Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 25-martdagi 142-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari”ga oid 1992-yil 16-iyundagi 291-son qarorlari haqida (265-son)
27.05.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 26-maydagi Farmoniga binoan hamda Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari Kengashining tuzilganligini eʼtirof etib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasining faoliyati tugatilsin.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 25-martdagi 142-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari”ga oid 1992-yil 16-iyundagi 291-son qarorlari bekor qilinsin.
2. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-maʼrifat aloqalar milliy uyushmasining ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari va kontraktlari hamda unga tegishli mol-mulk va mablagʻlarning huquqiy vorisi hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 27-may,
265-son
