Strategik tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (412-son)
01.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish hamda ularning moliyaviy ahvolini barqaror saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJning tabiiy gaz yetkazib berishning alohida tartibi belgilangan strategik tashkilotlarga “Oʻztransgaz” AJ tomonidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatiga 1,4 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undirilishi tartibini bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. “Oʻztransgaz” AJ ushbu qaror qabul qilinguniga qadar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Oʻzkimyosanoat” AJ tizimidagi tashkilotlarga shartnomadagi hajmlardan ortiqcha yetkazib berilgan tabiiy gaz qiymatini 1,4 koeffitsiyent qoʻllanmagan holda qayta hisoblab chiqsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zammasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-iyul,
412-son
