47-modda Tuzatishlar
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. Har qanday ishtirok etuvchi davlat ushbu Konvensiyaga tuzatish kiritishni taklif etishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Bosh kotib taklif etilgan har qanday tuzatishni ishtirok etuvchi davlatlarga maʼlum qiladi hamda ulardan ushbu taklifni koʻrib chiqish va bu toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Konferensiya oʻtkazish tarafdori ekanliklari toʻgʻrisida xabardor qilishlarini soʻraydi. Bu haqda maʼlum qilingan sanadan keyin toʻrt oy mobaynida ishtirok etuvchi davlatlarning kamida uchdan bir qismi bunday Konferensiya oʻtkazishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib Konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida chaqiradi. Konferensiyada hozir boʻlgan va ovoz berishda ishtirok etayotgan ishtirok etuvchi davlatlarning uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik tomonidan maʼqullangan har qanday tuzatish Bosh kotib tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasiga tasdiqlash uchun, soʻng barcha ishtirok etuvchi davlatlarga qabul qilish uchun yuboriladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq maʼqullangan va tasdiqlangan tuzatish uni qabul qilish toʻgʻrisidagi saqlash uchun topshirilgan hujjatlarning soni ishtirok etuvchi davlatlar uchdan ikki qismiga yetganidan keyin ushbu tuzatish maʼqullangan sanadan keyingi oʻttizinchi kun kuchga kiradi. Shundan keyin tuzatish har bir ishtirok etuvchi davlat uchun u tomonidan tuzatishni qabul qilganligi toʻgʻrisidagi hujjatini saqlashga topshirganidan keyingi oʻttizinchi kun kuchga kiradi. Tuzatish faqat uni qabul qilgan ishtirok etuvchi davlatlar uchun majburiydir.
3. Agar ishtirok etuvchi davlatlarning Konferensiyasi ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq maʼqullangan va tasdiqlangan kelishilgan tegishli qaror qabul qilsa, mutlaq 34-, 38-, 39- va 40-moddalarga taalluqli boʻlgan tuzatish barcha ishtirok etuvchi davlatlar uchun ushbu tuzatish maʼqullangandan keyin uning qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlashga topshirgan ishtirok etuvchi davlatlar sonining uchdan ikki qismga yetganidan keyin kuchga kiradi.
