Oʻrmon fondi yerlari va sugʻoriladigan yerlardan samarali foydalanish hamda yogʻochbop mahsulotlar yetishtirish hajmini yanada koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (442-son)
14.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni yanada takomillashtirish, respublikada pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etish, daraxtlarning yogʻochlilik jihatdan mahsuldorligini oshirish, ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish dasturlarini sifatli shakllantirish, ekologik muhitni yaxshilash, shuningdek, respublikaga yogʻoch xom ashyosi importi hajmini kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Mebel va yogʻochsozlik uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
a) quyidagilarda:
oʻrmon fondi yerlarida, tumanlar hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarida, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yer maydonlarining chetlarida, istirohat bogʻlarida, aholi yashash punktlarida, daryo qirgʻoqboʻyi mintaqasi muhofaza zonalarida;
Andijon, Bekobod, Jizzax, Jomboy, Kattaqoʻrgʻon, Namangan, Oqdaryo, Paxtachi, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Shoʻrtan, Oʻrtaorol, Qamashi va Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaliklarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar plantatsiyalarini tashkil qilishni yoʻlga qoʻyish;
b) oʻrmon maydonlarini kengaytirish, pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxt turlarini yetishtirish maqsadida Samarqand viloyatida Ishtixon davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda oʻrmon fondi yerlarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlarni ekish va ularning koʻchatlarini yetishtirish hajmlari 1 va 1a-ilovalarga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda tumanlar hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarida, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yer maydonlari chetlarida, istirohat bogʻlarida, aholi yashash punktlarida, daryo qirgʻoqboʻyi mintaqasi muhofaza zonalarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlarni ekish va ularning koʻchatlarini yetishtirish hajmlari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ishtixon davlat oʻrmon xoʻjaligi faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan shartlarga asosan;
pavloniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar koʻchatlarini tayyorlash, plantatsiyalarini tashkil etish va yetishtirishni moliyalashtirish budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda tumanlar hokimliklari zaxirasidagi va oʻrmon fondi yer maydonlarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar yetishtirish uchun yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijara huquqi asosida ajratish choralarini koʻrsin.
5. Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlari boʻyicha:
buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi;
loyihachi etib, istisno tariqasida — “Oʻrmonloyiha” loyihalash instituti belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi oʻn kun muddatda sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil qilish boʻyicha ishchi guruh tuzsin va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Asalarichilari uyushmasiga pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar plantatsiyalarida sifatli asal yetishtirish boʻyicha oʻrmon xoʻjaliklarini yurituvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish tavsiya etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish, koʻchatlarini yetishtirish, undan qurilish materiallari hamda mebel sanoatida yogʻoch va yogʻoch qirindi xom ashyosi sifatida, tibbiyotda hamda koʻkalamzorlashtirishda foydalanish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan ilmiy-tadqiqot, innovatsiya ishlari hamda startap loyihalarini shakllantirish boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida belgilangan tartibda tanlovlar oʻtkazish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taklif kiritsin.
8. Innovatsion rivojlanish vazirligi har yili oʻtkaziladigan innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar hamda undan olingan mahsulotlar namunalari bilan tadbirkorlik subyektlarini keng miqyosda tanishtirish choralarini koʻrsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda har yili I chorak yakuniga qadar pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish, ushbu takliflarga belgilangan tartibda xorijiy va mahalliy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;
oʻrmon fondi yerlarida yaroqsiz holga kelgan (biologik yoshini oʻtagan, nobud boʻlgan) madaniy oʻrmonlar oʻrnida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar plantatsiyalari tashkil etilishini taʼminlasin;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bilan birgalikda soha olimlarini jalb qilgan holda pavlovniya daraxtining biologik xususiyatidan hamda hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, ekish mavsumlarida pavlovniya plantatsiyalarini tashkil etish boʻyicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyul,
442-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda oʻrmon fondi yerlarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlarni ekish hajmlari
Izoh. Barpo etiladigan pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar turlari yaxlit maydonlarga qatorlab yoki aralash holda ekilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga1a-ILOVA
2022 — 2026-yillarda oʻrmon fondi yerlarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar koʻchatlarini yetishtirish hajmlari
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga2-ILOVA
2022 — 2024-yillarda tumanlar hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarida, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yer maydonlari chetlarida, istirohat bogʻlarida, aholi yashash punktlarida, daryo qirgʻoqboʻyi mintaqasi muhofaza zonalarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlarni ekish hajmlari
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga2a-ILOVA
2022 — 2024-yillarda tumanlar hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarida, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan yer maydonlari chetlarida, istirohat bogʻlarida, aholi yashash punktlarida, daryo qirgʻoqboʻyi mintaqasi muhofaza zonalarida pavlovniya va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar koʻchatlarini yetishtirish hajmlari
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga3-ILOVA
Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilishning
MANZILLI DASTURI
gektar T/r Tumanlar nomi Ihota daraxtzorlarini barpo etuvchi davlat oʻrmon xoʻjaliklari nomi Jami 2022 — 2030-yillarda shu jumladan, yillar boʻyicha: 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028 2029 2030 Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Nukus Nukus davlat oʻrmon xoʻjaligi 185 18 19 19 20 20 21 22 23 23 2. Toʻrtkoʻl Toʻrtkoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi 293 29 31 33 33 33 33 33 34 34 3. Ellikqalʼa Ellikqalʼa davlat oʻrmon xoʻjaligi 193 19 20 20 21 21 22 22 24 24 4. Qoraoʻzak Qoraoʻzak davlat oʻrmon xoʻjaligi 203 19 18 18 22 22 25 25 27 27 5. Beruniy Beruniy davlat oʻrmon xoʻjaligi 190 20 19 20 21 21 21 22 23 23 6. Xoʻjayli Xoʻjayli davlat oʻrmon xoʻjaligi 173 19 19 18 18 18 19 20 21 21 7. Amudaryo Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi 184 20 19 20 20 20 20 21 22 22 8. Boʻzatov Boʻzatov davlat oʻrmon xoʻjaligi 162 19 18 17 17 17 18 18 19 19 9. Chimboy Chimboy davlat oʻrmon xoʻjaligi 161 17 18 17 17 17 17 18 20 20 10. Taxtakoʻpir Taxtakoʻpir davlat oʻrmon xoʻjaligi 146 18 16 15 15 15 15 16 18 18 11. Moʻynoq Moʻynoq davlat oʻrmon xoʻjaligi 123 9 11 10 13 13 15 16 18 18 12. Shumanay Shumanay ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 110 11 11 11 11 11 12 13 15 15 13. Qonlikoʻl Qonlikoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 124 14 14 13 13 13 13 14 15 15 14. Qoʻngʻirot Qoʻngʻirot davlat oʻrmon ov xoʻjaligi 173 18 17 19 19 19 19 20 21 21 Jami 2420 250 250 250 260 260 270 280 300 300 Andijon viloyati 1. Boʻston Andijon davlat oʻrmon xoʻjaligi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti Andijon filiali, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish innovatsion markazi 116,6 116,6 2. Baliqchi 163,4 23,4 100 40 3. Shaxrixon 140 40 100 4. Ulugʻnor 200 200 5. Buloqboshi 120 120 6. Xoʻjaobod 100 100 7. Paxtaobod 250 250 8. Oltinkoʻl 120 120 9. Izboskan 140 140 10. Jalaquduq 100 100 11. Andijon 200 200 12. Qoʻrgʻontepa 200 200 13. Asaka 100 100 Jami: 1950 140 140 140 200 220 250 260 300 300 Buxoro viloyati 1. Buxoro Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi 85 20 20 25 20 2. Gʻijduvon Gʻijduvon davlat oʻrmon xoʻjaligi 240 25 25 25 25 30 20 30 30 30 3. Shofirkon Shofirkon davlat oʻrmon xoʻjaligi 210 20 20 20 20 25 30 25 25 25 4. Romitan Buxoro davlat oʻrmon xoʻjaligi 225 25 20 25 20 25 30 25 30 25 5. Vobkent Qorovulbozor davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 100 25 25 30 20 6. Peshku Neftchi davlat oʻrmon xoʻjaligi 225 25 20 25 20 25 30 25 25 30 7. Jondor Jondor davlat oʻrmon xoʻjaligi 240 20 20 20 20 35 30 25 35 35 8. Qorakoʻl Qorakoʻl davlat oʻrmon xoʻjaligi, Qorakoʻl davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 240 25 20 25 20 30 30 30 30 30 9. Olot Olot davlat oʻrmon xoʻjaligi 230 25 20 25 20 20 25 25 35 35 10. Kogon Kogon davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi, Qorakoʻl ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 170 25 25 25 20 25 30 20 11. Qorovulbozor Qorovulbozor davlat oʻrmon xoʻjaligi 185 20 20 20 20 20 20 25 20 20 Jami: 2150 210 210 210 210 230 240 260 290 290 Jizzax viloyati 1. Arnasoy Forish davlat oʻrmon xoʻjaligi 225 40 40 45 30 20 20 30 2. Baxmal Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaligi, Nurota davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 110 30 20 30 30 7. Zafarobod 250 30 40 40 30 40 40 30 3. Gʻallaorol Gʻallaorol ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 165 30 25 20 30 30 30 4. Doʻstlik Zomin davlat oʻrmon xoʻjaligi, Forish davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 240 20 20 40 40 30 40 50 5. Zomin 50 30 20 6. Zarbdor Xoʻjamushkent davlat oʻrmon xoʻjaligi 220 50 40 50 20 20 40 8. Paxtakor Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi 250 40 40 40 30 30 40 30 9. Mirzachoʻl Zomin milliy tabiat bogʻi 260 40 40 40 30 30 40 40 10. Sh. Rashidov Jizzax davlat oʻrmon xoʻjaligi 250 30 50 50 40 50 30 Jami: 2 020 200 200 200 200 200 230 250 270 270 Qashqadaryo viloyati 1. Gʻuzor Shoʻrtan davlat oʻrmon xoʻjaligi, Muborak davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 215 20 20 20 21,5 21,5 25 27 30 30 2. Qarshi Shoʻrtan davlat oʻrmon xoʻjaligi 186,8 18 18 18 18,4 18,4 22 24 25 25 3. Koson Qashqadaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 217,6 21 21 21 21,3 21,3 25 27 30 30 4. Qamashi Qamashi davlat oʻrmon xoʻjaligi 222,4 22 22 22 22,2 22,2 25 27 30 30 5. Kitob Kitob davlat oʻrmon xoʻjaligi 170 15 15 15 16,5 16,5 20 22 25 25 6. Mirishkor Qashqadaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 259,2 26 26 26 29,6 29,6 30 30 31 31 7. Muborak Muborak davlat oʻrmon xoʻjaligi 126,8 11 11 11 10,4 10,4 15 18 20 20 8. Nishon Dehqonobod davlat oʻrmon xoʻjaligi 213,4 21 21 21 21,7 21,7 25 26 28 28 9. Kasbi Jovuz davlat oʻrmon xoʻjaligi 123,8 10 10 10 10,9 10,9 15 17 20 20 10. Chiroqchi Qumdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 167,4 15 15 15 15,2 15,2 20 22 25 25 11. Shahrisabz Shaxrisabz ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 85 7 7 7 7,5 7,5 10 11 14 14 12. Yakkabogʻ Yakkabogʻ ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 152,6 14 14 14 14,8 14,8 18 19 22 22 Jami: 2 140 200 200 200 210 210 250 270 300 300 Navoiy viloyati 1. Karmana Navoiy davlat oʻrmon xoʻjaligi 280 30 30 30 30 30 30 30 35 35 2. Xatirchi Xatirchi davlat oʻrmon xoʻjaligi 505 50 50 50 50 55 60 60 65 65 3. Konimex Konimex davlat oʻrmon xoʻjaligi 125 15 15 15 15 10 10 15 15 15 4. Navbahor Nurota davlat oʻrmon xoʻjaligi, Nurota davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 465 45 45 45 50 50 55 55 60 60 5. Qiziltepa Navbahor davlat oʻrmon xoʻjaligi, Choʻl hududlarida oʻrmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi 595 60 60 60 65 65 65 70 75 75 Jami: 1970 200 200 200 210 210 220 230 250 250 Namangan viloyati 1. Mingbuloq Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi 220 45 40 60 75 2. Kosonsoy Kosonsoy davlat oʻrmon xoʻjaligi 210 40 30 45 55 40 3. Namangan Oʻrtaorol davlat oʻrmon xoʻjaligi 140 15 20 35 70 4. Norin Oʻrtaorol davlat oʻrmon xoʻjaligi 165 25 40 50 50 5. Pop Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 130 35 40 55 6. Toʻraqoʻrgʻon Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 160 40 30 40 50 7. Uychi Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi 165 35 40 50 40 8. Uchqoʻrgʻon Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi 210 40 20 40 60 50 9. Chortoq Namangan davlat oʻrmon xoʻjaligi 160 20 25 45 70 10. Chust Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 180 40 50 40 50 11. Yangiqoʻrgʻon Kosonsoy davlat oʻrmon xoʻjaligi 200 40 50 60 50 Jami: 1 940 140 140 140 200 220 240 260 300 300 Samarqand viloyati 1. Bulungʻur Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi 180 20 20 20 20 20 20 20 20 20 2. Jomboy Jomboy davlat oʻrmon xoʻjaligi 180 20 20 20 20 20 20 20 20 20 3. Ishtixon Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi 180 20 20 20 20 20 20 20 20 20 4. Kattaqoʻrgʻon 160 20 20 20 20 20 20 20 20 5. Narpay Kattaqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi 160 20 20 20 20 20 20 20 20 6. Nurobod Saroyqoʻrgʻon davlat oʻrmon xoʻjaligi 160 20 20 20 20 20 20 20 20 7. Pastdargʻom Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi 160 20 20 20 20 20 20 20 20 8. Paxtachi Paxtachi davlat oʻrmon xoʻjaligi 160 20 20 20 20 20 20 20 20 9. Payariq Oqdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 160 20 20 20 20 20 20 20 20 10. Samarqand Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi 110 10 10 10 10 20 10 20 20 11. Toyloq Dargʻom davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi 100 10 10 10 10 10 10 20 20 12. Urgut Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 120 20 20 20 10 10 10 20 10 13. Qoʻshrabot Fozilmon ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 140 20 20 20 10 20 20 10 20 Jami: 1970 200 200 200 210 210 220 230 250 250 Surxondaryo viloyati 1. Angor Surxondaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 165 30 30 40 30 35 2. Termiz 50 20 10 10 10 3. Jarqoʻrgʻon 215 45 40 45 40 45 4. Sherobod Boysun davlat oʻrmon xoʻjaligi 185 45 45 45 50 5. Bandixon 175 40 40 45 50 6. Boysun 70 20 10 20 20 7. Qiziriq Qiziriq davlat oʻrmon xoʻjaligi 175 40 40 45 50 8. Muzrabot 95 20 20 25 30 9. Sariosiyo Uzun davlat oʻrmon xoʻjaligi 125 20 30 20 25 30 10. Denov 210 45 30 45 40 50 11. Shoʻrchi Bobotogʻ davlat oʻrmon xoʻjaligi 215 30 45 45 45 50 12. Qumqoʻrgʻon 175 35 45 45 50 13. Oltinsoy Hisor ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 95 20 20 25 30 14. Uzun 140 30 35 25 30 20 Jami: 2090 220 220 220 220 220 230 240 260 260 Toshkent viloyati 1. Oʻrta Chirchiq Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi 221 17 17 17 22 27 27 30 32 32 2. Oqqoʻrgʻon Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasi 223 17 17 17 20 25 27 30 35 35 3. Boʻka Bekobod davlat oʻrmon xoʻjaligi 257 20 20 20 25 30 32 34 38 38 4. Bekobod 260 20 20 20 25 30 32 35 39 39 5. Quyi Chirchiq Quyi Chirchiq ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi 217 18 18 18 20 25 26 28 32 32 6. Yangiyoʻl 211 14 17 17 20 25 26 28 32 32 7. Piskent Toshkent davlat oʻrmon xoʻjaligi 260 20 20 20 25 30 32 35 39 39 8. Chinoz 211 14 11 11 23 28 28 30 33 33 Jami: 1860 140 140 140 180 220 230 250 280 280 Sirdaryo viloyati 1. Boyovut Sirdaryo davlat oʻrmon xoʻjaligi 225 25 25 25 25 25 25 25 25 25 2. Guliston 225 25 25 25 25 25 25 25 25 25 4. Oqoltin 240 25 25 25 25 25 25 30 30 30 8. Xovos Qolgansir davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi 225 25 25 25 25 25 25 25 25 25 3. Mirzaobod 260 25 25 25 25 25 30 35 35 35 5. Sardoba 245 25 25 25 25 25 30 30 30 30 6. Sayhunobod Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi 225 25 25 25 25 25 25 25 25 25 7. Sirdaryo 225 25 25 25 25 25 25 25 25 25 Jami: 1870 200 200 200 200 200 210 220 220 220 Fargʻona viloyati 1. Dangʻara Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi 210 20 25 30 20 25 20 20 25 25 2. Oʻzbekiston 240 30 25 30 25 25 25 25 30 25 3. Beshariq 250 25 30 25 40 30 25 20 25 30 4. Rishton 210 25 25 20 25 25 20 25 20 25 5. Furqat 220 30 25 25 25 30 30 30 25 6. Fargʻona Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi 65 25 20 20 7. Yozyovon 195 30 25 20 25 20 20 25 30 8. Toshloq 125 20 25 20 20 20 20 9. Qoʻshtepa 165 25 30 25 30 25 30 10. Buvayda Qoʻqon ilmiy-tajriba stansiyasi 70 20 20 30 11. Bogʻdod 65 25 20 20 12. Uchkoʻprik 50 20 30 13. Oltiariq 105 20 20 20 20 25 Jami: 1970 200 200 200 200 200 210 240 260 260 Xorazm viloyati 1. Bogʻot Xorazm davlat oʻrmon xoʻjaligi, Xorazm davlat oʻrmon-ov xoʻjaligi, Qoraqum ilmiy-tajriba stansiyasi 158 20 20 20 16 16 16 15 17 18 2. Gurlan 209 20 20 20 25 25 25 23 24 27 3. Urganch 198 20 20 20 22 22 22 25 23 24 4. Qoʻshkoʻpir 222 25 25 25 24 24 24 25 27 23 5. Hazorasp 121 10 10 10 13 12 14 16 17 19 6. Xonqa 199 20 20 20 22 22 22 24 26 23 7. Xiva 130 15 15 15 13 13 13 14 15 17 8. Shovot 204 25 25 25 22 22 22 23 21 19 9. Yangiariq 134 15 15 15 13 13 13 14 17 19 10. Yangibozor 174 20 20 20 18 18 18 19 20 21 11. Tuproqqala 101 10 10 10 12 13 11 12 13 10 Jami: 1 850 200 200 200 200 200 200 210 220 220 Hammasi: 26 200 2 500 2 500 2 500 2 700 2 800 3 000 3 200 3 500 3 500
Izoh. Davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan belgilangan hajmdagi ihota daraxtzorlari uchun ekilgan koʻchatlarning koʻkaruvchanligi taʼminlangandan keyin ushbu tadbirlar uchun rejalashtirilgan mablagʻlar ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Tajriba tariqasida har bir viloyatning zaxira yer maydonlaridagi daryo qirgʻoqboʻyi mintaqasi muhofazasi zonalarida 20 gektardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 10 gektardan ihota sifatida pavlovniya koʻchatlarini ekishni loyihalashtirish koʻzda tutiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi ihota daraxtzorlarini barpo etuvchi oʻrmon xoʻjaliklari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-iyuldagi 442-son qaroriga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻoriladigan yerlarni shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyundagi 422-son qarorida:
a) 3-bandda:
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidan “shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish uchun buyurtma summasining 2,5 foizi miqdorida mablagʻlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi ““Oʻrmonqurilish” DUK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin”;
v) 6-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) ilovada:
1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi” soʻzlari “respublika budjeti” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishchi guruh tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari kiradi”;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Ishchi guruhga oʻrganib chiqish uchun quyidagi materiallar taqdim etiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy organi tomonidan — shamol va garmsel salbiy taʼsir koʻrsatgan sugʻoriladigan yerlarning fermer xoʻjaliklari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqalar boʻyicha masshtabli xaritalar, tuproq xaritasi, bonitet ballari, shamol eroziyasining sugʻoriladigan yerlarga va qishloq xoʻjaligi ekinlariga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish lozim boʻlgan uchastkalar toʻgʻrisidagi takliflar, qishloq xoʻjaligi ekinlarining joylashishi va ularning hosildorligiga shamol va garmselning salbiy taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (Nizomga ilova);
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy organi tomonidan — suv obyektlarini qum va boshqa eroziya materiallari bosishi boʻyicha maʼlumotlarni va suv obyektlarini himoya qilish ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan uchastkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hududiy organi tomonidan — shamolning kuchi va yoʻnalishi, takrorlanishi, yogʻingarchilik boʻyicha meteorologik maʼlumotlar”;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ishlab chiqilgan ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish hududiy manzilli dasturi ilovalar bilan birgalikda ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda yuboriladi”;
17-bandning birinchi xatboshisidagi ““Oʻrmonqurilish” DUKga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19 va 23-bandlardagi, 25-bandning birinchi xatboshisidagi va 26-bandning ikkinchi xatboshisidagi ““Oʻrmonqurilish” DUK” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddan “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi kelgusi yilning umumlashtirilgan manzilli dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan kelishgan holda Moliya vazirligiga har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda kiritadi”;
21-banddagi “Jamgʻarma kengashi tomonidan muhokama qilinadi va uning qarori bilan tasdiqlanadi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining” va “tegishli tuman” soʻzlari tegishlicha “Qishloq xoʻjaligi vazirligining” va “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
28-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“loyiha qiymatining qolgan 70 foizi koʻchatlarning koʻkarishi 80 foiz va undan yuqori boʻlganda ishlar hajmi qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi”;
Nizomga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash va amalga oshirish
SXEMASI
1. Sugʻoriladigan yerlarning shamol eroziyasiga hamda suv xoʻjaligi obyektlarini qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish yuzasidan zarur boʻlgan maʼlumot va takliflarni qabul qilish hamda ularni oʻrganish va tahlil qilish.
2. Har yilning aprel oyida shamol eroziyasiga uchragan sugʻoriladigan yerlar hamda qum va boshqa shamol eroziyasi materiallari bosgan suv xoʻjaligi obyektlarini oʻrganib chiqish. Yigʻilgan maʼlumotlarni kompleks tahlil etish, ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan obyektlar roʻyxati boʻyicha asosli takliflar ishlab chiqish.
3. Har yili 15-maygacha boʻlgan muddatda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan obyektlar roʻyxatini tegishli tuman hokimlari bilan kelishish va bayonnoma bilan rasmiylashtirish.
4. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy manzilli dasturlar loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarida har tomonlama muhokama qilish va taqdimotidan oʻtkazish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlash.
5. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy manzilli dasturlar loyihasini zarur boʻlgan maʼlumotlarni ilova qilgan holda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga taqdim etish.
6. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha hududiy manzilli dasturlar loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Sohaviy ilmiy-texnika kengashida Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, loyiha va ilmiy-ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari ishtirokida muhokama qilish hamda tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Sohaviy ilmiy-texnika kengashi tomonidan berilgan tavsiyalar hamda takliflarni har yili 1-iyungacha umumlashtirish.
7. Ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha umumlashtirilgan manzilli dasturlarni kelishish.
8. Har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda ihota daraxtzorlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish boʻyicha umumlashtirilgan manzilli dasturlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muhokama qilish va tasdiqlash uchun kiritish.
9. Belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada tez oʻsuvchi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi 520-son qarorining 2-bandi, shuningdek, qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Yogʻochsozlik sanoati xom ashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-fevraldagi 84-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Yogʻochsozlik sanoati xom ashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) 1-ilovada:
1-ilova ilova deb hisoblansin;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
oʻn uchinchi-oʻn toʻrtinchi pozitsiyalar tegishlicha toʻqqizinchi-oʻninchi pozitsiyalar deb hisoblansin;
v) 2 — 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
