Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1080-son)
02.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
1080-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1080-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-bandda:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylov oʻtkaziladigan yilning birinchi choragida saylov komissiyalarining xarajatlar smetalari MSK tomonidan quyidagi tartibda tuziladi”;
b) “v” kichik band quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan almashtirilsin:
“v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov boʻyicha — hududiy okrug saylov komissiyalarining xarajatlar smetasi tuziladi hamda tegishincha hududiy moliya organlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi hududiy saylov komissiyasi raisiga, ikkinchi imzo huquqi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bosh buxgalteriga tegishli boʻladi;
g) xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha — tuman, shahar saylov komissiyalarining xarajatlar smetasi tuziladi hamda tegishincha hududiy moliya organlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo huquqi tuman, shahar saylov komissiyasi raisiga, ikkinchi imzo huquqi tegishincha tuman, shahar hokimliklarining bosh buxgalteriga tegishli boʻladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilganda, hududiy saylov komissiyalarining xarajatlar smetasiga tuman va shaharlar kesimidagi saylov komissiyalari xarajatlari yoyilmasi ilova qilinadi (uchastka saylov komissiyalari boʻyicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinmaydi).”.
2. 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir xarajatlarning jamlanma smetasini oʻn kunlik muddat ichida roʻyxatdan oʻtkazadi”.
3. 15-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻyicha — OSK va USK xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus hisob raqami orqali”.
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablagʻlarini nomzodlar va ularning ishonchli vakillari ishini tashkil etish, umumpartiyaviy va boshqa saylovoldi tashviqoti tadbirlarini tashkillashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlaydi”.
5. 25 — 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida saylov komissiyasi aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar qoʻllaniladi.
26. Saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa aʼzosi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ozod qilinishi mumkin.
Agar xodim va ish beruvchining oʻzaro kelishuvida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.
Bunda, saylov oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqini toʻlash quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
komissiya aʼzosining (rais, rais oʻrinbosari, kotib yoki komissiyaning boshqa aʼzosi) oylik ish haqisini tasdiqlaydigan maʼlumotnoma;
birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega shaxslar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq toʻldiriladigan maʼlumotnoma;
saylov komissiyasi aʼzosining (rais, rais oʻrinbosari, kotib yoki komissiyaning boshqa aʼzosi) asosiy ish joyidagi ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilganligini tasdiqlaydigan saylov komissiyasining qarori.
27. Saylov jarayonlarida saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega boʻlmagan aʼzolariga, shu jumladan pensionyerlarga mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq:
OSK raisiga 12-razryad, rais oʻrinbosariga 11-razryad, kotib va boshqa aʼzolariga 10-razryad boʻyicha;
USK raisiga 11-razryad, rais oʻrinbosariga 10-razryad, kotib va boshqa aʼzolariga 9-razryad boʻyicha ish haqi hisoblanadi.
Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega shaxslar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 4a-ilovasiga muvofiq toʻldiriladigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
28. Saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolariga saylov jarayonlari uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan bir martalik kompensatsiya (ovqatlanish, transport va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida) toʻlab beriladi. Bunda toʻlov:
saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravarida;
saylov komissiyasi boshqa aʼzolariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,5 baravarida amalga oshiriladi.
Ushbu toʻlovlar imzo huquqiga ega saylov komissiyalari raislari va hokimliklar bosh buxgaltyerlari tomonidan tasdiqlangan mazkur Yoʻriqnomaning 4b-ilovasida keltirilgan shakldagi roʻyxat boʻyicha saylov komissiyalari aʼzolariga toʻlanadi.
Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish saylov kuniga uch kun qolganga qadar toʻliq taʼminlanadi.”.
6. 41-band quyidagi taxrirda bayon etilsin:
“41. Siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun oʻziga ajratilgan davlat mablagʻlari yuzasidan oraliq hisobotini saylov kuniga 5 kun qolguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq taqdim etadi.
Saylov natijalari eʼlon qilingandan keyin moliyalashtirilgan, foydalanilgan va qaytarilgan mablagʻlar harakati boʻyicha hisobotlar:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli moliya bosh boshqarmalariga va MSKga yigirma kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yigirma besh kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 8-9-ilovalariga muvofiq;
v) siyosiy partiyalar tomonidan yakuniy hisobotni MSKga yigirma kundan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 10, 10a, 10b, 10v-ilovasiga muvofiq;
g) MSK tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga bir oydan kechiktirmasdan mazkur Yoʻriqnomaning 8 — 11-ilovalariga muvofiq hisobot maʼlumotlari jamlangan holda taqdim qilinadi”.
7. 3 — 10-ilovalar quyidagi mazmundagi 3 — 11-ilovalar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga saylovlarni moliyalashtirish
sxemasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylovlar Moliya vazirligi Moliya vazirligi Markaziy saylov Komissiyasi Hududiy moliya boshqarmalari Hududiy moliya boshqarmalari Markaziy saylov Komissiyasi Hududiy moliya boshqarmalari MSKning markazlashgan xaridlari va boshqa xarajatlari Siyosiy partiyalarga OSK-okrug saylov komissiyalari — 14 ta (Imzo huquqi: OSK raisi 1-imzo, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bosh buxgalteri 2-imzo) OSK hududiga tegishli USK xarajatlari tuman, shahar hokimliklari buxgaltyerlari koʻmagida amalga oshiriladi. Tuman (shahar) moliya boʻlimlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari — 14 ta (Imzo huquqi: komissiya raisi 1-imzo, QR Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xokimliklari bosh buxgalteri 2-imzo). Hududdagi tegishli tuman(shahar) hokimligining Mahalliy kengashlar saylovi boʻyicha alohida gʻazna hisob raqamiga tuman(shahar) saylov komissiyalari kesimida oʻtkaziladi. OSK-okrug saylov komissiyalari — 150 ta (Imzo huquqi: OSK raisi 1-imzo, okrug joylashgan hududdagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari bosh buxgalteri 2-imzo). Okrug joylashgan hududdagi tegishli tuman (shahar) hokimligining Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha alohida gʻazna hisob raqamiga USKlari kesimida oʻtkaziladi. USK-uchastka saylov komissiyalari — Komissiya aʼzolarining ishga jalb etilishi shartlaridan kelib chiqib, USK raisi va tegishli tuman (shahar) hokimliklari buxgaltyerlari tomonidan birgalikda komissiya aʼzolari mehnatiga xaq boʻyicha toʻlovlar amalga oshiriladi. Tuman (shahar) hokimliklari (Imzo huquqi: Tuman (shahar) saylov komissiyasi r?isi 1-imzo, tegishli hokimlik bosh buxgalteri 2-imzo). Roʻyxatga muvofiq komissiya aʼzolarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirilishini taʼminlaydi. MSKning markazlashgan xaridlari va boshqa xarajatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman, okrug va uchastka saylov komissiyalari aʼzolarining mehnatiga xaq toʻlanishi boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
T/r F.I.O. Ish joyi Komissiyadagi lavozimi Tabel asosida ish haqi hisoblanadigan komissiya aʼzolari* Xodimning shaxsiy maʼlumotlari Asosiy ish joyida vazifasidan toʻliq ozod etilganligi toʻgʻrisida buyruq raqami, sanasi Asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot Saylov komissiyasi aʼzolari uchun hisoblangan oʻrtacha ish haqi Pasport raqami, seriyasi STIR INPS Telefon raqami * Izoh: Komissiya aʼzolarining ish haqi toʻlovlari saylov yakunlangandan keyin tegishli komissiya raislari tomonidan taqdim etilgan aʼzolarning haqiqiy ishlagan kunlari qayd etilgan tabellar asosida amalga oshiriladi. Rahbar F.I.O Bosh hisobchi F.I.O
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4a-ILOVA
Okrug va uchastka saylov komissiyalarida doimiy ish joyiga ega boʻlmagan fuqarolar va ishsiz pensionyerlar uchun mehnatga haq toʻlanishi boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
T/r F.I.O Tabel asosida ish haqi hisoblanadigan komissiya aʼzolari* Xodimning shaxsiy maʼlumotlari Komissiyadagi lavozimi Komissiya aʼzolarining razryadi** Pasport raqami, seriyasi STIR INPS Telefon �aqami * Izoh: Komissiya aʼzolarining ish haqi toʻlovlari saylov yakunlangandan keyin tegishli komissiya raislari tomonidan taqdim etilgan aʼzolarning haqiqiy ishlagan kunlari qayd etilgan tabellar asosida amalga oshiriladi. ** Izoh: okrug komissiyasi raisiga 12-razryad boʻyicha, rais oʻrinbosariga 11-razryad boʻyicha, kotib va komissiyaning boshqa aʼzolariga 10-razryad boʻyicha uchastka saylov komissiyasi raisiga 11-razryad boʻyicha, rais oʻrinbosariga 10-razryad boʻyicha, kotib va boshqa aʼzolariga 9-razryad boʻyicha ish haqi hisoblanadi. Rahbar Bosh hisobchi F.I.O F.I.O
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4b-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha
MAʼLUMOTNOMA
T/r F.I.O Komissiyadagi lavozimi Kompensatsiya toʻlovi miqdori Xodimning shaxsiy maʼlumotlari Pasport raqami, seriyasi STIR INPS Telefon raqami Rahbar Bosh hisobchi F.I.O F.I.O
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 6-ILOVA
____________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar) saylov komissiyalari tomonidan hokimlik, tashkilot va muassasalarga saqlash uchun topshirilgan tovar-moddiy qimmatliklar roʻyxati (tuman (shahar) uchastka kesimida)
MAʼLUMOTNOMA
T/r Hududlar nomi Moddiy qimmatliklar tegishli boʻlgan komissiya nomi Moddiy qimmatliklar topshirilgan tashkilot yoki muassasa nomi Tovar moddiy qimmatliklarning saqlashga topshirilgan miqdori, dona Telefon raqami Muhr, dumaloq rezinali Muhr, dumaloq misdan, surgʻuch uchun Davlat bayrogʻi (ichki) Davlat bayrogʻi (tashqari) Flagshtok (ichki) Flagshtok (tashqari) Davlat gerbi Saylov qutisi (katta) Saylov qutisi (kichik) Saylov qutisi (koʻchma) Saylov kabinasi (4-talik) pardasi bilan Saylov kabinasi (3-talik) pardasi bilan Saylov kabinasi (2-talik) pardasi bilan Hudud boʻyicha jami Tuman va shaharlar (yoki uchastkalar) kesimida yoyiladi Izoh: Ushbu jadval moddiy javobgarlikka topshirilgan tovar moddiy qimmatliklarning turlaridan kelib chiqqan xolda oʻzgarishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman, okrug va uchastka saylov komissiyalari raislari (tegishlicha) imzo F.I.O. Komissiya joylashgan hududdagi tegishli hokimlik bosh hisobchilari imzo F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
________________________partiyasi tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan
ORALIQ HISOBOTI
ming soʻmda Xarajatlar turlari Aniqlangan smeta boʻyicha ajratilgan mablagʻlar Moliyalashtirilgan mablagʻlar Kassa xarajati Natura koʻrinishidagi davlat koʻmagi* Jami xarajatlar I. Saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablagʻlar II. Saylovoldi tashviqotiga sarflangan mablagʻlar, shu jumladan 1. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti, shu jumladan 1.1. Televideniye orqali tashviqot 1.2. Radio orqali tashviqot 1.3. Telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot 1.4. Bosma nashrlarda saylovoldi tashviqoti 2. Tarqatma materiallar orqali saylovoldi tashviqoti 2.1. Tashqi reklama orqali tashviqot, shu jumladan audiovizual materiallar, fonogrammalar, bannyerlar va boshqalarni ishlab chiqarish 2.2. Bosma va boshqa koʻrgazmali tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar, taqvimlar, nishonlar va boshqalar) ishlab chiqarish 3. Saylovchilar bilan uchrashuvlar orqali tashviqot 3.1. Nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining, saylovoldi tashviqot guruhlari va boshqalarning xizmat safari xarajatlarini qoplash 3.2. Binolarni ijaraga olish va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash 4. Saylovoldi tashviqotining boshqa shakllari va usullari (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) III. Siyosiy partiyalar hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi IV. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti boshlanishidan oldin targʻibot materiallari tayyorlash uchun ishlatilgan, keyinchalik esa saylov kampaniyasi uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilgan shaxsiy mablagʻlari Jami Izoh: * Davlat tomonidan natura shaklida qoʻllab-quvvatlash sifatida olingan mol-mulk, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar belgilangan taʼriflarning oʻrtacha bozor qiymati asosida pul shaklida ifodalanadi. Rahbar Bosh hisobchi F.I.O. F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Smeta xarajatlarining ijrosi haqida
HISOBOT
20 ___ yil __________________ holatiga Tashkilotning nomi ___________________________________________________________________________ Hisobot davri: Yillik, 1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr holatiga Oʻlchov birligi: ming soʻm/mln. soʻm (keraksizi oʻchirilsin) Vazirlik ___________________________________________________________________________ Boʻlim ____________ bob _________ § ________ Xarajatlar turi _____________________________________________________________ Koʻrsatkichlar Koʻrsatkichlar kodi Qator kodi Aniqlangan yillik smeta boʻyicha Hisobot davri uchun moliyalashtirilgan Kassa xarajati jami Haqiqiy xarajatlar Ish haqi — jami (02+03+04) 01 1 00 01 Ish haqi 01 1 10 02 Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida komissiya aʼzolariga kompensatsiya toʻlovlari 01 1 10 03 Hammasi I guruh boʻyicha X 04 Ish beruvchilarning ajratmalari 02 110 05 Hammasi II guruh boʻyicha (09-qator) X 06 Xizmat safarlari xarajatlari 01 300 07 X Telefon, telekommunikatsiya va axborot xizmatlari xarajatlari — jami (20-21 qatorlar) 01 5 00 08 X Telefon, telegraf xizmatlari xarajatlari 01 5 10 09 Internet Axborot va kommunikatsiya xizmatlari xarajatlari 01 5 20 10 Kompyuter texnikasi va jihozlarini joriy taʼmirlash xarajatlari 01 6 20 11 Benzin va boshqa YoMM xarajatlari 01 7 50 12 X Oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish xarajatlari 01 8 30 13 X Boshqa joriy xarajatlar 01 9 90 14 Jami IV guruh boʻyicha (07+08+09+10+11+12+13+14-qatorlar) 15 Saylov komissiyasida hisobot choragining oxirgi kuniga tejab qolingan (ishlatilmay qolgan) va budjetga qaytarilgan mablagʻlar 16 X Xarajatlarning hammasi (08+10+74+75-qatorlar): 17 Rahbar ______________________ Bosh hisobchi _____________________ (imzo) (imzo) M.Oʻ. “____”__________________ 20___ yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
_________________________ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tuman, shahar, okrug) saylov komissiyalari tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha
HISOBOT
ming soʻmda T/r Tuman va shahar hokimliklari nomi Aniqlangan smeta boʻyicha xarajatlar Moliyalashtirildi Kassa xarajati Haqiqiy xarajati Budjetga qaytarilgan mablagʻ 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Hudud boʻyicha jami Mos ravishda Tuman va shaharlar kesimida yoyiladi Izoh: Ushbu jadval Prezident saylovi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchun alohida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari uchun alohida toʻldiriladi. Moliya organlari rahbarlari (yoki okrug raislari tegishlicha) F.I.O. Bosh hisobchi F.I.O .
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
_______________Siyosiy partiya tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan
YAKUNIY JAMLANMA HISOBOTI
ming soʻmda Xarajatlar turlari Aniqlangan smeta boʻyicha ajratilgan mablagʻlar Moliyalashtirilgan mablagʻlar Kassa xarajati Haqiqiy xarajati Natura koʻrinishidagi davlat koʻmagi* MSKga qaytarilgan mablagʻlar Jami xarajatlar Shundan I. Siyosiy partiyaning markaziy kengashi tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar II. Siyosiy partiyaning hududlardagi kengashlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar Shundan 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Navoiy viloyati 6. Namangan viloyati 7. Samarqand viloyati 8. Sirdaryo viloyati 9. Surxondaryo viloyati 10. Toshkent viloyati 11. Fargʻona viloyati 12. Xorazm viloyati 13. Qashqadaryo viloyati 14. Toshkent shahri Izoh: * Davlat tomonidan natura shaklida qoʻllab-quvvatlash sifatida olingan mol-mulk, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar belgilangan taʼriflarning oʻrtacha bozor qiymati asosida pul shaklida ifodalanadi. Rahbar F.I.O. Bosh hisobchi F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10a-ILOVA
___________________ siyosiy partiyaning markaziy kengashi tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan
YAKUNIY HISOBOTI
ming soʻmda Xarajatlar turlari Aniqlangan smeta boʻyicha ajratilgan mablagʻlar Moliyalashtirilgan mablagʻlar Kassa xarajati Haqiqiy xarajati Natura koʻrinishidagi davlat koʻmagi* MSKga qaytarilgan mablagʻlar I. Saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablagʻlar II. Saylovoldi tashviqotiga sarflangan mablagʻlar, shu jumladan 1. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti, shu jumladan 1.1. Televideniye orqali tashviqot 1.2. Radio orqali tashviqot 1.3. Telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot 1.4. Bosma nashrlarda saylovoldi tashviqoti 2. Tarqatma materiallar orqali saylovoldi tashviqoti 2.1. Tashqi reklama orqali tashviqot, shu jumladan audiovizual materiallar, fonogrammalar, bannyerlar va boshqalarni ishlab chiqarish 2.2. Bosma va boshqa koʻrgazmali tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar, taqvimlar, nishonlar va boshqalar) ishlab chiqarish 3. Saylovchilar bilan uchrashuvlar orqali tashviqot 3.1. Nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining, saylovoldi tashviqot guruhlari va boshqalarning xizmat safari xarajatlarini qoplash 3.2. Binolarni ijaraga olish va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash 4. Saylovoldi tashviqotining boshqa shakllari va usullari (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) III. Siyosiy partiyalar hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi IV. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti boshlanishidan oldin targʻibot materiallari tayyorlash uchun ishlatilgan, keyinchalik esa saylov kampaniyasi uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilgan shaxsiy mablagʻlari Jami Izoh: * Davlat tomonidan natura shaklida qoʻllab-quvvatlash sifatida olingan mol-mulk, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar belgilangan taʼriflarning oʻrtacha bozor qiymati asosida pul shaklida ifodalanadi. Rahbar F.I.O. Bosh hisobchi F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10b-ILOVA
_________________ siyosiy partiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashi tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan
YAKUNIY HISOBOTI
ming soʻmda Xarajatlar turlari Aniqlangan smeta boʻyicha ajratilgan mablagʻlar Moliyalashtirilgan mablagʻlar Kassa xarajati Haqiqiy xarajati Natura koʻrinishidagi davlat koʻmagi* MSKga qaytarilgan mablagʻlar I. Saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablagʻlar II. Saylovoldi tashviqotiga sarflangan mablagʻlar, shu jumladan 1. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti, shu jumladan 1.1. Televideniye orqali tashviqot 1.2. Radio orqali tashviqot 1.3. Telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot 1.4. Bosma nashrlarda saylovoldi tashviqoti 2. Tarqatma materiallar orqali saylovoldi tashviqoti 2.1. Tashqi reklama orqali tashviqot, shu jumladan avudiovizual materiallar, fonogrammalar, bannyerlar va boshqalarni ishlab chiqarish 2.2. Bosma va boshqa koʻrgazmali tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar, taqvimlar, nishonlar va boshqalar) ishlab chiqarish 3. Saylovchilar bilan uchrashuvlar orqali tashviqot 3.1. Nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining, saylovoldi tashviqot guruhlari va boshqalarning xizmat safari xarajatlarini qoplash 3.2. Binolarni ijaraga olish va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash 4. Saylovoldi tashviqotining boshqa shakllari va usullari (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) III. Siyosiy partiyalar hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi IV. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti boshlanishidan oldin targʻibot materiallari tayyorlash uchun ishlatilgan, keyinchalik esa saylov kampaniyasi uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilgan shaxsiy mablagʻlari Jami Izoh: * Davlat tomonidan natura shaklida qoʻllab-quvvatlash sifatida olingan mol-mulk, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar belgilangan taʼriflarning oʻrtacha bozor qiymati asosida pul shaklida ifodalanadi. Rahbar F.I.O. Bosh hisobchi F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10v-ILOVA
___________ siyosiy partiyaning tuman (shahar) kengashlari tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saylovoldi tashviqoti xarajatlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar yuzasidan
YAKUNIY HISOBOTI
ming soʻmda Xarajatlar turlari Aniqlangan smeta boʻyicha ajratilgan mablagʻlar Moliyalashtirilgan mablagʻlar Kassa xarajati Haqiqiy xarajati Natura koʻrinishidagi davlat koʻmagi* MSKga qaytarilgan mablagʻlar I. Saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablagʻlar II. Saylovoldi tashviqotiga sarflangan mablagʻlar, shu jumladan 1. Ommaviy axborot vositalari orqali saylovoldi tashviqoti, shu jumladan 1.1. Televideniye orqali tashviqot 1.2. Radio orqali tashviqot 1.3. Telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet va ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot 1.4. Bosma nashrlarda saylovoldi tashviqoti 2. Tarqatma materiallar orqali saylovoldi tashviqoti 2.1. Tashqi reklama orqali tashviqot, shu jumladan audiovizual materiallar, fonogrammalar, bannyerlar va boshqalarni ishlab chiqarish 2.2. Bosma va boshqa koʻrgazmali tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar, taqvimlar, nishonlar va boshqalar) ishlab chiqarish 3. Saylovchilar bilan uchrashuvlar orqali tashviqot 3.1. Nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining, saylovoldi tashviqot guruhlari va boshqalarning xizmat safari xarajatlarini qoplash 3.2. Binolarni ijaraga olish va ekspluatatsiya xarajatlarini qoplash 4. Saylovoldi tashviqotining boshqa shakllari va usullari (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) (siyosiy partiyalar tomonidan toʻldiriladi) III. Siyosiy partiyalar hisobraqamidagi mablagʻlar qoldigʻi IV. Siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti boshlanishidan oldin targʻibot materiallari tayyorlash uchun ishlatilgan, keyinchalik esa saylov kampaniyasi uchun ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan qoplab berilgan shaxsiy mablagʻlari Jami Izoh: * Davlat tomonidan natura shaklida qoʻllab-quvvatlash sifatida olingan mol-mulk, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar belgilangan taʼriflarning oʻrtacha bozor qiymati asosida pul shaklida ifodalanadi Rahbar F.I.O. Bosh hisobchi F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
_________________________ tomonidan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 20__ yildagi saylov kampaniyasida amalga oshirilgan xarajatlar
HISOBOT
ming soʻmda T/r Xarajatlar Aniqlangan smeta boʻyicha xarajatlar Moliyalashtirildi Kassa xarajati Haqiqiy xarajati Budjetga qaytarilgan mablagʻ 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh 1-guruh 2-guruh 4-guruh Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Ish haqi xarajatlari shu jumladan, kompensatsiya Ish haqiga ajratmalar Boshqa xarajatlar Jami saylov boʻyicha xarajatlar shundan: 1. Markaziy saylov komissiyasining markazlashgan xarajatlari 2. Siyosiy partiyalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha saylovoldi tashviqoti xarajatlari 3. Siyosiy partiyalarning QR Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi boʻyicha saylovoldi tashviqoti xarajatlari 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha OSK va USK xarajatlari 5. QR Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari xarajatlari Izoh: Ushbu jadval Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uchun alohida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari uchun alohida toʻldiriladi. Rahbar F.I.O. Bosh hisobchi F.I.O.”.
8. Mazkur Yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri T. IShMETOV
