 ish kuni) 13. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi 15 kun 10 kun 14. Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyatiga litsenziya berish 15 kun 5 kun 15. Statistik maʼlumotlarni taqdim etish (taqdim etilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlar bundan mustasno) Davlat statistika qoʻmitasi 14 kun 7 kun 16. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri boʻyicha maʼlumot taqdim etish 14 kun 3 kun 17. Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi dublikatini berish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 10 kun 5 kun 18. Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha ariza (buyurtmanoma) berish 10 kun 5 kun 19. Davlat mulklarini ijaraga berish 10 kun 5 kun 20. Sud boshqaruvchisi attestatini berish 10 kun 3 kun 21. Rieltor malaka sertifikati berish 2 kun 1 kun 22. Baholovchining malaka sertifikatini berish 2 kun 1 kun 23. Shtrixli kodlar original-maketlarini tayyorlash Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi 15 kungacha 5 kun 24. Texnik loyiha hujjatlarini koʻrib chiqish Transport vazirligi 30 kun 15 kun 25. Kemalarni roʻyxatga olish 10 kun 5 kun 26. Fuqaro havo kemalariga shovqinlar boʻyicha sertifikatni berish “Oʻzaviatsiya” agentligi 10 ish kun 5 kun 27. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga aposti qoʻyish Adliya vazirligi 5 ish kuni (20 ish kuni) 2 ish kuni (10 ish kuni) 28. Professional mediatorlarning reyestrini yuritish 15 ish kuni 10 kun 29. Yuridik maslahat xizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish 3 kun 1 kun 30. Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish 10 kun 5 ish kuni 31. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish 20 kun 10 ish kuni 32. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani qayta rasmiylashtirish 3 kun 2 ish kuni 33. Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish 10 kun 5 ish kuni 34. Advokatlik tuzilmalarining taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish 10 kun 5 ish kuni 35. Advokatlik guvohnomasini berish 3 kun 2 ish kuni 36. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangi guvohnoma berish 3 kun 2 ish kuni 37. Notariat sohasidagi arxiv hujjatlari hamda reyestrlardan koʻchirmalar berish belgilanmagan 2 ish kuni 38. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berish belgilanmagan 5 ish kuni 39. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 10 kun 5 kun 40. Mahalliy tarmoqlar, shaharlararo tarmoqlar, xalqaro tarmoqlar, koʻchma radiotelefon aloqa tarmoqlarini, loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 20 ish kuni 10 ish kun 41. Maʼlumotlar uzatish tarmoqlari, teleradio dasturlar tarqatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash 20 ish kuni 10 ish kun 42. Elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish uchun arizalar qabul qilish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “UNICON.UZ” DUK 3 ish kuni 1 ish kuni 43. Yoʻqolgan attestatlar boʻyicha dublikat berish uchun ariza qabul qilish Xalq taʼlimi vazirligi 7 kun 5 ish kuni 44. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bolalarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar qabul qilish 14 kun 7 kun 45. Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim olganlik toʻgʻrisida hujjatlarni tan olish uchun elektron ariza yuborish Xalq taʼlimi vazirligi 6 kun 3 ish kuni 46. Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash Madaniyat vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat korxonasi 21 kun 15 kun 47. Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomani qayta rasmiylashtirishga ariza berish Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 5 ish kuni 3 ish kuni 48. OAVni davlat roʻyxatidan qayta oʻtkazish Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 15 kun 10 kun 49. OAVni davlat roʻyxatidan oʻtkazish 15 kun 10 kun 50. Dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish Davlat xizmatlari agentligi 15 kun 10 kun 51. Familiya, ismi va otasining ismini oʻzgartirish 1 oy 20 kun 52. FHDY organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish 3 ish kuni 2 ish kuni 53. Avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma Davlat bojxona qoʻmitasi 10 ish kuni (20 ish kuni) 5 ish kuni (10 ish kuni) 54. Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish 10 ish kuni 5 ish kuni 55. Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish Turizm va sport vazirligi 10 kun 5 kun 56. Turagentlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berish 10 kun 5 kun 57. Sportchilarga sport pasportini berish 12 kun 3 kun 58. Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish 5 kun 3 kun 59. Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarga roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish. Roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasini berish Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 30 ish kuni 24 ish kuni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 5-ILOVA
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish, muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarini qisqartirish hamda raqamlashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlarning nomlanishi Amalga oshirish shakli Bajarish muddati Masʼul ijrochilar Vazirlik va idoralardan Vazirlar Mahkamasidan 1. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllash uchun: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda “TMEK” axborot tizimlarini YIDXP bilan integratsiya qilinishini taʼminlash; davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatilishida toʻlovlar boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash va toʻlov miqdorini avtomatik tarzda belgilash imkonini yaratish. Kompleks chora-tadbirlar 2021-yil 1-oktabr Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Pensiya jamgʻarmasi (A. Haydarov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev) J. Qoʻchqorov, O. Umarov, D. Xolmurodov, Sh. Rajabbayev 2. Chet elda doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-oktabr Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) S. Umurzakov, F. Raximov, D. Xolmurodov, Sh. Rajabbayev 3. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-oktabr Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) S. Umurzakov, F. Raximov, Sh. Rajabbayev 4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet et fuqarolariga ID-karta hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-dekabr Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (U. Tashxodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov) X. Berdibayev, Sh. Rajabbayev Davlat xizmatlari agentligiga Identifikatsiya ID-kartalarini rasmiylashtirish va berish tizimidan foydalanish imkonini yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 5. Budjet tizimi budjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 2771, 2016-yil 30-mart) quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50 foizini ularga 1 ish kunida qaytarish; ariza beruvchiga qaytarilgan toʻlovlarni Davlat xizmatlari agentligi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablagʻlari hisobidan soʻzsiz (akseptsiz) tartibda undirish; davlat xizmatlari agentligi tomonidan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisida qoʻyilgan talabnomadagi mablagʻni qaytarish uchun yetarli mablagʻi boʻlmaganda, vakolatli organning budjetdan tashqari va boshqa jamgʻarmasiga mablagʻ kelib tushganda birinchi navbatda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda yechib olish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-oktabr Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Adliya vazirligi (R. Davletov) J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov 6. Xorijdan turib elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarni chet el valyutasida xalqaro toʻlov tizimlari va boshqa vositalar orqali amalga oshirish mexanizmini joriy etish. Amaliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-oktabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), manfaatdor idoralar O. Umarov, D. Xolmurodov, tarkibiy boʻlinma rahbarlari 7. Litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berishda, agar bu uchun qonunchilik hujjatlarida toʻlov undirilishi nazarda tutilgan boʻlsa, toʻlovni bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilash (chet el valyutasida va bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizidan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno). Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2021-yil 1-oktabr Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar J. Qoʻchqorov, D. Xolmurodov, D. Kalandarov, tarkibiy boʻlinma rahbarlari 8. Mazkur Farmonning 2-ilovasiga muvofiq davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali bosqichma-bosqich joriy etiladigan davlat xizmatlari boʻyicha roʻyxatda belgilangan muddatlardan kamida ikki oy oldin maʼmuriy reglament loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihalari 2021 — 2023-yillar Masʼul vazirlik va idoralar O. Umarov, tarkibiy boʻlinma rahbarlari 9. FHDY organlari tomonidan qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har bir fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali koʻrish imkoniyatini yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2022-yil 1-iyun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) O. Umarov, Sh. Rajabbayev 10. Shaxsning oʻlimini qayd qilish boʻyicha kompozit xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-dekabr Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) D. Kalandarov, M. Vaxobov, Sh. Rajabbayev 11. “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimining (OneID) yangi talqinini hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqish. Bunda, masofaviy identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻyish, davlat xizmatidan foydalanishda shaxsni mobil aloqa telefoni orqali tasdiqlash, davlat xizmatlarini koʻrsatish holati toʻgʻrisida abonentlarga SMS-xabar yuborish imkoniyatini yaratish. Kompleks chora-tadbirlar 2021-yil 15-oktabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat xizmatlari agentligi (U. Muxammadiyev) O. Umarov, Sh. Rajabbayev 12. Respublika hududidagi barcha davlat xizmatlari markazlari (ularning filiallari) hamda FHDY organlarini Internet tarmogʻi hamda himoyalangan VPN tarmogʻiga Toshkent shahri uchun moʻljallangan eng arzon tariflar boʻyicha ulash va xizmat koʻrsatilishini taʼminlash. Kompleks chora-tadbirlar 2021-yil 1-sentabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) O. Umarov, Sh. Rajabbayev 13. Jismoniy shaxslarning daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash xizmatlaridan davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali foydalanishini yoʻlga qoʻyish. Amaliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-dekabr Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov) D. Xolmurodov, Sh. Rajabbayev 15. Fuqarolarning mehnat daftarchalari yaroqsiz holatga kelganligi yoki yoʻqolganlik holatlarida qonunchilik hujjatlarida tegishli davrlardagi mehnat stajlarini tiklash tartiblari yoki yechimlari belgilanmaganligi tufayli yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi davlat arxivlarida saqlanayotgan tashkilotlarning hujjatlari boʻyicha yozuvlarni tasdiqlash yuzasidan arxivlar tomonidan pullik davlat xizmatlarini joriy etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-noyabr “Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov), manfaatdor vazirlik va idoralar O.Umarov, tarkibiy boʻlinma rahbarlari 16. Davlat xizmatlari markazi va YIDXPda avtomototransport vositalariga berilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgisi orqali “avtomobil tarixi” maʼlumotlarini (davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yoʻl transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida) shartnomaviy asosda aniqlash davlat xizmatini yoʻlga qoʻyish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-dekabr Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) X. Berdibayev, D. Kalandarov, Sh. Rajabbayev 17. Kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlarni (gaz, elektr, issiq suv, ichimlik suv va oqova suv tizimi taʼminotlari) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga bogʻlash, bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida noyob raqamdan foydalangan holda xizmat koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-dekabr Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (A. Sultanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Kadastr agentligi (F. Umarov) O. Umarov, Sh. Abidov, A. Jumanazarov, D. Xolmurodov 18. Advokatlik guvohnomasini berish, yoʻqotilgan va yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangisini berish davlat xizmati muddatlari hamda talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil 1-sentabr Adliya vazirligi (R. Davletov), Advokatlar palatasi (A. Ernazarov) D. Kalandarov, M. Yakubov 19. Chet tili oʻqituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish. Bunda, test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchilarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha test sinovidan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma berish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil 1-yanvar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (M. Karimov) B. Musayev, M. Vaxobov 20. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan boj, yigʻim va pullik xizmatlarni qayta koʻrib chiqish: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2095-son qarorini toʻliq qayta koʻrib chiqish va soddalashtirish; Oʻzbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun undiriladigan boj, yigʻim va pullik xizmatlarni qisqartirish, ayrim xizmatlarni bepul asosda koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2022-yil 1-yanvar Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) S. Umurzakov, F. Raximov, D. Xolmurodov 21. Koʻchmas mulk obyektlarini kadastr raqamlariga bogʻlanishi hamda ularni Yagona manzillar reyestri bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-noyabr Kadastr agentligi (F. Umarov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Sh. Xidoyatov), Energetika vazirligi (A. Sultonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) O. Umarov, D. Xolmurodov, Sh. Abidov, A. Jumanazarov 22. Koʻchar madaniy meros obyektlarini aholiga yaqindan tanishtirish, tarixiy meroslarimiz boʻyicha aholi xabardorligini oshirish maqsadida ushbu obyektlarni xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilgan holda Qo?aqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining kamida bittadan tumanida (shahrida) vaqtinchalik davlat xizmatlari markazlariga joylashtirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-oktabr Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Adliya vazirligi (R. Davletov) A. Abduxakimov, O. Qudratov 23. 2022 — 2026-yillarda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2021-yil 1-dekabr Adliya vazirligi (R. Davletov) D. Kalandarov, M. Yakubov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 6-ILOVA
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi komissiyasi
TARKIBI
1. A.N. Aripov ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika ishchi komissiyasi raisi 2. O.M. Umarov ― Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi, Respublika ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari 3. R.K. Davletov ― adliya vaziri, Respublika ishchi komissiyasi raisi oʻrinbosari 4. D.N. Kalandarov ― Vazirlar Mahkamasi Yuridik taʼminlash boshqarmasi boshligʻi 5. P.R. Bobojonov ― ichki ishlar vaziri 6. T.A. Ishmetov ― moliya vaziri 8. O.A. Pekos ― Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari 9. F.K. Umarov ― Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori 10. S.M. Xolxoʻjayev ― iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari 11. Lavozimi boʻyicha ― Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi, Respublika ishchi komissiyasi kotibi
Izoh: Respublika ishchi komissiyasi tarkibi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISHLAR VA QOʻSHIMCHA
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5278-son Farmoniga 3-ilovadagi “2021-yil 1-avgustga qadar” soʻzlari “2021-yil 1-sentabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5997-son Farmoniga 2-ilovaning 5-pozitsiyasidagi “2021-yil noyabr” soʻzlari “2022-yil may” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6012-son Farmoniga 2-ilovaning 30-pozitsiyasidagi “2021-yil noyabr” soʻzlari “2022-yil may” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6065-son Farmonida:
a) 2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish;
identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzildagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga hamda davlat xizmatlari markazlariga, almashtirish uchun esa oʻz ixtiyoriga koʻra xohlagan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga hamda davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratish”;
b) 2-ilovada:
2-bandning oltinchi xatboshisi “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari” soʻzlaridan keyin “hamda davlat xizmatlari markazlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ilovaning “2-bosqich” pozitsiyasining “Subyektlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Maʼlumotlarni yigʻish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari)”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-son qarori bilan tasdiqlangan Baholovchi tashkilotlar va baholovchilar toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandidagi “50” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 24-dekabrdagi PQ-2095-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi konsullik yigʻimlari tarifi rus tilidagi matni 12-moddasidan “plyus 5 dollarov SSHA za gerboviy blank” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlangan Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida nizomning 52-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ikki baravari” soʻzlari “10 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarori 5-bandidagi “oʻn baravari” soʻzlari “yetti baravari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandida:
ikkinchi va oʻninchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi — toʻqqizinchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4913-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari nodavlat taʼlim sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan oʻquv markazlari tomonidan beriladigan va koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga ega boʻlishi shart;”.
12. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-noyabrdagi 403-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston qoʻshiq bayrami toʻgʻrisidagi nizomning “Buyurtmalar berish tartibi” boʻlimida:
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 45-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 9-bandda:
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 14-bandda:
ikkinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 36-bandda:
ikkinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari toʻgʻrisidagi nizomning 52-bandida:
uchinchi, toʻrtinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 338-son qaroriga 1-ilova 14-bandi va 2-ilova 10-bandining birinchi xatboshilaridagi “oʻn” soʻzi “yetti” soʻzi bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
8-bandda:
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
45-bandning ikkinchi xatboshisidan “, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma) nusxasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan “Akademik harakatchanlik” dasturini shakllantirish, amalga oshirish, moliyalashtirish va monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Loyihaga nomzodning maʼlumotnoma-obyektivkasi (anketa) ilova qilinadi”.
Izoh:
1) mazkur ilovaning 5 va 8-bandlari 2021-yil 1-dekabrdan boshlab kuchga kiradi;
2) mazkur ilovaning 4, 6 va 9-bandlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
