Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (416-son)
03.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 12-apreldagi PQ-5071-son qaroriga muvofiq hamda bolalarni maktabgacha taʼlimga kengroq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — STJ) oʻrtasida 2020-yil 17-dekabrda “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) moliyalashtirish uchun yillik 2 foiz stavkada 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, 20 yil mobaynida qaytarish muddati bilan qiymati 41,0 mln saudiya riali (10,9 mln AQSH dollari ekvivalentidagi) boʻlgan qarz bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
a) Vazirlik — loyihaning samarali amalga oshirilishida STJning qarz bitimi asosida ajratilgan mablagʻlaridan (keyingi oʻrinlarda — STJ mablagʻlari) maqsadli foydalanish uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirishga biriktirilgan tijorat banklari — STJ mablagʻlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun xususiy sheriklarga belgilangan tartibda imtiyozli kredit ajratilishi uchun masʼul hisoblanadi;
b) STJ mablagʻlari tijorat bankiga berilgan resurslarning qaytishi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qaytariladi;
v) loyiha doirasida loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklariga subsidiar qarz milliy valyutada taqdim etiladi. Saudiya rialiga nisbatan milliy valyuta kurslari tebranishi tufayli salbiy xarajatlar (valyuta xatari) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
g) loyiha boʻyicha mablagʻlarni oʻzlashtirish davri 3 yilni (2021 — 2023-yillar) tashkil etadi.
3. Loyihani amalga oshirish uchun Vazirlikning mavjud shtat birliklari doirasida uchta shtat birligidan iborat Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etilsin.
4. Quyidagilar:
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi boʻyicha asosiy qarz va foiz toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan STJ mablagʻlarini hududlarga biriktirilgan tijorat banklariga belgilangan tartibda qayta kreditlash bitimlarini imzolash, shuningdek, zarur hollarda ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va STJ oʻrtasidagi imzolangan qarz bitimlari boʻyicha yuridik xulosa taqdim etsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 3-iyul,
416-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyuldagi 416-son qaroriga 1-ILOVA
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
(Saudiya rial) T/r Komponent nomi STJ mablagʻlari Loyihaning umumiy qiymati 41 000 000,00 1. 1-komponent: Maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilish ishlari 30 000 000,00 2. 2-komponent: Konsalting xizmatlari* - 3. 3-komponent: Zarur jihozlar va inventar bilan jihozlash 8 000 000,00 4. Kutilmagan xarajatlar 3 000 000,0 shu jumladan: Loyihani amalga oshiruvchi guruhni moliyalashtirish xarajatlari 562 640,66 Qurilish ishlari va qurilish xom ashyolari narxlarining oshib ketishi natijasida maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlari qurilishini tugallash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi bilan bogʻliq xarajatlar 2 437 359,34 5. Loyihani amalga oshirish davri 2021 — 2023-yillar 6. STJ krediti mablagʻlarini qaytarish muddati 20 yil shu jumladan, asosiy qarzning imtiyozli davri 5 yil 7. Maqsadli koʻrsatkichlari** maktabgacha taʼlim tashkiloti soni 40 quvvati 4 500
* Konsalting xizmatlari oʻz ichiga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, tegishli xulosalarni olish, hujjatlar toʻplamini tayyorlash, qurilish ishlarini nazorat qilish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu xarajatlar xususiy sheriklarning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib kelinmoqda.
** Loyihani amalga oshirish jarayonida xarajatlar satrlari jami loyiha qiymatidan oshmagan holda qayta taqsimlanishi mumkin. Tanlab olingan loyihalarga haqiqatda ajratilgan STJ mablagʻlari qiymatidan kelib chiqqan holda moliyalashtirilishi rejalashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari soniga aniqlik kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyuldagi 416-son qaroriga 2-ILOVA
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi boʻyicha asosiy qarz va foiz toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Kredit summasi — 41,0 mln Saudiya riali — (10,9 mln AQSH dollari) Kredit muddati — 20 yil Imtiyozli davr — 5 yil Kredit foiz stavkasi — 2% T/r Toʻlov muddati Asosiy qarz toʻlovi Foiz toʻlovi Jami toʻlov summasi Asosiy qarz qoldigʻi 1. 15.10.2021 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 15.04.2022 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 2. 15.10.2022 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 15.04.2023 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 3. 15.10.2023 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 15.04.2024 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 4. 15.10.2024 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 15.04.2025 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 5. 15.10.2025 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 15.04.2026 410 000,00 410 000,00 41 000 000,00 6. 15.10.2026 1 357 000,00 396 430,00 1 753 430,00 39 643 000,00 15.04.2027 1 367 000,00 382 760,00 1 749 760,00 38 276 000,00 7. 15.10.2027 1 367 000,00 369 090,00 1 736 090,00 36 909 000,00 15.04.2028 1 367 000,00 355 420,00 1 722 420,00 35 542 000,00 8. 15.10.2028 1 367 000,00 341 750,00 1 708 750,00 34 175 000,00 15.04.2029 1 367 000,00 328 080,00 1 695 080,00 32 808 000,00 9. 15.10.2029 1 367 000,00 314 410,00 1 681 410,00 31 441 000,00 15.04.2030 1 367 000,00 300 740,00 1 667 740,00 30 074 000,00 10. 15.10.2030 1 367 000,00 287 070,00 1 654 070,00 28 707 000,00 15.04.2031 1 367 000,00 273 400,00 1 640 400,00 27 340 000,00 11. 15.10.2031 1 367 000,00 259 730,00 1 626 730,00 25 973 000,00 15.04.2032 1 367 000,00 246 060,00 1 613 060,00 24 606 000,00 12. 15.10.2032 1 367 000,00 232 390,00 1 599 390,00 23 239 000,00 15.04.2033 1 367 000,00 218 720,00 1 585 720,00 21 872 000,00 13. 15.10.2033 1 367 000,00 205 050,00 1 572 050,00 20 505 000,00 15.04.2034 1 367 000,00 191 380,00 1 558 380,00 19 138 000,00 14. 15.10.2034 1 367 000,00 177 710,00 1 544 710,00 17 771 000,00 15.04.2035 1 367 000,00 164 040,00 1 531 040,00 16 404 000,00 15. 15.10.2035 1 367 000,00 150 370,00 1 517 370,00 15 037 000,00 15.04.2036 1 367 000,00 136 700,00 1 503 700,00 13 670 000,00 16. 15.10.2036 1 367 000,00 123 030,00 1 490 030,00 12 303 000,00 15.04.2037 1 367 000,00 109 360,00 1 476 360,00 10 936 000,00 17. 15.10.2037 1 367 000,00 95 690,00 1 462 690,00 9 569 000,00 15.04.2038 1 367 000,00 82 020,00 1 449 020,00 8 202 000,00 18. 15.10.2038 1 367 000,00 68 350,00 1 435 350,00 6 835 000,00 15.04.2039 1 367 000,00 54 680,00 1 421 680,00 5 468 000,00 19. 15.10.2039 1 367 000,00 41 010,00 1 408 010,00 4 101 000,00 15.04.2040 1 367 000,00 27 340,00 1 394 340,00 2 734 000,00 20. 15.10.2040 1 367 000,00 13 670,00 1 380 670,00 1 367 000,00 15.04.2041 1 367 000,00 0,00 1 367 000,00 0,00 Jami 41 000 000,00 5 946 450,00 46 946 450,00
Izoh. STJ qarz bitimi boʻyicha asosiy qarzni, foizlarni, boshqa toʻlovlarni toʻlash qiymati va qarz qaytarish sanalari qarz yechilgan kundan boshlab aniqlanadi.
