Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi tarkibi toʻgʻrisida (SQ-323-IV-son)
25.06.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 9 va 17-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi quyidagi tarkibda saylansin:
— Qoʻmita raisi, doimiy asosda ishlovchi senator Boqiyev Farxod Esanovich — Qoʻmita raisi oʻrinbosari, doimiy asosda ishlovchi senator Qoʻmita aʼzolari: Annaklicheva Gulistan Axmedovna — “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri Bozarov Xayrullo Xayitbayevich — Fargʻona viloyati hokimi Ziyo Azamat Xamid oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori Irkayev Abduraxim Pandjiyevich — Qarshi davlat universiteti “Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi dotsenti Muxtorova Nazira Abdusattarovna — Jizzax viloyati Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Toirov Mahmudjon — Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari Toshev Farmon Isʼhoqovich — “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 25-iyun,
SQ-323-IV-son
