“Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berish haqida (530-XII-son)
14.01.1992
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
“Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 14-yanvar,
530-XII-son
