7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlari
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida (O‘RQ-701-son) · Sana: 14.07.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
vakolatli organlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi amaliyotini oʻrganadi hamda uning tahlilini amalga oshiradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan litsenziyalash tartibi, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi, shu jumladan maxsus elektron tizim orqali amalga oshiradi;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilikni hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
