44-modda Mintaqaviy integratsiya tashkilotlari
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
1. “Mintaqaviy integratsiya tashkiloti” muayyan mintaqaning suveren davlatlari tomonidan tashkil etilgan, unga aʼzo davlatlar ushbu Konvensiya tartibga soladigan masalalar boʻyicha vakolat bergan tashkilotni anglatadi. Bunday tashkilotlar oʻzlarining hujjatlarida ushbu Konvensiya tartibga soladigan masalalarga nisbatan oʻz vakolatlari hajmini rasmiy tasdiqlashlarini yoki bunga qoʻshilishlarini koʻrsatadi. Keyinchalik ular depozitariyni oʻz vakolatlari hajmidagi har qanday jiddiy oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi.
2. Ushbu Konvensiyadagi “ishtirok etuvchi davlatlar” qaydlari bunday tashkilotlarga ularning vakolati doirasida taalluqlidir.
3. Ushbu Konvensiyaning 45-moddasi 1-bandi hamda 47-moddasi 2- va 3-bandlari maqsadlari uchun mintaqaviy integratsiya tashkilotlari tomonidan saqlash uchun topshirgan birorta hujjat hisobga olinmaydi.
4. Mintaqaviy integratsiya tashkilotlari oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarda ishtirok etuvchi tashkilotlarning Konferensiyasida ushbu Konvensiya ishtirokchilari boʻlgan ishtirok etuvchi davlatlarning soniga teng boʻlgan ovozlar soni boʻyicha ovoz berish yuzasidan oʻz huquqini amalga oshirishlari mumkin. Bunday tashkilot agar unga aʼzo boʻlgan qaysidir bir davlat oʻz ovoz berish huquqini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻzining ovoz berish huquqini amalga oshirmaydi va aksincha.
