42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni himoya qilish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida (O‘RQ-700-son) · Sana: 06.07.2021 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatida davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishi, shu jumladan kriptografik vositalarni qoʻllagan holda texnik jihatdan himoya qilinishi taʼminlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga harbiy xizmatga yoki ishga kirayotgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishga ijozat beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsatni rasmiylashtirish tartib-taomilidan oʻtadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining hujjatlari va materiallari idoraviy arxivda saqlanishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tarixiy va ilmiy ahamiyatga molik arxiv materiallari qonunchilikda belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqariladi hamda saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi.
