Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-5198-son)
26.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish, shoshilinch tibbiy yordamni oʻz vaqtida koʻrsatish hisobiga fuqarolar hayotini saqlab qolish va ularning faol mehnat qobiliyatini tiklashga imkoniyat yaratish, bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash hamda nefrologiya va gemodializ yordamini koʻrsatish tizimini yanada yaxshilash maqsadida:
1. 2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida 35 ta Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) 1-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
“oltin soat” tamoyili asosida qoʻshma shikastlanishlar hamda oʻtkir qon-tomir kasalliklari bilan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish;
oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi mavjud bemorlarga gemodializ xizmatini koʻrsatish;
Markazlarga biriktirilgan tuman (shahar)lar aholisiga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda tibbiy xizmat koʻrsatish.
3. Belgilansinki, Markazlarga:
hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam va umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida 50 tadan 60 tagacha oʻrinlar ajratiladi;
hududiy sogʻliqni saqlash muassasalari shtat birliklari doirasida qoʻshimcha neyroxirurg, nevrolog, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog va boshqa shtatlar kiritiladi;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi.
Markazlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi (U. Sobirov) Moliya vazirligi (J. Abruyev) bilan birgalikda Markazlarning tashkil etilishi munosabati bilan talab etiladigan qoʻshimcha shtat birliklari hamda ularga zarur boʻlgan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Markazlarni malakali kadrlar bilan taʼminlash, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq moliyaviy, moddiy-texnik va boshqa tashkiliy masalalarni oʻz vaqtida hal qilish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4887-son qaroriga muvofiq:
6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan;
2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan;
homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan;
35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2021 — 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
hududlarning umumiy oʻrinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ boʻlimlarini 50 oʻringacha yetkazish;
dializ apparatlari va sarflash vositalarini xarid qilish;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy tibbiyot taʼlim muassasalarida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
oʻn kun muddatda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarning profilaktik maxsus preparatlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash va ushbu preparatlarni taqsimlash hamda yetkazish tartibini tasdiqlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan:
sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga — ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil etish uchun;
sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosarlari A.Sh. Inoyatovga gemodializ xizmatini yuqori darajada koʻrsatish, U.Yu. Sobirovga Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish, E.I. Basitxanovaga bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan taʼminlash uchun;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning hududlarda sifatli ijro etilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Qarorning oʻz vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Toʻychiyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-iyul,
PQ-5198-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga 1-ILOVA
2021-2022-yillar davomida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida bosqichma-bosqich tashkil etiladigan tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari
ROʻYXATI
T/r T/r Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etiladigan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlar 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. 1. Toʻrtkoʻl tuman tibbiyot birlashmasi Beruniy tumani, Toʻrtkoʻl tumani, Ellikqalʼa tumani 2. 2. Qoʻngʻirot tuman tibbiyot birlashmasi Moʻynoq tumani, Shumanay tumani, Qonlikoʻl tumani, Qoʻngʻirot tumani 3. 3. Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi Boʻzatov tumani, Kegeyli tumani, Taxtakoʻpir tumani, Chimboy tumani, Qoraoʻzak tumani 2. Andijon viloyati 4. 1. Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi Baliqchi tumani, Buloqboshi tumani, Ulugʻnor tumani, Shahrixon tumani 5. 2. Qoʻrgʻontepa tuman tibbiyot birlashmasi Jalaquduq tumani, Xonobod shahri,Xoʻjaobod tumani, Qorasuv tumani, Qoʻrgʻontepa tumani 3. Buxoro viloyati 6. 1. Qorakoʻl tuman tibbiyot birlashmasi Jondor tumani, Olot tumani, Qorakoʻl tumani 7. 2. Romitan tuman tibbiyot birlashmasi Buxoro tumani, Gazli shahri, Peshku tumani, Romitan tumani 8. 3. Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi Vobkent tumani, Shofirkon tumani, Gʻijduvon tumani 4. Jizzax viloyati 9. 1. Gʻallaorol tuman tibbiyot birlashmasi Baxmal tumani, Gʻallaorol tumani 10. 2. Doʻstlik tuman tibbiyot birlashmasi Arnasoy tumani, Doʻstlik tumani, Zafarobod tumani, Mirzachoʻl tumani 11. 3. Zomin tuman tibbiyot birlashmasi Zarbdor tumani, Zomin tumani, Yangiobod tumani 5. Qashqadaryo viloyati 12. 1. Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasi Kitob tumani, Chiroqchi tumani, Shahrisabz tumani, Shahrisabz shahri, Yakkabogʻ tumani 13. 2. Gʻuzor tuman tibbiyot birlashmasi Dehqonobod tumani, Qamashi tumani, Qarshi tumani, Gʻuzor tumani 14. 3. Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi Kasbi tumani, Koson tumani, Mirishkor tumani, Muborak tumani, Nishon tumani 6. Navoiy viloyati 15. 1. Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi Zarafshon tumani, Tomdi tumani,Uchquduq tumani 7. Namangan viloyati 16. 1. Uchqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasi Norin tumani, Uychi tumani, Uchqoʻrgʻon tumani 17. 2. Pop tuman tibbiyot birlashmasi Mingbuloq tumani, Pop tumani, Chust tumani 8. Samarqand viloyati 18. 1. Urgut tuman tibbiyot birlashmasi Urgut tumani, Toyloq tumani 19. 2. Bulungʻur tuman tibbiyot birlashmasi Bulungʻur tumani, Jomboy tumani 20. 3. Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi Ishtixon tumani, Kattaqoʻrgʻon tumani, Kattaqoʻrgʻon shahri, Nurobod tumani, Payariq tumani, Qoʻshrabot tumani 21. 4. Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi Narpay tumani, Paxtachi tumani 9. Surxondaryo viloyati 22. 1. Denov tuman tibbiyot birlashmasi Denov tumani, Oltinsoy tumani, Shoʻrchi tumani 23. 2. Sherobod tuman tibbiyot birlashmasi Bandixon tumani, Boysun tumani, Muzrabot tumani, Sherobod tumani, Qiziriq tumani 24. 3. Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi Sariosiyo tumani, Uzun tumani 10. Sirdaryo viloyati 25. 1. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi Mirzaobod tumani, Oqoltin tumani, Sardoba tumani 26. 2. Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi Sayxunobod tumani, Sirdaryo tumani 11. Toshkent viloyati 27. 1. Angren shahar tibbiyot birlashmasi Angren shahri, Olmaliq shahri, Ohangaron tumani, Ohangaron shahri 28. 2. Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi Bekobod tumani, Bekobod shahri, Boʻka tumani 29. 3. Boʻstonliq tuman tibbiyot birlashmasi Boʻstonliq tumani, Chirchiq shahri, Qibray tumani 30. 4. Chinoz tuman tibbiyot birlashmasi Oqqoʻrgʻon tumani, Chinoz tumani, Yangiyoʻl tumani, Yangiyoʻl shahri, Quyichirchiq tumani 12. Fargʻona viloyati 31. 1. Bagʻdod tuman tibbiyot birlashmasi Bagʻdod tumani, Buvayda tumani, Rishton tumani, Uchkoʻprik tumani 32. 2. Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi Yozyovon tumani, Toshloq tumani, Quva tumani, Qoʻshtepa tumani 33. 3. Qoʻqon shahar tibbiyot birlashmasi Beshariq tumani, Dangʻara tumani, Furqat tumani, Qoʻqon shahri, Oʻzbekiston tumani 13. Xorazm viloyati 34. 1. Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi Gurlan tumani, Shovottumani, Yangibozor tumani 35. 2. Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi Bogʻot tumani, Tuproqqalʼa tumani, Hazorasp tumani 35 ta markaz 126 ta tuman (shahar)lar
Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligi tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlariga biriktirilgan tuman va shaharlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga 2-ILOVA
Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish
CHORA-TADBIRLARI REJASI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Bajarish muddati Mablagʻ Moliyalashtirish manbalari Ijrochilar I. Tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 1. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) bosqichma-bosqich tashkil etish. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 15-avgust - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 2. Markazlarga biriktirilgan tuman va shaharlar aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 15-avgust - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 3. Markazlar uchun hududlarning aholi sonidan kelib chiqqan holda, shoshilinch tibbiy yordam hamda umumiy jarrohlik boʻlimlarining umumiy oʻrinlari soni doirasida qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish. Qoʻshma qaror 2021-yil 1-sentabr 71,7 mlrd soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 4. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hududiy filiallarining shtat birliklarini yangi tahrirda tasdiqlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 1-sentabr - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 5. Markazlarni tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan jihozlash standartlarini tasdiqlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 15-avgust - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) II. Tibbiy xizmat koʻrsatish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash 6. Markazlarni jihozlash uchun 34 turdagi tibbiy texnika va tibbiy buyumlar bilan jihozlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-2022-yillar davomida 37,76 mln AQSH doll. Jahon bankining “Oʻzbekistonda koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralar koʻrish” loyihasi doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev) 7. Markazlarni jihozlash uchun xarid qilinayotgan yuqori texnologik tibbiy texnikalarni (kompyuter tomografi va boshqalar) oʻrnatish uchun xonalarni moslashtirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-sentabr Hisob-kitoblar asosida Mahalliy budjet mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) III. Tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish 8. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qoshida zamonaviy oʻquv-simulyatsion markazi faoliyatini tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 1-sentabr Hisob-kitoblar asosida Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 9. Markazlar xodimlarini shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida tayyorlash va malakasini rejali oshirish. Reja-jadval Doimiy 1,03 mlrd soʻm Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) 10. Markazlarga oʻquv va konsultatsiya jarayoniga chet el mutaxassislarini jalb qilish va mahalliy mutaxassislarni yetakchi xorijiy tibbiyot markazlari klinikalarida oʻqitish va malakasini oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil davomida Hisob-kitoblar asosida Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 11. Markazlar xodimlari uchun shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha seminarlar, konferensiyalar, treninglar hamda vebinarlar oʻtkazish. Reja-jadval Doimiy Hisob-kitoblar asosida Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari rejasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 72,6 mlrd soʻm va 37,7 mln AQSH dollari. shundan: mlrd soʻmda mln AQSH dollarida Davlat budjeti mablagʻlari 72,6 shu jumladan: mahalliy budjet mablagʻlari 71,7 ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari 1,03 xalqaro moliya institutlari, xorijiy donor davlatlar kreditlari va grantlari 37,7
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga 3-ILOVA
2021 — 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Bajarish muddati Mablagʻ Moliyalashtirish manbalari Ijrochilar 1. 6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 2022-yil 2023-yil 26,1 mlrd soʻm 51,4 mlrd soʻm 59,2 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. 2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 2022-yil 2023-yil 2,3 mlrd soʻm 4,5 mlrd soʻm 5,3 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 3. 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan bepul taʼminlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 1-avgustdan boshlab 2022-2023-yillar - YUNISEF mablagʻlari (kelishuvga koʻra) Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi 4. Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalarni, yod preparati bilan bepul taʼminlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2022-yil 1-iyuldan boshlab 2023-yil 6,7 mlrd soʻm 15,3 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari (kelishuv asosida) 5. 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2022-yil 1-iyuldan boshlab 2023-yil 28,4 mlrd soʻm 65,3 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), JSST va YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari (kelishuv asosida) 6. Zamonaviy texnologiyalar asosida mikronutriyentlar yetishmasligini aniqlash va uning oldini olish boʻyicha ilmiy loyihalarni tanlovga berish. Amaliy chora-tadbirlar 2021 — 2023-yillar Hisob-kitoblar asosida Xalqaro moliya institutlari grant mablagʻlari, homiylik mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) 7. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan mahalliy telekanal, radio va gazetalar orqali 16 yoshgacha bolalar, 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarga polivitamin maxsus komplekslarini hamda bolalar uchun parazitar kasalliklarga qarshi dori vositalarini qabul qilishning muhimligi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish. Amaliy chora-tadbirlar 2021 — 2023-yillar - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev) 8. Dori vositalarining asosli va aniq tarzda taqsimlanishini, yetkazib berilishi va ayollarga hamda bolalarga ajratilishini tizimli ravishda nazorat qilish va monitoringini olib borish. Amaliy chora-tadbirlar Doimiy ravishda - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (Mamatov) 2021 — 2023-yillarda bolalar, tugʻish yoshidagi, homilador va bola emizuvchi ayollarni profilaktik dori vositalari bilan bepul taʼminlash chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 264,5 mlrd soʻm. shundan: mlrd soʻmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari 264,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi PQ-5198-son qaroriga 4-ILOVA
Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada yaxshilash
CHORA-TADBIRLARI REJASI
T/r Tadbirlar nomi Amalga oshirish shakli Bajarish muddati Mablagʻ Moliyalashtirish manbalari Ijrochilar I. Nefrologik kasalliklarning oldini olish, erta diagnostika qilish va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish 1. Davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida gemodializ tibbiy muassasalar faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2022-yil 31-dekabr - Respublika budjetidan markazlashgan tadbirlar uchun ajratilgan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 2. Hududlar ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarning umumiy oʻrinlar fondi hisobidan nefrologiya va gemodializ boʻlimlarini 50 oʻringacha yetkazish. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 1-sentabr - Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 3. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi Tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarga diagnostika va davolash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 1-sentabr - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) II. Nefrologik xizmat koʻrsatish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash 4. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi binolarini qurish va rekonstruksiya qilish. 1. Tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida 1-bosqich “3 va 4-blok”lar hamda yordamchi binolarni qurish ishlarini yakunlash. 2021-yil 31-dekabr 40,0 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) 2. 2022-yilda 2-bosqich mavjud bino, inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish. 2022-yil 31-dekabr 20,0 mlrd soʻm 5. Respublikadagi gemodializ muolajasiga muhtoj bemorlarni dializ apparatlari va unga mos ravishda boshqa sarflash vositalarini xarid qilish orqali tibbiy xizmat bilan bepul qamrab olishni taʼminlash. Jumladan: Tashkiliy chora-tadbirlar 2021-yil 31-dekabr Jami: 137,8 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 100 ta sunʼiy buyrak apparati; 25,4 mlrd soʻm 33 ta suv tozalash moslamasi, 44 ta mikser; 9,8 mlrd soʻm 665 280 ta komplekt dializator. 102,6 mlrd soʻm III. Nefrologik xizmatning yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, nefrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish 6. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida nefrologiya va gemodializ kafedralari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov) 7. Nefrologiya va gemodializ boʻyicha kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-yil 1-sentabr - - Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) 8. Hududiy nefrologiya va gemodializ boʻlimlari hamda ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlarini 2021 — 2025-yillar davomida malaka oshirish uchun xorijiy yetakchi tibbiyot hamda ilmiy muassasalarga, shu jumladan Germaniya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasining ilgʻor nefrologiya markazlariga yuborish boʻyicha manzilli parametrlarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Reja-jadval 2021 — 2025-yillar davomida Hisob kitoblarga koʻra Har yili Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov) 9. Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish markazida dializ hamshiralarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab - Har yili Respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev) 10. Nefrologiya, gemodializ va transplantologiya yoʻnalishlarida, birinchi navbatda, nefrologik kasalliklarni erta tashxislashda mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. 1. Belgilangan tartibda ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga takliflar taqdim etish. 2. Ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish. 3. Tanlov natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish 2021 — 2023-yillar davomida Hisob-kitoblarga muvofiq Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
Aholiga koʻrsatilayotgan nefrologiya va gemodializ yordamini yanada yaxshilash chora-tadbirlari rejasini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 197,8 mlrd soʻm.
