Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (434-son)
12.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son, “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish shartlari;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
subsidiya ajratishni rad etish asoslari va subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha shikoyat qilish tartibi;
ajratilgan subsidiyadan subsidiya oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi.
2. Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish jarayonida elektron axborot tizimi orqali maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-iyul,
434-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga 1-ILOVA
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
mahsulotlar — xoʻjaliklarning oʻzida yetishtirilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti, parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) tuxumi, goʻshti, intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda qolgan turdagi baliqlar;
subsidiya — chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik mahsulotlari yetishtirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qaytarmaslik sharti bilan budjetdan ajratiladigan mablagʻ;
subsidiya oluvchilar — qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan va qoʻshilgan qiymat soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklari hamda ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
chorvachilik subyektlari — yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti, parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) tuxumi, goʻshti, intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda qolgan turdagi baliqlar yetishtiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar;
intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi — sunʼiy suv havzalari, kichik suv havzalari, yopiq suv aylanma tizimi va qafas (sadok) moslamalarida intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi;
yirik va mayda shoxli mollar — jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarishlanadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari — qoramol, qoʻy va echki;
qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi — ochiq suv havzalarida turli oʻlchamdagi qafas moslamalari oʻrnatilib, suv osti qismi toʻr bilan oʻralgan va ushbu toʻrning suv ustki qismi maxsus moslamaga (temir, plastik) mahkamlangan holda 1 m3 hajmdagi suvda 10 kgdan kam boʻlmagan baliq yetishtirish texnologiyasi.
3. Eksportga sotilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlariga subsidiya ajratilmaydi.
2-bob. Subsidiya ajratish shartlari
4. Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan subsidiya oluvchilarga respublika budjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:
parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 soʻm (bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi);
chorvachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoxli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar 2 000 soʻm hamda sutning har bir litri uchun 200 soʻm. Bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi;
2024-yil 1-yanvarga qadar baliqchilik hoʻjaliklariga — intensiv usulda sovuq suvda yetishtirilgan baliqlarning (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 1 500 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 soʻm miqdorida.
5. Subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan qarzdorligi mavjud boʻlmagan subsidiya oluvchilarga ajratiladi.
6. Subsidiya ajratishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
subsidiya oluvchi ushbu Nizomning 4, 5, 10 -bandlari talablariga mos kelmasa;
subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Ushbu bandda qayd etilganidan tashqari boshqa holatlarda, sotib oluvchiga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Subsidiya oluvchi subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
8. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari elektron hisobvaraq-fakturalar va “on-line” kassa apparatlari orqali sotilganda, sotilgan mahsulot nomi (tovar kodi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq elektron hisobvaraq-fakturalar (savdo cheklar) shakllantiriladi.
9. Mahsulotlarni naqd pul yoki bank kartasi (toʻlov terminali) orqali sotish boʻyicha “on-line” kassa apparatlarini oʻrnatish subsidiya oluvchilar zimmasiga yuklanadi.
10. Yirik va mayda shoxli mollar goʻshti (tirik vazndagi), parranda goʻshti va baliq kilogramm, sut litr, parranda tuxumi dona oʻlchov birligida yoziladi.
11. Yirik va mayda shoxli mollarning 1 kilogramm tirik vazndagi goʻshtining soʻyim chiqimi (sub mahsulotlarsiz) koeffitsiyenti 55 foiz hisobida hisobga olinadi.
3-bob. Subsidiya ajratish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
13. Subsidiya oluvchilar oʻz xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) “my.vetgov.uz” sayti orqali tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda — Boʻlim) ariza bilan murojaat qiladi.
Boʻlim subsidiya ajratish bilan bogʻliq ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun bir kun ichida komissiyaga taqdim etadi.
14. Subsidiya oluvchilar tomonidan taqdim etilgan ariza ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrib chiqiladi.
15. Chorvachilik subyekti tomonidan sotilgan mahsulotlarga subsidiya olish uchun ariza ushbu Nizomga 3, 3a va 3b-ilovalarga muvofiq topshiriladi.
16. Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga koʻra sotiladigan mahsulotlarni oʻz xoʻjaligida yetishtirilganligi va mahsulotlarning tegishli turlari boʻyicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Qoʻmitaga taqdim etadi.
17. Xulosa kelib tushgan sanada Qoʻmita va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida integratsiya qilingan maʼlumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi.
18. Subsidiya oluvchi oʻz xoʻjaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotganidan soʻng komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlarini “my.vetgov.uz” sayti orqali doimiy kuzatib boradi.
5-bob. Subsidiyani ajratish tartibi
19. Qoʻmita kalendar yil mobaynida chorvachilik subyektlariga ajratiladigan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Nizomga 5, 5a va 5b-ilovalardagi shakllarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda uch ish kunida tasdiqlaydi.
20. Komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlari ijobiy boʻlgan taqdirda, elektron shakldagi maʼlumotlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboriladi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining xulosasi “my.vetgov.uz” sayti orqali kelib tushgandan soʻng bir ish kunida budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablagʻlar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
22. Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya ajratish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Subsidiya berish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Komissiya va soliq organlari taqdim etgan xulosasi va maʼlumotlarining haqqoniyligi uchun oʻzlari javobgar hisoblanadi.
241. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklarida mahsulot yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
25. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Elektron hisobvaraq-fakturaga kiritiladigan
MAHSULOTLAR ROʻYXATI
T/r Mahsulot nomi Oʻlchov birligi** Mahsulot (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi* 1. Sigir suti litr 00401001001000000 2. Echki suti litr 00401001002000000 3. Qoʻy suti litr 00401001005000000 4. Butun (boʻlinmagan) mol goʻshti kg 00201001004000000 5. Suyaksiz mol goʻshti kg 00201001001000000 6. Qoʻy goʻshti kg 00204001001000000 7. Echki goʻshti kg 00204002001000000 8. Yangi soʻyilgan tovuq goʻshti kg 00207001001000000 9. Muzlatilgan parranda goʻshti kg 00207002001000000 10. Muzlatilgan tovuq goʻshti (boʻlaklarga boʻlinmagan) kg 00207002001000002 11. Kurka goʻshti (tozalangan, patsiz) kg 00207001004000000 12. Muzlatilgan kurka goʻshti kg 00207002004000000 13. Yangi soʻyilgan oʻrdak goʻshti kg 00207001001000000 14. Yangi soʻyilgan gʻoz goʻshti kg 00207001003000000 15. Yangi soʻyilgan kurka goʻshti kg 00207001004000000 16. Bedana goʻshti kg 00207001005000000 17. Suyakli mol goʻshti kg 00201001003000000 18. Tovuq tuxumi dona 00407001001000000 19. Bedana tuxumi dona 00407001002000000 20. Tuya qush tuxumi dona 00407001003000000 21. Gʻoz tuxumi dona 00407001005000000 22. Oʻrdak tuxumi dona 00407001004000000 23. Kurka tuxumi dona 00407001006000000 24. Sazan kg 00301001001000000 25. Som kg 00301001002000000 26. Sudak kg 00301001003000000 27. Karp kg 00301001004000000 28. Tolstolob kg 00301001005000000 29. Osyotr kg 00301001006000000 30. Oq amur kg 00301001007000000 31. Forel kg 00301001009000000 32. Losos kg 00301001011000000 33. Muzlatilgan tolstolob kg 00303001001000000 34. Muzlatilgan forel kg 00303001004000000 35. Muzlatilgan losos kg 00303001005000000 36. Muzlatilgan som kg 00303001006000000 37. Muzlatilgan karp kg 00303001007000000 38. Muzlatilgan osyotr kg 00303001009000000 39. Muzlatilgan baliqlar kg 00303001999000000
* Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi ushbu katalogga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega. Kengaytirilgan katolog Soliq qoʻmitasi tomonidan (pozitsiyalar, subpozitsiyalar, atributlar va brendlar koʻrsatilgan holda) yuritiladi.
**Asosiy oʻlchov birliklari turlari tegishli sinfdagi asosiy birliklar asosida belgilandi. Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi tomonidan pozitsiyalar va subpozitsiyalarga kiritiladigan tovarlarni eʼtiborga olib oʻlchov birliklari oʻzgartirilishi mumkin.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisining subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Bajarish muddatlari 1-bosqich Subsidiya oluvchi Subsidiya oluvchilar oʻz xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining “my.vetgov.uz” sayti orqali tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlariga ariza bilan murojaat qiladi. Oʻz xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni chorak davomida 2-bosqich Komissiya (Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi) Komissiya subsidiya oluvchining arizasiga koʻra sotiladigan mahsulotlarning oʻz xoʻjaligida yetishtirilganligi va ularning tegishli turlari boʻyicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4, 4a va 4b-ilovalarga muvofiq xulosa beradi hamda “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etadi. Besh ish kunida 3-bosqich Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi xulosa kelib tushgan sanada Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi oʻrtasida integratsiya qilingan maʼlumotlar bazasidan elektron tartibda foydalanadi. Uch ish kunida 4-bosqich Subsidiya oluvchi Oʻz xoʻjaligida yetishtirgan chorvachilik mahsulotlarini sotgandan soʻng komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlari natijasini “my.vetgov.uz” sayti orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi. Doimiy 5-bosqich Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Komissiya xulosasi va soliq organlarining maʼlumotlari ijobiy boʻlgan taqdirda, elektron shakldagi maʼlumotlarni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi axborot tizimi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga yuboradi. Bir ish kunida 6-bosqich Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi axborot tizimi orqali kelib tushgan Qoʻmitaning xulosasini olgandan soʻng budjetdan shu maqsadga ajratilgan mablagʻlar doirasida tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Bir ish kunida 7-bosqich Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi Subsidiya subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan ajratiladi. Keyingi oyning 25-sanasiga qadar
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Chorvachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan goʻsht (tirik vaznda) va sut mahsulotlari uchun subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza
NAMUNASI
1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi: 2. Joylashgan joyi: (pochta manzili) 3. STIR raqami: 4. Bank rekvizitlari: (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi) 5. Telefon raqami: 6. Elektron pochta manzili: 7. Xoʻjalikda yetishtirilgan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan goʻsht, tirik vaznda (kg) sut (litr). 8. Ixtisoslashtirilgan va avtomatlashtirilgan soʻyish korxonasining nomi va manzili 9. Soʻyiladigan hayvonning identifikatsiya raqami
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3a-ILOVA
Parrandachilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan va sotilgan parranda goʻshti va tuxum mahsulotlari uchun subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza
NAMUNASI
1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi: 2. Joylashgan joyi: (pochta manzili) 3. STIR raqami: 4. Bank rekvizitlari: (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi) 5. Telefon raqami: 6. Elektron pochta manzili: 7. Xoʻjalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan parranda goʻshti (kg) 8. Xoʻjalikda yetishtiriladigan va 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan tuxum (dona)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3b-ILOVA
Baliqchilik subyektlari tomonidan intensiv usulda yetishtirilgan va sotilgan losos, forel, osyotr baliqlari (kg) va boshqa turdagi baliqlar uchun subsidiya olish toʻgʻrisidagi ariza
NAMUNASI
1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi: 2. Joylashgan joyi: (pochta manzili) 3. STIR raqami: 4. Bank rekvizitlari: (bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi) 5. Telefon raqami: 6. Elektron pochta manzili: 7. Xoʻjalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan losos, forel va osyotr baliqlari (kg) 8. Xoʻjalikda intensiv usulda yetishtirilib, 90 kun davomida sotilishi rejalashtiriladigan boshqa turdagi baliqlar (kg)
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
“Tasdiqlayman” tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman komissiyasi raisi _____________________________________ (F.I.O) 20___ yil “____” _____________ XULOSA ____________ viloyati ____________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “_____________” ning 20___ yil ___________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va kuyidagilar aniqlandi: T/r Xoʻjalik nomi Joylashgan manzili Jami mol bosh soni Shundan: Jami yer maydoni Shundan: Yillik jamgʻarilgan oziqa birligi (tonna) Molxona binolari (soni) Yetishtiriladigan mahsulot (tonna) prognoz Realizatsiya qilinadigan mahsulot (tonna) prognoz sogʻin sigirlar boquvdagi mollar oziqa ekin bino va inshoot ochiq bino yopiq bino goʻsht (tirik vaznda) sotib olinadigan sut goʻsht (tirik vaznda) sogʻib olinadigan sut jami: YAKUNIY XULOSA: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (tashkilot nomi) __________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam oʻz xoʻjaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi. Komissiya aʼzolari Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi imzo/muhr F.I.O. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri imzo/muhr F.I.O. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi imzo/muhr F.I.O.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
“Tasdiqlayman” tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman komissiyasi raisi _____________________________________ (F.I.O) 20___ yil “___” _______________ ___________ viloyati _________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “____________” ning 20___ yil ___________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi: T/r Xoʻjalik nomi Joylashgan manzili Jami parranda soni (yuz bosh) Xoʻjalik tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Shundan (soni): Xodimlar soni Asbob-uskunalar mavjudligi Yetishtiriladigan mahsulot prognoz Realizatsiya qilinadigan mahsulot prognoz goʻsht uchun tuxum uchun doimiy mavsumiy oziqa taʼminoti suv taʼminoti shamollatish tizimi Soʻyish liniyasi goʻsht (kg) tuxum (dona) goʻsht (kg) tuxum (dona) jami: YAKUNIY XULOSA: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (tashkilot nomi) __________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam oʻz xoʻjaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi. Komissiya aʼzolari: Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi imzo/muhr F.I.O. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri imzo/muhr F.I.O. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi imzo/muhr F.I.O.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4b-ILOVA
“Tasdiqlayman” tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman komissiyasi raisi __________________________________ (F.I.O) 20___ yil “____” ____________ ___________ viloyati __________ tumanidagi subsidiya olishga talabgor “___________” ning 20___ yil __________dagi murojaatiga va taqdim etilgan hujjatlarga asosan tuman komissiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi va quyidagilar aniqlandi: T/r Xoʻjalik nomi Joylashgan manzili Intensiv suv havza maydoni Intensiv usulda baliq yetishtirish texnologiyasi Sovuq suv baliqlari, shundan: Qolgan turdagi baliqlar, shundan: Yetishtiriladigan mahsulot (kg) prognoz Realizatsiya qilinadigan mahsulot (kg) prognoz Intensiv Yarim intensiv Yopiq suv aylanma tizimi (OʻZV) Qafas (sadok) Losos Forel Osyotr 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 1. 2. YAKUNIY XULOSA: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (tashkilot nomi) __________ viloyati _______________ tumanidagi ______________gi haqiqatdan xam oʻz xoʻjaligida __________________ mahsulotni yetishtiradi va sotadi. Komissiya aʼzolari: Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi imzo/muhr F.I.O. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri imzo/muhr F.I.O. Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi imzo/muhr F.I.O.
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
______ yilda oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sut va goʻsht (tirik vaznda) mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari jadvali
NAMUNASI
T/r Hududlar nomi Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan qoramol va qoʻy goʻshti (tirik vaznda), (tonna) Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sut, (tonna) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Qashqadaryo viloyati 6. Navoiy viloyati 7. Namangan viloyati 8. Samarqand viloyati 9. Surxondaryo viloyati 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 12. Fargʻona viloyati 13. Xorazm viloyati Jami
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5a-ILOVA
______ yilda oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan parranda goʻshti (soʻyilgan vaznda) va tuxum mahsulotlarining prognoz koʻrsatkichlari jadvali
NAMUNASI
T/r Hududlar nomi Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan parranda goʻshti (soʻyilgan vaznda), (tonna) Oʻz xoʻjaliklarida yetishtiriladigan tuxum, (ming dona) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Qashqadaryo viloyati 6. Navoiy viloyati 7. Namangan viloyati 8. Samarqand viloyati 9. Surxondaryo viloyati 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 12. Fargʻona viloyati 13. Xorazm viloyati Jami
Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5b-ILOVA
_______ yilda oʻz xoʻjaliklarida intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr) hamda boshqa turda yetishtirilgan baliq prognoz koʻrsatkichlari jadvali
NAMUNASI
T/r Hududlar nomi Oʻz xoʻjaliklarida intensiv usulda yetishtiriladigan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr), (tonna) Oʻz xoʻjaliklarida boshqa turdagi yetishtirilgan baliqlar, (tonna) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 2. Andijon viloyati 3. Buxoro viloyati 4. Jizzax viloyati 5. Qashqadaryo viloyati 6. Navoiy viloyati 7. Namangan viloyati 8. Samarqand viloyati 9. Surxondaryo viloyati 10. Sirdaryo viloyati 11. Toshkent viloyati 12. Fargʻona viloyati 13. Xorazm viloyati Jami
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga 2-ILOVA
Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
1. Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi 2. Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari 3. Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi mudiri 4. Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) soliq inspeksiyasi boshligʻi 5. Lavozimi boʻyicha — tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi chorvachilik boʻyicha mutaxassisi, komissiya kotibi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 37-son, 469-modda) bilan tasdiqlangan Naslli mahsulotni (materialni) eksport va import qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandda:
“a” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) goʻsht va sut qoramolchiligida — yoshi eng koʻpi bilan 18 oygacha boʻlgan zotdor urgʻochi buzoqlar, boʻgʻoz boʻlgan va kutilayotgan tugʻish vaqtidagi yoshi 36 oydan koʻp boʻlmaydigan, homilaning otasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar boʻlgan gʻunajinlar tanlanadi”;
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) “b” kichik bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) qoʻychilik va echkichilikda — mustahkam konstitutsiyali, Oʻzbekiston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitlarida urchitish uchun mos keladigan yoshi 6 oylikdan qam boʻlmagan nasldor qoʻy va echkilar tanlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 38-son, 1057-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Import qilingan hayvonlar yigirma bir kundan kechiktirmasdan identifikatsiya qilinadi”;
b) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Hayvon egalarining arizasiga muvofiq davlat veterinariya xizmati tomonidan hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va hisobdan chiqarish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq uch kun ichida amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Hayvonlarni identifikatsiya qilish, hisobga olish va hisobdan chiqarish sxemasi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish;
parrandachilik va quyonchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli oziqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmogʻining ozuqa bazasini mustahkamlash;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish”;
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi “d” — “z” kichik bandlar qoʻshilsin:
“d) parrandachilik va quyonchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda narxlar monitoringini yuritish sohasida:
parrandachilik va quyonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
parranda va quyonlarni parvarishlash texnologiyalari boʻyicha xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
eksport qilish qoidalari (shartlari) boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
eksport masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar va bitimlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda sohadagi tadbirkorlarni boshqa kompaniyalar bilan xalqaro hamkorligini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
ichki va tashqi bozlarning holati va mahsulotga boʻlgan talabini tahlil qiladi va monitoringini yuritadi;
parrandachilik va quyonchilik sohasida tezkor onlayn-monitoring yuritish boʻyicha integratsiyalashtirilgan axborot tizimini shakllantiradi va yuritadi;
e) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
aholi oʻrtasida parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarining isteʼmol darajasini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi;
ommaviy axborot vositalarida mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ijtimoiy tusdagi, shu jumladan, parranda va quyon goʻshtining foydali tomonlari, parranda va quyon boqish afzalliklari haqidagi maʼlumotlarni yoritish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi;
mahsulotlar narxlari shakllanishining maqbul mexanizmini belgilash boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
xalqaro darajadagi ekspertlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha loyihalarni tashkil etish orqali eksport salohiyatini oshirish, bozor konyunkturasi boʻyicha chuqur marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalar va begʻaraz texnik koʻmak mablagʻlarini (grantlar) jalb qilish choralarini koʻradi;
j) parranda va quyonlar uchun toʻla qiymatli, yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish yoʻli bilan parrandachilik va quyonchilik tarmogʻining ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida:
parranda va quyonlarni toʻla qiymatli oziqlantirish boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
ozuqa yem tayyorlashni koʻpaytirish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va tadbirkorlarga yetkazadi;
parrandachilik va quyonchilik tarmogʻi ozuqa bazasini mustahkamlash sohasida intensiv texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganadi;
chet davlatlardan sifatli ozuqalar va ularning qoʻshimchalari keltirishni tashkil etish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etadi;
z) parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish sohasida:
agentlik mutaxassislarini va ishlab chiqarish sohasidagi mutaxassislarni tegishli malaka oshirish kurslariga, shu jumladan, xorijga yuborish orqali qayta tayyorlash boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
innovatsion texnologiyalar rivojlanishining jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda, ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
parrandachilik va quyonchilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi loyihalarni ishlab chiqadi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 15-iyuldagi 587-son qarorida:
a) 2-banddagi “1-ilova bilan tasdiqlangan roʻyxat doirasida” soʻzlari “chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Ushbu Nizom chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan lalmi va yaylov yer uchastkalari ajratilgan tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar) sugʻorish tik quduqlarini burgʻilash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi.”
5. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qarorida:
a) qarorga 1-ilovada:
4-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 11-bandning uchinchi xatboshi, 12-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Import qilinadigan nasldor qoramollar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
goʻsht va sut yoʻnalishidagi xoʻjaliklarda — nasldor qoramollarning tugʻish vaqtida kutilayotgan yoshi 30 oydan koʻp boʻlmasligi, boʻgʻoz boʻlgan, homilaning otasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud boʻlishi lozim”;
11-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yoshi koʻpi bilan 18 oygacha boʻlgan zotdor urgʻochi yosh qoramol boʻlishi”;
12-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nasldor qoʻy va echkilar yoshi 6 oylikdan qam boʻlmasligi;”;
15-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“nasldor qoramol, qoʻy va echkining identifikatsiya elektron bazasiga kiritilganligi”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi”;
27-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) qarorga 2-ilovaning 12-bandi ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari hamda 3-ilovaning 10-bandi ikkinchi, uchinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
v) qarorga 4-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga 4-ILOVA
Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r F.I.O. Ish joyi va lavozimi 1. Lavozimi boʻyicha — Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi 2. Lavozimi boʻyicha — Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari 3. Lavozimi boʻyicha — Tuman agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi 4. Lavozimi boʻyicha — hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakili, komissiya kotibi
Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga koʻra, boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.”;
g) qarorga 5-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qaroriga 5-ILOVA
Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar komissiyalarining
NAMUNAVIY TARKIBI
T/r F.I.O. Ish joyi va lavozimi 1. Lavozimi boʻyicha — Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi 2. Lavozimi boʻyicha — Viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari 3. Lavozimi boʻyicha — Viloyat agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi 4. Lavozimi boʻyicha — hududiy “Chorvanasl” markazi direktori, komissiya kotibi
Izoh. Komissiya tarkibiga zaruratga koʻra, boshqa tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.”.
