38-modda Qoʻmitaning boshqa organlar bilan munosabatlari
Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida · Sana: 13.12.2006 · Amalda
Ushbu Konvensiyani samarali amalga oshirish va Konvensiya tomonidan qamrab olinadigan sohalarda xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish uchun:
a) Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasalari va boshqa organlari ushbu Konvensiyadagi oʻz mandatlariga taalluqli boʻlgan qoidalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda ularda ishtirok etish huquqiga ega. Qoʻmita maqbul deb hisoblagan holatlarda, ixtisoslashtirilgan muassasalar va boshqa vakolatlarga tegishli mandatlarga taalluqli boʻlgan sohalarda Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha ekspert xulosasini berishi mumkin. Qoʻmita Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasalari va boshqa organlariga ular faoliyatiga taalluqli sohalarda Konvensiyani amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼruzalarni taqdim etishini taklif qilishi mumkin;
b) Qoʻmita oʻz mandatini amalga oshirishda, maqbul boʻlgan holatlarda, inson huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarga koʻra taʼsis etilgan boshqa tegishli organlar bilan maʼruzalarni taqdim etishning tegishli dasturamal prinsiplarini, shuningdek ular tomonidan kiritilgan takliflar va umumiy tavsiyalarni muvofiqlashtirishni taʼminlash hamda oʻz funksiyalarini amalga oshirishda bir-birini qaytarish va parallelizmga yoʻl qoʻymaslik masalasida maslahatlashadi.
