“Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-779-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (998-IV-son)
07.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 20-may kuni kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-779-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi haqidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi ikki oy ichida ushbu qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-iyun,
998-IV-son
